Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Включить озвучивание

Janubiy Koreyaga kirishning maxsus tartibi

COVID-19 global pandemiyaga qarshi kurashadigan va yaqin kunlada Janubiy Koreyaga kasallik alomatlari va tasdiqlangan tashxis qo'yilgan odamlar sonining ko'payishini hisobga olgan holda, favqulodda xavfsizlik choralari bo'yicha Janubiy Koreyaning Markaziy shtabi maxsus tizimni joriy etishga qaror qildi. Barcha Koreyaga kirib keluvchilar shu jumladan Koreya fuqarolari va chet elliklar uchun Janubiy Koreyaga uchib kelish  tartibi  maxsus kirish protsedurasi alohida kirish zallaridan foydalanish, haroratni tekshirish, turli xil anketalar va deklaratsiyalarni to'ldirish, yashash joyini va aloqa ornatish uchun ishlaydigan telefon raqamini aniqlash, shuningdek tibbiy ko'rsatkichlarni uzatish uchun maxsus mobil dasturni o'rnatishni o'z ichiga oladi.

  • uchib kelgan yo'lovchi sog'lig’i to’g’risidagi deklaratsiyani taqdim etish lozim (ilova #1. Health Declaration Form);
  • uchib kelgan yo'lovchi 20kun oldin Xuvey provinsiasida bolgan yoki bolmaganligini maxsus deklaratsiada korsatgan holatda topshirishi lozim (ilova #2.Travel Record Declaration)
  • yolovchi so’g’ligini tahlil qila olishi uchun maxsus ilovani yuklab olishi lozim (ilova #3. How to Download) va Janubiy Koreada ishlaydigan telefon raqamiga ega bo’lishi lozim (O'z-o'zini diagnostika qilish uchun mobil programma. ilova № 4.Q & A).

Janubiy Koreyaga kelganingizda muammolarni bartaraf etish uchun, iltimos, ilova qilingan hujjatlarni oldindan to'ldirishingizni so'raymiz, ro'yxatdan o'tish paytida ham, Seulga kelganingizda ham ular yoningizda ekanligiga ishonch hosil qiling.

#1. Health Declaration Form
pdf,120.99 KB
#2. Travel Record Declaration
pdf,121.58 KB
#3. How to download
pdf,630.56 KB
#4. QA for Self-diagnosis mobile app
pdf,54.6 KB