Kompaniya yangiliklari

20 Nov 2017

Toshkent – Rostov-na-Donu – Toshkent qatnovi yoʻlovchilari diqqatiga

Rostov-na-Donu shahrida (Rossiya Federatsiyasi) yangi “Platov” xalqaro aeroporti ishga tushiriladi, aeroport shahardan 29 kilometr uzoqlikda joylashgan. Yangi havo maskani eski aeroportdan 36 km uzoqlikda, Novocherkass shossesi M-4 ga yaqin. “Oʻzbekiston havo yoʻllari”ning yangi aeroportdan bajariladigan qatnovlari boshlanishi va aeroport bilan shahar oʻrtasida qatnaydigan transport turlari toʻgʻrisidagi batafsil ma’lumotlar aviakompaniya saytida qoʻshimcha ravishda taqdim etiladi. Hozirgi paytda Rostov- na- Donu shahrida turgan “Oʻzbekiston havo yoʻllari”ning yoʻlovchilari yangi aeroportdan parvozlarning boshlanishi sanasini aniqlashtirish uchun aviakompaniyaning Rostov- na- Donu shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishlari mumkin. Vakolatxona telefonlari: 007-863-272-36-36, 007-863-300-38-88

03 Oct 2018

"O‘zbekiston havo yo‘llari" qatnovlarini Domodedovo aeroportidan Vnukovo aeroportiga o‘tkazadi

2018-yilning 28-oktabridan boshlab “O`zbekiston havo yo`llari”ning O`zbekiston shaharlaridan Moskvaga boradigan va qaytadigan barcha qatnovlari “Domodedovo” xalqaro aeroportidan “Vnukova” xalqaro aeroportiga o`tkaziladi. Qatnovlar amaldagi jadval bo`yicha o`zgarishlarsiz, ilgari sotib olingan aviachiptalarda ko`rsatilgan vaqtlarda bajariladi. “O`zbekiston havo yo`llari”ning “Vnukova” aeroportidan bajariladigan qatnovlari to`g`risidagi axborotlarni ma’lumotlar berish markazining +998 78 140-02-00 telefoni orqali yoki Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining ma’lumotlar berish xizmati telefoni +998 78 140-28-01 orqali olishingiz mumkin.
04 Oct 2018

“Domodedovo” aeroportidan “Vnukova” aeroportiga o`tish - aviachiptalarni jarimasiz qaytarib berish imkoniyati

“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasining Moskavaga borish va qaytish bo`yicha aviachipta xarid qilgan yo`lovchilari diqqatiga! Moskvadagi aeroportning “Domodedovo”dan “Vnukova”ga o`zgartirilishi  tufayli noqulayliklar yuzaga kelganda, “O`zbekiston havo yo`llari” MAK Sizga uchish sanasi 2018-yilning 28-oktabridan boshlab O`zbekistondan Moskavaga borish va qaytish bo`yicha qatnovlarga olingan aviachiptalarni qo`shimcha jarimalar to`lamagan holda qaytarib berish imkonini beradi.  Ushbu qoida uchish/qo`nish punktida Domodedovo aeroporti ko`rsatilgan aviachiptalarning butun amal qilish muddati davomida tadbiq etiladi. Aviachiptalarni qaytarish: Aviachiptalarni ularni xarid qilgan joyda qaytarib topshirish mumkin. Onlayn xarid qilingan aviachiptalar, ular xarid qilingan servis yordamida belgilangan tartibda qaytariladi. “Vnukova” aeroportiga o`tish bo`yicha barcha masalalar yuzasidan quyidagi telefonlar orqali murojaat qilishingiz mumkin: Toshkentda: +998 78 140 02 00 Moskvada: +7-495-258-80-60, +7-495-258-80-66 Ish vaqti: 9-00 dan 18-00 gacha E-mail: info@uzairways.com “O`zbekiston havo yo`llari” yetkazilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr so`raydi, bizni to`g`ri tushunasiz va hamkorligimiz davom etadi deb umid bildiradi.
19 Oct 2018

