Kompaniya yangiliklari

09 Nov 2018

Endi aviabiletlarni MasterCard orqali sotib olishingiz mumkin

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi qatnovlariga aviabiletlarni rasmiy veb-sayt orqali sotib olishdagi onlayn to‘lov usullariga MasterCard to‘lov tizimi ham qo‘shildi. Oldin mazkur imkoniyat UzCard va VISA to‘lov tizimlari orqali taqdim etilgan. "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK aviabiletlarini www.uzairways.com saytida sotib olishingiz mumkin. Bundan tashqari, saytimizda aviakompaniya samolyotlari sahnidagi ham pullik, ham to‘lovsiz joylarni oldindan tanlash va bronlash imkoniyati ham mavjud.< >

09 Nov 2018

Endi aviabiletlarni MasterCard orqali sotib olishingiz mumkin

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi qatnovlariga aviabiletlarni rasmiy veb-sayt orqali sotib olishdagi onlayn to‘lov usullariga MasterCard to‘lov tizimi ham qo‘shildi. Oldin mazkur imkoniyat UzCard va VISA to‘lov tizimlari orqali taqdim etilgan. "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK aviabiletlarini www.uzairways.com saytida sotib olishingiz mumkin. Bundan tashqari, saytimizda aviakompaniya samolyotlari sahnidagi ham pullik, ham to‘lovsiz joylarni oldindan tanlash va bronlash imkoniyati ham mavjud.< >
03 Oct 2018

"O‘zbekiston havo yo‘llari" qatnovlarini Domodedovo aeroportidan Vnukovo aeroportiga o‘tkazadi

2018-yilning 28-oktabridan boshlab “O`zbekiston havo yo`llari”ning O`zbekiston shaharlaridan Moskvaga boradigan va qaytadigan barcha qatnovlari “Domodedovo” xalqaro aeroportidan “Vnukova” xalqaro aeroportiga o`tkaziladi. Qatnovlar amaldagi jadval bo`yicha o`zgarishlarsiz, ilgari sotib olingan aviachiptalarda ko`rsatilgan vaqtlarda bajariladi. “O`zbekiston havo yo`llari”ning “Vnukova” aeroportidan bajariladigan qatnovlari to`g`risidagi axborotlarni ma’lumotlar berish markazining +998 78 140-02-00 telefoni orqali yoki Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining ma’lumotlar berish xizmati telefoni +998 78 140-28-01 orqali olishingiz mumkin.
04 Oct 2018

“Domodedovo” aeroportidan “Vnukova” aeroportiga o`tish - aviachiptalarni jarimasiz qaytarib berish imkoniyati

“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasining Moskavaga borish va qaytish bo`yicha aviachipta xarid qilgan yo`lovchilari diqqatiga! Moskvadagi aeroportning “Domodedovo”dan “Vnukova”ga o`zgartirilishi  tufayli noqulayliklar yuzaga kelganda, “O`zbekiston havo yo`llari” MAK Sizga uchish sanasi 2018-yilning 28-oktabridan boshlab O`zbekistondan Moskavaga borish va qaytish bo`yicha qatnovlarga olingan aviachiptalarni qo`shimcha jarimalar to`lamagan holda qaytarib berish imkonini beradi.  Ushbu qoida uchish/qo`nish punktida Domodedovo aeroporti ko`rsatilgan aviachiptalarning butun amal qilish muddati davomida tadbiq etiladi. Aviachiptalarni qaytarish: Aviachiptalarni ularni xarid qilgan joyda qaytarib topshirish mumkin. Onlayn xarid qilingan aviachiptalar, ular xarid qilingan servis yordamida belgilangan tartibda qaytariladi. “Vnukova” aeroportiga o`tish bo`yicha barcha masalalar yuzasidan quyidagi telefonlar orqali murojaat qilishingiz mumkin: Toshkentda: +998 78 140 02 00 Moskvada: +7-495-258-80-60, +7-495-258-80-66 Ish vaqti: 9-00 dan 18-00 gacha E-mail: info@uzairways.com “O`zbekiston havo yo`llari” yetkazilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr so`raydi, bizni to`g`ri tushunasiz va hamkorligimiz davom etadi deb umid bildiradi.
12 Nov 2018

“O‘zbekiston havo yo‘llari” bilan Turkiyaga sayohat qiling!

