Yo‘lovchi tashish qoidalari

Yoʻlovchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va bagajni rasmiylashtirish aeroportlardagi roʻyxatdan oʻtkazish ustunchalarida yoki tashuvchi tomonidan koʻrsatilgan boshqa joyda amalga oshiriladi va

• Boeing-757/767/787, A320 samolyotlarida roʻyxatdan oʻtkazish qatnov joʻnashidan 3 soat avval boshlanadi

• Il-114 samolyotlarida qatnov joʻnashidan 2 soat avval boshlanadi.

Hurmatli yoʻlovchilar!

Shuni ma’lum qilamizki, 2018-yilning 1-aprelidan boshlab “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning Sankt-Peterburgdan qatnovlariga roʻyxatdan oʻtish vaqti qatnov joʻnashidan 3 soatu 30 daqiqa oldin boshlanadi va qatnov joʻnashiga 1 soat qolganda roʻyxatdan oʻtish tugatiladi.

Samolyot sahniga oʻtqazish qatnov joʻnashidan 1 soat oldin boshlanadi va uchib ketishdan 20 daqiqa oldin tugatiladi.

 

Xalqaro qatnovlarda chiptani roʻyxatdan oʻtkazish va bagajni rasmiylashtirish aviachiptada koʻrsatilgan joʻnash vaqtidan 40 daqiqa oldin tugatiladi.

Xorijiy aeroportlarda roʻyxatdan oʻtkazish qatnov joʻnashidan 40 daqiqa oldin tugatiladi. Quyidagi shaharlar aeroportlari bundan mustasno: Dehli, Kuala-Lumpur, Milan, Nyu-York, Rim, Seul, Istanbul, Tel-Aviv, Frankfurt, Sharja, Dubay, Bangkok, Pekin aeroportlaridan uchib ketadigan MAK qatnovlarida yoʻlovchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va bagajni rasmiylashtirish qatnov joʻnashidan 1 soat oldin.

Roʻyxatdan oʻtish tugatilgandan soʻng yetib kelgan yoʻlovchi qatnovga qoʻyilmaydi.

Chiptada ko‘rsatilgan uchish vaqtidan 40 daqiqa oldin tugatiladigan ro‘yxatdan o‘tish vaqtiga kechikib kelgan yo‘lovchi mazkur qatnovda tashuvga qo‘yilmaydi.

Ben-Gurion aeroportida (Tel-Aviv) ro`yxatdan o`tish tartibi.

Tashuvchi quyidagi hollarda tashuvni rad etishga haqqi bor:

  • agar bu parvozlar xavfsizligi va yo‘lovchilar salomatligi uchun zarur bo‘lsa;
  • tashuvlar uning hududida, hududidan yoki hududi orqali amalga oshirilayotgan har
  • qanday mamlakat davlat organlarining tegishli qonunlari, qarorlari, qoidalari va
  • farmoyishlari buzilishining oldini olish maqsadida;
  • yo‘lovchi Tashuvchi qoidalari, yo‘riqnomalari va ko‘rsatmalarining
  • talablarini bajarishni rad etishi munosabati bilan;
  • yo‘lovchining bemorligi tufayli, agar uning salomatligi o‘zi va atrofidagilar uchun
  • xavf tug‘dirgan taqdirda;
  • agar yo‘lovchi noto‘g‘ri rasmiylashtirgan hujjatlarga ega bo‘lsa.

Shuningdek:

  • xavf tug‘diruvchi yoki boshqa shaxslar va ularning mulkiga zarar keltiririshi
  • mumkin bo‘lgan shaxslarga;
  • mast holdagi yoki narkotik modda iste’mol qilgan yo‘lovchiga;
  • hatti-harakati bilan aviatransportdan foydalanishning belgilangan qoidalarini
  • buzayotgan yo‘lovchiga.

Shu bilan bir qatorda, ayrim hollarda, yo‘lovchiga Tashuvchining aybi bilan band qilingan qatnovda tashish rad etilgan chog‘da, oxirgi bo‘lib qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilishi yoki belgilangan me’yorlar bo‘yicha tovon to‘lanishi mumkin.

Chipta unda ko‘rsatilgan parvoz va sana uchun hamda chipta kimning nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga yaroqlidir.
Tashuvning foydalanilmagan qismi uchun to‘la yoxud qisman pul, agar tashuv hech qaysi qismda bajarilmagan, yoki parvoz qilingan kundan tashuvning birinchi qismida bajarilmagan bo‘lsa (agar Tariflarni qo‘llash qoidalarida boshqa narsa ko‘zda tutilmagan bo‘lsa), chipta berilgan sanadan boshlab bir yil mobaynida chipta xarid qilingan joydan to‘lanadi.

Aviachiptani sotib olishda yoki unda ko‘rsatilgan tashuv shartlari (qatnovi, xizmat korsatish darajasi, parvoz qilish sanasi va sh.k.) o‘zgargan chog‘da, qo‘llanilgan tarif shartlari haqida tashuvchi yoki uning agenti bilan maslahatlashib oling. Bu tavsiyani bajarmaslik tarifning oshib ketishiga yoki qo‘shimcha xarajatlarga olib keladi. Ayrim hollarda parvozni rad etganligi yoki maxsus tariflar bilan rasmiylashtirilgan chiptalarda band qilinishini o‘zgartirilganligi uchun yig‘imlar qo‘llanadi.

Yo‘lovchi samolyot sahniga o‘z mas’uliyati ostida bepul tashiladigan bagaj me’yori hisobidan tashuvga qabul qilinadigan bagaj ( sumka va boshqalar)ni olishi mumkin. Bunday bagajning umumiy vazni 8 kg dan, hajmi tomonlarining uch o‘lchovi yig‘indisi 115 sm dan oshmasligi lozim.

Tashuvchi yo‘lovchiga bepul tashish me’yoridan ortiq bagajni chegaralash yoki uni qabul qilishni rad etishga haqqi bor. Agar yo‘lovchi oldindan band qilingan va haqqi to‘langan bagajdan ortiq miqdorda tashuvchiga taqdim etsa, bunday bagaj bo‘sh joy bo‘lgan va tegishli haqqi to‘langan taqdirda qabul qilinadi. Tashuvchi mo‘rt, qimmatbaho va tez buziladigan buyumlar uchun javobgar bo‘lmaydi. Pul, qimmatbaho narsalar va hujjatlarni yo‘lovchi bagajga topshirmasdan, o‘zi bilan birga olib ketishi shart.

Sizni qiziqtiradigan barcha savollar yuzasidan Siz aviakompaniya vakolatxonalari va uning agentliklarida xabardor bo‘lishingiz mumkin.