“Uzbekistan airways” AJ

“Buxoro” xalqaro aeroporti MDH aeroportlari orasida eng yaxshi deb topildi

01 Jun 2019

Fuqaro aviatsiyasi xalqaro “Aeroport” assotsiatsiyasi 2018-yil yakunlari bo‘yicha MDHga a’zo mamlakatl araeroportlari o‘rtasida eng yaxshi aeroportni aniqlash bo‘yicha tanlov o‘tkazdi. Mazkur tanlovda “Buxoro” xalqaro aeroporti yana bir bor birinchi o‘ringa munosib deb topildi. Assotsiatsiyaning maxsus kubogi va Faxriy yorlig‘i aeroport jamoasining 2018-yildagi faoliyatiga munosib mukofot bo‘ldi.

“Buxoro” xalqaro aeroporti ushbu nufuzli tanlovda 2012-yildan buyon ishtirok etib keladi va besh marta “MDH mamlakatlari o‘rtasidagi eng yaxshi aeroport”, uch bora - “MDH mamlakatlarining jadal rivojlanayotgan aeroporti” hamda ikki marta “MDH mamlakatlarining istiqbolli aeroporti” nominatsiyalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Havo maskani 100 mingdan 500 ming nafargacha yo‘lovchini tashish quvvatiga ega aviakorxonalar orasida oltinchi marta“ MDH mamlakatlaridagi yilning eng yaxshi aeroporti” deb e’tirof etildi.

“Buxoro” aeroporti xalqaro maqomini 1999-yilda qo‘lga kiritgan bo‘lib, 2011-yilda aeroportda soatiga 400 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega yangi aerovokzal majmuasi ishga tushirilgan edi.

Aeroport xizmatlaridan yiliga 120 mingdan ziyod yo‘lovchi foydalanadi, shulardan 15 mingdan ortig‘I xorijlik sayyohlardir.