20 oktyabr - Xalqaro aviadispetcherlar kuni

Har yili bu kunda "O‘zaeronavigatsiya” Markazi mutaxassislari o‘zlarining kasb bayramlari - Xalqaro aniadispetcherlar kunini nishonlashadi va an’anaga ko‘ra o‘z hamkasblaridan samimiy tabriklarni qabul qilishadi. MAK aviadispetcherlari - nazotatisiz hech bir samolyot samoga ko‘tarilmaydigan noyob professional ko‘nikmalarga ega bo‘lgan insonlardir. Ularning mahorati, fidoyiligi, kasbiga sodiqligi tufayli ekipaj a’zolari va yo‘lovchilar "yer" hamisha ularga musaffo osmon va havfsizlikni ta’minlab berishiga ishonadilar. "O‘zAeronavigatsiya" Markazi (O‘ANM) tashkil etilgandan buyon respublikaning havo harakatini boshqarish tizimi jadal rivojlanib kelmoqda. Xalqaro talablarga muvofiq O‘zbekistonning barcha aeroportlarida radar, radionavigatsiya, meteorologiya va radioaloqa vositalari modernizatsiya qilindi va almashtirildi. Bugungi kunda O‘ANM – bu modernizatsiyalashtirilgan dispetcherlik punktlari, zamonaviy jihozlar, xalqaro toifadagi mutaxassislar, MDH davlatlarida eng yaxshi deb e’tirof etilgan xalqaro standartlarga javob beruvchi navigatsiya tizimi va eng muhimi butun mamlakatimiz havo kengligida ta’minlangan parvozlar xavfsizligidir. Joriy yilning 9 oylik natijalariga ko‘ra, "O‘zaeronavigatsiya" Markazi mutaxassislari tomonidan 75854 yo‘lovchi va yuk qatnovlariga xizmat ko‘rsatildi. Bunda 45944ta - tranzit qatnovlar va O‘zbekiston Respublikasi aeroportlaridan uchgan/qo‘ngan samolyotlarning 29910 qatnovi, shundan 17550 parvoz "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasga tegishli. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan xizmat ko‘rsatilgan qatnovlar soni 13,6 foizga ortgan. O‘zbekiston havo hududidagi har bir samolyot aviadispetcherlarimizning sinchkov nigohi ostida. Ular doim zamon bilan hamnafas hamda yangilik va o‘zgarishlarni kuzatib borishadi. Doimiy axborot almashinuvi ularni ko‘plab mamlakatlardagi hamkasblari bilan bog‘lab turadi. O‘zbekiston aviadispetcherlarining professionalligi hamda malakasi ular muntazam ishtirok etib, yuqori natijalarga erishayotgan xalqaro forum va tanlovlarda bir necha bor o‘z tasdig‘ini topgan. Ushbu muhim va mas’uliyatli kasbining barcha vakillarini kasb bayramlari bilan tabriklaymiz, ularga sog‘'liq, muvaffaqiyat va musaffo osmon tilaymiz!
19 Oct 2018

"O'zbekiston havo yo'llari" Milliy aviakompaniyasi 30 va 31-oktabr kunlari Toshkent-Istambul-Toshkent yo'nalishida parvozlarni amalga oshiradi

2018 - yil 30 va 31- oktyabr kunlari "O'zbekiston havo yo'llari" Milliy aviakompaniyasi Toshkent-Istambul-Toshkent yo'nalishi bo'ylab qatnovlarni amalga oshiradi.  Parvozlar quyidagi jadval asosida qulay Boeing 787 Dreamliner samolyotida bajariladi (MAHALLIY VAQT): 2018 - yil 30 - oktyabr va 31- oktyabr: HY-273 Toshkent 18:55 - Istambul 21:15 HY-274 Istambul 22:45 – Toshkent 06:15 + 1
17 Oct 2018

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi “URALHELICOM” bilan hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi

