“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

Bahor va yangilanish bayrami

20 Mar 2019

Navrozida mujassam etadi va ajdodlarimizning bebaho merosidir.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi xodimlari butun O‘zbekiston xalqi singari, ushbu kunni keng nishonlamoqda. Aviakompaniyaning barcha tarkibiy bo‘limlarida Navro‘zga bag‘ishlangan bayram tadbirlari o‘tkazildi.

20-mart kuni Мilliy aviakompaniya Direktsiyasida MAK rahbariyati yetakchilari, xizmat xodimlari, aviakompaniya bo‘limlari va soha faxriylari ishtirokida tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

An’anaga ko‘ra, MAK yoshlari milliy raqslar, qo‘shiqlar va bahoriy xangomalari bilan kontsert dasturini tayyorladilar. "Uzbekistan Airways Technics" aviakorxonasi, Havo aloqalarini bosh agentligi, Uchuvchilar majmuasi, poytaxt aeroporti iqtidorli xodimlari hamda "Aladdin" va "Serpantinkina" bolalar ansambllarining chiqishlari Navro‘zning haqiqatan ham xalqimiz tomonidan sevib kutib oladigan bayram ekanligini yana bir bor namoyon etdi.

Ziyovuddin Ilxomov, I.Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining ijtimoiy masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisi:

Qadrli aviaxodimlar!

Navroʻz - xalqimizning boqiy merosi, urf-odat hamda anʼanalarini aks ettiruvchi eng qadimiy, tom maʼnoda milliy, barchamiz uchun sevimli ayyom.

Koʻp asrlik tariximizdan maʼlumki, Navroʻz kunlarida xalqlar, insonlar orasidagi yaxshilik va mehr-muruvvat, saxovat hamda bagʻrikenglik kabi yuksak insoniy fazilatlar yanada mustahkamlanib, yorqinroq namoyon boʻladi.

Hurmatli aviaxodimlar! Xonadoningizdan baxt, tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik va qut-baraka arimasin!

Ilohi har kuning Navroʻz boʻlsin,

Hamisha toleing feruz boʻlsin!

 

 

 

 

Sardor Qosimov, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK Yoshlar ittifoqi raisi:

Hurmatli kasbdoshlar!

Navroʻz shunday qutlugʻ ayyomki, u oʻz shukuhi va nashidasi ila insonlarga, butun borliqqa yangidan kuch-qudrat, hayot baxsh etadi.

Barchangizga inson uchun eng aziz boʻlgan sogʻlik, quvonch, bahoriy kayfiyat, yurt tinchligi, el farovonligi yoʻlidagi mehnatlaringizga omadlar tilayman.

Tabiatga yangicha hayot baxshida etayotgan bu ulugʻ ayyom yurtimiz va xonadonlarimizga qut-barakafayzu taravot olib kirsin.

Magʻrur boshimiz uzra turgan nurli osmonimiz musaffo va osoyishta blaversin.

Ulugʻ bahoriy bayramingiz qutlugʻ boʻlsin!

 

 

Yangiliklar arxivi

Pages