Aviatsiya dunyosiga sayohat

11 Apr 2019

12 aprel - Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni arafasida O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi faollari va Toshkent soliq kollejining talabalari uchun I.Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportiga ekskursiya tashkil etildi.

Yoshlar va ularning ustozlari xalqaro aviaqatnovlar terminali va yangi uchib kelish zaliga tashrif buyurib, yo‘lovchilarning ro‘yxatdan hamda nazoratdan o‘tish, yuklarni topshirish va qabul qilish, "yashil" va "qizil" yo‘laklarlardan o‘tish  jarayonlarini kuzatib borishdi. Shuningdek, ular aviatashuv qoidalari, pasport nazorati, terminalda joylashgan maxsus texnika, aeroportning doimiy ishlashiga imkon beradigan asosiy ishlab chiqarish jarayon va mexanizmlari bilan yaqindan tanishdilar.

Aeroportga sayohat davomida mehmonlar zamonaviy Boeing 787-8 Dreamliner samolyotiga tashrif buyurish imkoniga ham ega bo‘ldilar. Aviakompaniya mutaxassislari yoshlarga samolyot tuzilishi, uning texnik xususiyatlari va imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot  berishdi.

Yorqin taassurot qoldirgan sayohat yakunida o‘quvchilarda aeroport xodimlariga samimiy qabul uchun minnatdorlik izhor etishdi.

Yangiliklar arxivi

Pages