Bugun "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Direksiyasida MAK rahbariyatining “URALHELICOM” kompaniyasi direktori Aleksey Mixaylov bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv joriy yil 18-20-oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Prezidentining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davomida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Rossiya va O‘zbekiston birinchi mintaqalararo hamkorlik forumi doirasida tashkil etildi. "Robinson Helicopter Company" (AQSh) va "Airbus Helicopters" (Frantsiya, Germaniya) kompaniyalarining yo‘lovchi vertolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinishi ko‘zlangan uchrashuv davomida MAK rahbariyati mehmonlarni aviakompaniyaning zamonaviy samoyotlar parki, aviatashuvlar bo‘yicha xizmatlar ko‘lami, havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish, uchuv tarkibini tayyorlash borasidagi imkoniyatlari bilan tanishtirib o‘tdi. O‘z navbatida, "URALHELICOM" direktori Aleksey Mixaylov kompaniyasi faoliyati, uning uzoq muddatli hamkorlari, yo‘lovchi tashuvlari, sanaviatsiya, qidiruv-qutqaruv ishlari, hududlarni nazorat (patrul) qilish, havo ekskursiyalarini tashkil etishga mo‘ljallangan vertolyotlar turlari bilan tanishtirib, ko‘p maqsadli vertolyotlarni sotib olishni tashkil etish, ularni yetkazib berish, shuningdek, ekspluatatsiya davrida texnik ko‘mak va servis xizmat ko‘rsatish borasidagi takliflarini bildirdi. Rossiya kompaniyasi rahbari "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatishga qiziqish bildirdi va kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlik yuritishga umid qildi. “URALHELICOM” ("Ural vertolyot kompaniyasi") - Amerikaning "Robinson Helicopter Company" kompaniyasining rasmiy dileri va "Airbus Helicopters" (Eurocopter)ning Rossiyadagi rasmiy distribyutoridir. Kompaniya Rossiya va MDH mamlakatlari hududida AQSh va Yevropadan xorijiy vertolyotlarni sotib olish va ulardan foydalanish bo‘yicha to‘liq xizmatlar ko‘lamini taqdim etadi. Faoliyatining asosiy yo‘nalishi yuqorida ko‘rsatilgan kompaniyalarning vertolyotlarini Rossiya bozoriga olib kirishdan iborat.
17 Oct 2018

Namangan - Sankt-Peterburg-Namangan parvozlari tiklanmoqda

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi 2018- yil 2-noyabrdan boshlab Namangan-Sankt-Peterburg-Namangan yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini qayta tiklamoqda. Parvoz haftasiga bir marta juma kunlari quyidagi jadval bo‘yicha Boeing-757 samolyotlarida amalga oshiriladi (MAHALLIY VAQT): HY-643 Namangan - 09:45 - Sankt-Peterburg - 13:25 HY-644 Sankt-Peterburg - 14:55 - Namangan - 22:00
03 Oct 2018

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi "Ipak yo‘lida turizm" Toshkent xalqaro turizim yarmarkasida ishtirok etmoqda

