“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

Aviatsiya olamiga sayohat

12 Jun 2019

O‘zbekiston Yoshlar kunini nishonlash doirasida 30-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi tarkibiy bo‘linmalariga ekskursiya tashkil etildi.

Samoning yosh shaydolari o‘zlarining qiziqarli sayohatlarini "Uzbekistan Airways Technics" aviakorxonasi tarixi muzeyidan boshladilar. Bu yerda "UAT" AKning G‘arbda ishlab chiqarilgan komponentlarni ta‘mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish sexi mutaxassislari bolajonlarga aviakorxonaning tashkil etilishi tarixi va rivojlanish yillari haqida so‘zlab berishdi. So‘ng bolalar ta‘mirlash angariga taklif qilindilar. U yerda ular samolyot sahniga ko‘tarilib, avialaynerning tuzilishi va texnik imkoniyatlari bilan tanishib chiqdilar.

Sayohat poytaxt aeroportining jo‘shqin hayotini kuzatish bilan davom etdi. Bolalar mahalliy va xalqaro aviaqatnovlar termenallariga tashrif buyurishdi. Ular yo‘lovchilar ro‘yxatdan o‘tishini, yuk topshirishini, ko‘rik zonalaridan o‘tishlarini kuzatib, bir so‘z bilan aytganda  aeroportning  doimiy ravishda faoliyat yuritadigan barcha jarayonlariga guvoh bo‘ldilar.

Keyingi bosqich  sahn taomlarini tayyorlovchi “Ketring” aviakorxonasi bo‘ldi. Bu yerda ularni “Ketring” mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan bayramona dasturxon kutar edi. Bolajonlar parvoz paytida yo‘lovchilarga taqdim etiladigan taomlarni tatib ko‘rishdi va ularni aytishicha, hammasi juda mazali bo‘ldi!

Butun sayohat davomida kichik shaydolarga Yoshlar ittifoqi, MAK Axborot xizmati, rejim xizmati va АП "UAT" aviatsion xafvsizligi, poytaxt havo maskanining maxsustrans xizmati vakillari hamroh bo‘lishdi.

Ekskursiya sovg‘alar taqdimoti bilan yakunlandi. Milliy aviakompaniya va kasaba uyushmasi qo‘mitasi rahbariyati bolajonlarga samolyot maketlari bilan birga rang-barang kitoblar taqdim etishdi. Shuningdek, “Ketring” mutaxassislari ham kichik mehmonlarga o‘z sovg‘alarini ulashdilar. Qiziqarli sayohat bolajonlarda yorqin va unutilmas taassurot qoldirdi.

Yangiliklar arxivi

Pages