O‘zbekiston fuqarolarining Turkiyada vizasiz qolish muddati 90 kungacha uzaytirildi,mazkur hujjat Turkiya Respublikasi Prezidenti axborot portalida chop etildi. Avval, o‘zbekistonliklarning Turkiyada vizasiz qolish muddati 30 kun bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Toshkent-Istambul-Toshkent yo‘nalishida har kuni, Samarqand-Istambul-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha esa haftasiga ikki marta Dushanba va Juma kunlari muntazam qatnovlarni amalga oshiradi. Parvozlar qulay Boeing 787 Dreamliner va Airbus A320 samolyotlarida bajariladi.
12 Nov 2018

Toshkent-Samara-Toshkent yo‘nalishida tariflar pasaytirildi

Joriy yilning 9-noyabridan "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Toshkent-Samara-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha tariflarni pasaytirdi. Toshkentdan Samaraga qatnovlar haftasiga bir marta shanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi. Axborot uchun telefon: (78) 140-02-00. "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining aviabiletlarini www.uzairways.com rasmiy veb-saytida va aviachiptalarni sotish bo‘yicha idoralarida harid qilishingiz mumkin. Bundan tashqari, saytimizda aviakompaniya samolyotlari sahnidagi ham pullik, ham to‘lovsiz joylarni (masalan,https://seats.uzairways.com/ru/) oldindan tanlash va bronlash imkoniyati ham mavjud.
07 Nov 2018

Tailandga “Oʻzbekiston havo yo‘llari” bilan parvoz qiling

Tailand Qirolligi ikki oylik muddatga Oʻzbekistonlik sayyohlar uchun viza toʻlovini bekor qildi. 2018-yilning 1-dekabridan 2019-yilning 31-yanvarigacha Tailandga 15 kun muddatga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun 2000 bat (60 dollar)lik viza yigʻimi toʻxtatib turiladi. Eslatib oʻtamiz, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi Toshkent-Bangkok-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha Boeing 767 samolyotlarida haftaning birinchi, uchinchi, toʻrtinchi, oltinchi va yettinchi kunlari, haftasiga besh marta muntazam qatnovlarni amalga oshiradi. Shuningdek,“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi 2019-yilning 5-yanvaridan 2-fevraliga qadar Pxuket oroliga (Tailand) to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni yo‘lga qo‘yаdi. Qatnovlar haftasiga bir marta, qulay va zamonaviy Boeing-767 havo kemasida quyidagi jadval bo‘yicha bajariladi (MAHALLIY VAQT): Shanba: HY-535 Toshkent 21:00 – Pxuket 05:30 (yakshanba) Yakshanba: HY-536 Pxuket 07:05 – Toshkent 11:45
09 Nov 2018