Poytaxtimizda "Ipak yo‘lida turizm" 24-Toshkent xalqaro turistik ko‘rgazmasi (TXTK) o‘z ishini boshladi. Mazkur tadbir Jahon sayyohlik tashkiloti (YuNVTO) rasmiy ko‘magida har yili o‘tkaziladigan  O‘zbekiston hamda butun Markaziy Osiyo mintaqasining sayyohlik industriyasi namoyish etiladigan keng miqyosidagi forumdir. An‘anaga ko‘ra, TXTK-2018 maydoni ikkita - milliy va xalqaro pavilionlarga bo‘lingan. "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi mazkur ko‘rgazmaning rasmiy aviatashuvchisi bo‘lib, uning rang-barang stenddi turizm sohasida faoliyat olib boradigan xorijiy kompaniyalar, sayyohlik agentliklari, aviakompaniyalarning turli ekspozitsiyalari bilan bir qatorda xalqaro pavilionda joylashgan. Ko‘rgazmaning uch kunlik ishi mobaynida "O‘zbekiston havo yo‘llari" stendiga tashrif buyurgan mehmonlar va ko‘rgazma ishtirokchilari milliy aviatashuvchi va uning xizmatlari haqida to‘liq ma‘lumotga ega bo‘lishlari mumkin. MAK mutaxassislari aviakompaniya parki, parvozlar jadvali, qulay tranzit qatnovlari, sayyohlik guruhlari uchun tariflar to‘g‘risida so‘zlab berishadi, potentsial hamkorlar va mijozlar bilan hamkorlik qilish yo‘llarini muhokama qilishadi hamda aviakompaniya belgisi tushirilgan reklama maxsulotlarini taqdim etishadi. - Kompaniyamiz jadal rivojlanayotgan mintaqaviy tashkilot bo‘lib, uning tarkibida Kaspiy-Qoradengiz va Boltiqbo‘yi mintaqalarida faoliyat ko‘rsatayotgan dunyoning 70ta mamlakatidan 5000dan ziyod kompaniyalar va tashkilotlarni birlashtiruvchi Caspian European Club ham kiradi, - deydi Elchin Huseynov, Caspian Energy International Media Group (Ozarbayjon) vakili. – Biz har yili turli xalqaro forumlar o‘tkazamiz va navbatdagi Caspian Energy Forumni O‘zbekistonda o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz. "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Markaziy Osiyodagi eng yirik aviatashuvchilardan biri sanaladi va biz bunday yirik mintaqaviy kompaniya bilan hamkorlik qilishdan manfaatdormiz. Biroz avval, aviakompaniya mutaxassislari bilan dastlabki suhbat chog‘ida hamkorlik qilishimiz mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarni muhokama qildik.  Ta’kidlash joizki, MAK mutaxassislari ko‘rgazma davomida "Hosted Buyers" maxsus dasturida ishtirok etadilar, turoperatorlar, kompaniyalar, agentliklar va turistik sanoatining boshqa tashkilotlari vakillari bilan B2B formatida uchrashuvlar o‘tkazadilar. Ko‘rgazma turli taqdimotlarni tomosha qilish bilan bir qatorda 5-oktyabrgacha davom etadi. Poytaxtimiz mehmonlari va aholisi "Ipak yo‘lining ta‘mi" gastronomik festivalda milliy taomlar va shirinliklarni tatib ko‘rish hamda O‘zbekistonning yorqin milliy jozibasini ochib beruvchi  ko‘rgazmaning boy madaniy dasturidan bahramand bo‘lish  imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
27 Sep 2018

TOP RESA-2018: “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Parijdagi xalqaro turistik koʻrgazmada ishtirok etmoqda

"TOP RESA-2018” dunyoning eng yirik turistik koʻrgazmalaridan biri boʻlib, unda turizmning barcha yoʻnalishlaridagi yangiliklardan xabardor boʻlish, maʼlumot olish va fikr almashishni istovchi turistik agentlik va byurolar, tashuvchilar, mehmonxona biznesi vakillari, turoperatorlar bir joyga toʻplanadi. Fransiya poytaxtida Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyati yagona milliy stend ostida namoyish etildi. Mazkur stendda koʻrgazma ishtirokchi va mehmonlariga mamlakatimiz turistik bozori, respublikadagi mehmonxona va transport infratuzilmalari haqida toʻliq maʼlumot berildi. Oʻzbekiston aviatashuvchisining keng imkoniyatlari, jumladan, yangi qatnovlar, yo‘nalishlar, aviapark va yerusti infratuzilmasi modernizatsiyasi, shuningdek, Milliy aviakompaniya yo‘lovchilariga taklif etayotgan texnologik yangiliklari namoyish etilgan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi rang-barang stendi koʻpchilikning eʼtiborini tortdi. Shuningdek, stendda Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Shahrisabz, Termiz shaharlarining diqqatga sazovor maskanlari va Oʻzbekistonning boshqa sayyohlik yoʻnalishlariga oid qoʻllanma, risola, yoʻlkoʻrsatuvchiva axborot materiallari taqdim etilgan bo‘lib, videomateriallar va  xalq-amaliy sanʼati namunalarini tomosha qilish mumkin edi. Ko‘rgazma davomida Milliy aviakompaniya mutaxassislari Yevropa sayyohlik kompaniyalari vakillari,  doimiy mijozlar, chet ellik hamkorlar, va boshqa xorijiy reklama va axborot agentliklari bilan ishchi uchrashuvlar o‘tkazdilar.  Eslatib o‘tamiz, Toshkent bilan Parij o‘rtasida qatnovlar 1998 yildan beri amalga oshiriladi.  "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Toshkent-Parij-Toshkent yo‘nalishidagi  qatnovlarni haftasiga ikki marta seshanba va juma kunlari qulay Boeing 767 samolyotlarida amalga oshirmoqda.
02 Oct 2018

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi turizmni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun sertifikat bilan taqdirlandi

O‘zbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi 27-sentyabr - Jahon sayyohlik kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari doirasida bir qator tashkilot, kompaniya, agentlik va sayyohlik sohasi xodimlarini O‘zbekistonda sayyohlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissalari uchun mukofotladi. "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasiga turizmni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun sertifikatni O‘zbekiston Respublikasi Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi raisi Gulchehra Israilova tantanali ravishda topshirdi. Ta‘kidlash joizki, O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi ichki turizmni ommalashtirish, xorijiy sayyohlarni respublikamizga jalb etishga yo‘naltirilgan ishlarni faol amalga oshirgan holda turizmni rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda. Bugungi kunda "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasining zamonaviy va qulay avialaynerlari Yevropa va Osiyo mamlakatlarining 40 dan ortiq shaharlariga, shuningdek, Alaskadan tortib Yangi Zelandiyaga charter qatnovlariniamalga oshirib, sayyohlarni eng qulay yo‘nalishlarda sayyohlik markazlariga yetkazmoqda.
28 Sep 2018

"Panasonic" “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi samolyotlarini koʻngilochar texnologiyalar bilan taʼminlaydi

“Panasonic Avionics Corporation” (PAС) “X Series IFEC“ tizimini 2019-yilning yanvarida milliy aviatashuvchi parkini to‘ldiruvchi ikkita ”Airbus A320Neo" samolyotlari bortiga oʻrnatadi. Shuningdek, ushbu xizmat aviakompaniya hozirda ekspluatatsiya qilayotgan uchta “Boeing 787-8” samolyotlariga ham joriy etiladi. Kompaniya samolyotlarning har bir oʻrindigʻini “Multi-Touch HD” ekrani va USB-quvvat uskunasi bilan jihozlaydi. Barcha oʻrnatish ishlari “Uzbekistan Airways Technics” aviataʼmirlash korxonasi negizida bajariladi. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasining barcha yangi samolyotlarida “Wi-Fi” xizmati yoʻlga qoʻyiladi. Internet tezligi 20 barobar oshiriladi. Drimlayner yo‘lovchilarida parvoz vaqtida uyali aloqa vositasidan foydalanish hamda “CNN International”, “Euronews”, “BBC World News” kabi xorijiy telekanallarni toʻgʻridan-toʻgʻri tomosha qilish imkoniyati paydo boʻladi. “Oʻzbekiston havo yoʻllari“ azaliy va qadrli mijozimiz hisoblanadi, - deydi ”Panasonic Avionic Corporation“ ijrochi direktori Hideo Nakano. - Biz ular bilan samolyotlarni bu kabi dasturlar bilan jihozlash boʻyicha hamkorlik qilayotganimizdan xursandmiz”. Bugun “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi floti xorijda ishlab chiqarilgan Boeing 757/767 va 787 “Dreamliner”, Airbus A320 va yuk tashuvchi Boeing 767-300BCF havo laynerlaridan iborat.

Pages