Yuksak maʼnaviy salohiyatli aviaxodim

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK Oʻquv-mashq markazida “Yuksak maʼnaviy salohiyatli aviaxodim” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi. Unda Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining yetti xodimi ishtirok etdi. Yoshlarda vatanparvarlik, insonparvarlik, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat kabi ijobiy hislatlarni shakllantirish maqsadida Yoshlarga oid davlat siyosati Davlat dasturi doirasida tashkillashtirilgan ushbu tadbirda ishtirokchilar uch bosqichdan iborat boʻlgan bellashuvda oʻzlarining bor intellektual, kasbiy va ijodiy salohiyatlarini namoyon etdilar. Dastlabki bosqichda ishtirokchilar belgilangan vaqt davomida “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi Davlat dasturi haqida batafsil maʼlumot berdilar. Ikkinchi shartda qatnashchilar “Yoshlar bizning kelajagimiz”, “Qonunlarga hurmat – huquqiy davlatning asosi” va “Sogʻlom oila - sogʻlom jamiyat” mavzularidan biriga sahna koʻrinishi va slaydlarni tomoshabinlar eʼtiboriga havola etdilar. Yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlash, ular uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan ikkinchi bosqich ham ishtirokchilar tomonidan qoyilmaqom qilib bajarildi. Tadbirdagi qizgʻin kayfiyat uchinchi bosqichga borib avj oldi. Sababi, bellashuv ishtirokchilari bor qobiliyatlarini aynan shu bosqichda namoyon etdilar. Ular nafaqat oʻzining kasbiy mahorati, balki sanʼatning musiqa, raqs, sheʼriyat va boshqa yoʻnalishlardagi isteʼdodi bilan ham tomoshabinlarni hayratga soldilar. Bellashuv yakunida hakamlar xayʼati aʼzolari toʻplangan ballarni hisoblab, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti xodimlari oʻrtasida quyidagicha taqsimlashdi. Xalqaro tashuvlarni tashkil etish xizmati agenti Nargiza Kattakulovani birinchi oʻringa munosib deb topildi. Ikkinchi oʻrin Pochta va yuklarni tashishni tashkil etish xizmati katta agenti Javoxir Saidovga, uchinchi oʻrin Buxgalterlik hisobi va moliya boʻlimi bosh hisobchisi oʻrinbosari Tatyana Juravlyovaga nasib etdi. Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti Xalqaro tashuvlarni tashkil etish xizmati agenti Nargiza Kattakulova: - Bu kabi tanlovlardan koʻzlangan asosiy maqsad biz, yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis boʻlib kamol topishga boʻlgan intilishini qoʻllab-quvvatlash, ularda tanlagan kasbga nisbatan hurmat va faxr tuygʻusini shakllantirish, iqtidorli yosh aviaxodimlarning kasb bilim darajasi va maʼnaviy salohiyatini oshirish, oʻzaro sogʻlom raqobat muhitini yaratishdan iborat. Yutuqni qoʻlga kiritishimizda sohada uzoq yillardan buyon faoliyat yuritgan, katta tajribaga ega, biz, yosh xodimlarga, sohada oʻz oʻrnimizni topishimizga madadkor boʻlib kelayotgan ustozlarimizning hissasi kattadir. Fursatdan foydalanib, yoshlarni qoʻllab, oʻz iqtidorimizni namoyon eta olishimiz uchun bunday ragʻbatlantiruvchi tadbirlarni tashkillashtirishga imkoniyat va sharoitlar yaratib berayotgan aeroportimiz hamda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK rahbariyatiga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz. Tadbir soʻngida gʻolib va sovrindorlarga Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti Kasaba uyushmasi qoʻmitasining esdalik sovgʻalari hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi tomonidan diplom, maqtov yorliqlari va qimmatbaho sovgʻalar taqdim etildi.  
06 Nov 2018

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi World Travel Market 2018 xalqaro turizm ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

5-noyabr kuni Londonda jahon sayyohlik bozori maydonidagi eng ahamiyatli hodisalardan biri - World Travel Market Xalqaro Turizm ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi  o‘z xizmatlarini mamlakatimizning boy  sayyohlik salohiyati rang-barang videoroliklar va axborot materiallari orqali namoyish etilayotgan O‘zbekistonning yagona stendida taqdim etmoqda.  Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar va mehmonlar  uch kun davomida milliy aviakompaniyaning yo‘lovchi va yuk tashuvlari bo‘yicha, shuningdek, respublikamizning sayyohlik yo‘nalishlari,  sayyohlar uchun taqdim etilayotgan turlar va turistik xizmatlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olishlari mumkin. WTM 2018 doirasida  “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK mutaxassislari xorijiy hamkorlar bilan O‘zbekistonga sayyohlarni jalb qilish va aviakompaniya qatnovlariga yo‘lovchilar oqimini ko‘paytirish kabi masalalar yuzasidan bir qator muzokara va ishchi uchrashuvlar o‘tkazadilar. Bu yilgi 187 davlat ishtirok etayotgan ko‘rgazmaga dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, sayyohlik tashkilotlari vakillari, mehmonlar va eksponentlar bilan birgalikda 80 mingdan ziyod kishi tashrif buyurishi kutilmoqda.
02 Nov 2018

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Mumbayga birinchi parvozni amalga oshirdi

Bugun, 2018-yil 2-noyabr kuni "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining Toshkent-Mumbay yo‘nalishida birinchi HY427 qatnovini amalga oshirgan havo kemasi Mumbay shahrining “Chhatrapati Shivaji” aeroportiga qo‘ndi. Toshkentdan kelgan birinchi yo‘lovchilarni "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining Hindistondagi Bosh vakili Abzal Akramov, uning yordamchisi Eldor Ortiqboyev, MAKning Hindistondagi bosh agentligi vakillari va Mumbay aeroportining rahbariyati tantanali kutib oldilar. Shuningdek, Mumbay-Toshkent yo‘nalishidagi HY-428 birinchi qatnoviga yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiri ham bayramona kayfiyatda o‘tdi. Har bir yo‘lovchiga gullar va hind shirinliklari ulashildi. Toshkent-Mumbay to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovi haftasiga uch marta, seshanba, chorshanba va juma kunlari Airbus A320 samolyotlarida bajariladi. Parvozlar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi: Toshkent - Mumbay HY-427 00:05 04:45 Seshanba, juma 08:40 13:25 Chorshanba Mumbay – Toshkent HY-428 07:45 11:20 Seshanba, juma 14:55 18:30 Chorshanba Parvoz davomiyligi 3 soatu 40 daqiqani, chipta qiymati har ikki yo‘nalishda 395 AQSh dollarni tashkil etadi.
01 Nov 2018

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi qishki jadvalga o‘tdi

"O‘zbekiston havo yo‘llari" qishki parvozlar jadvaliga o‘tmoqda. Ushbu davr mobaynida aviakompaniya O‘zbekistondan dunyoning 24ta mamlakatiga 64ta xalqaro yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni amalga oshiradi. Mahalliy qatnovlarga 8ta yo‘nalish kiritiladi. Avvalgi mavsumga nisbatan xalqaro qatnovlar soni sezilarli darajada oshdi, xususan, eng ommabop Toshkent-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar soni haftasiga 27 qatnovga ko‘paytirildi. Moskvaga Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Namangan va Farg'ona orqali bajariladigan qatnovlarini hisobga olganda reyslar haftasiga 49 marotaba amalga oshiriladi. Shuningdek, qishki jadvalga Samarqanddan Sankt-Peterburgga bajariladigan qo‘shimcha qatnov ham kiritildi. Milliy aviakompaniya samolyotlari Toshkentdan Rossiyaning shimoliy poytaxtiga haftada 5 marotaba parvoz qilmoqda. MDH davlatlari orasida Toshkentdan Dushanbe va Rostovga pavozlar haftasiga 2 marta bajarilmoqda. Yo‘lovchilar Toshkentdan Bishkek va Minsk shaharlariga haftada uch marta parvoz qilish imkoniga ega bo‘ladilar. Uzoq xorij davlatlarining shaharlari borasida to‘xtaladigan bo‘lsak, o'zbekistonliklar orasida eng mashhur yo‘nalishlardan biri bu Turkiyadir. Qish mavsumida Toshkentdan Istanbulga 10ta qatnov, Samarqanddan 2ta qatnov amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Toshkentdan Seulga esa haftada 7 marotaba qatnovlar bajarilishi nazarda tutilgan. Qishki navigatsiya boshlanishi bilan "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi bir qator shaharlarga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Bular Jiddaga haftasiga uch marta (avval charter qatnovlari amalga oshirilgan), haftada uch marta Mumbay va Vladivostok shahriga haftasiga bir marta shanba kunlari bajariluvchi muntazam qatnovlardir. Turkish Airlines, Alitalia, S7 Airlines, Korean Air, Malaysia Airlines, Belavia, Air Baltic, Ural Airlines bilan kod-sher kelishuvlari amalda. Bundan tashqari, dunyoning 37 ta aviakompaniyasi bilan yo‘lovchilar elektron "Interline" kelishuvlari mavjud bo‘lib, ular "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi yo‘nalish tarmoq tizimini sezilarli darajada kengaytirish va yo‘lovchilarga hamkor aviakompaniyalarning qatnovlarini hisobga olgan holda sayyohlik yo‘nalishlarini ro‘yxatga olish imkonini beradi. "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi yo‘lovchilarga qulay va maroqli parvoz tilaydi! Qishki jadvalga

Pages