Xitoy Xalq Respublikasi

XXR Qishloq xoʻjalik vazirligi va Tovarlar sifatini texnik va karantin nazorat qilish bosh boshqarmasining 1712-farmoyishida  Xitoy hududiga havo transporti orqali olib kirish taqiqlangan hayvonlar, oʻsimliklar va ulardan olingan mahsulotlar roʻyxati koʻrsatilgan:

1. Hayvonlar va ulardan olinadigan mahsulotlar

Tirik jonivorlar (kuchuk va mushuklardan tashqari), shu jumladan barcha sut emizuvchilar, qushlar, baliq, ham suvda ham quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, hasharotlar, umurtqasizlar, hayvonlarning genetik materiallari.

2.1. Xom yoki qaynatilgan goʻsht (shu jumladan ichak-chovoqlar) va goʻsht mahsulotlari .

3.1. Sut va sut mahsulotlari, shu jumladan qaynatilmagan sut, ayron, smetana, sariyogʻ, pishloq va boshqa sut mahsulotlari.

4.1. Tuxum va tuxum mahsulotlari, tuzlangan tuxum, tuxum suyuqligi, tuxum poʻchogʻi, mayonez va boshqa tuxum mahsulotlari.

5.1. Qaldirgʻoch  ini   (konservalanganidan tashqari)

6.1. Hayvon yogʻlari va moylari, terisi va moʻynasi, joʻni,  tuyogʻi, suyaklari,   shoxi va boshqalar.

7.1. Hayvonlardan olingan ozuqa (shu jumladan goʻsht uni, suyak uni, baliq uni, quruq sut), hayvon mahsulotlaridan tayyorlangan dori va oʻgʻitlar.

2. Oʻsimliklar va ulardan olinadigan mahsulotlar.

2.1. Yangi uzilgan meva va sabzavotlar.

2.2. Tamaki barglari.

2.3. Urugʻ, nihol va boshqa oʻsimlik materiallari.

2.4. Organik ekin yetishtirish  muhiti.

3. Boshqa karantin toifalari.

3.1. Vaksina, zahar, kasallik qoʻzgʻatuvchi zararkunandalar, hujayralar, organlar, qon va shunga oʻxshash biomateriallar.

3.2 .Jonivorlarning jasadi, tuluplari.

3.3. Tuproq.

3.4. Genetik material.

Izoh: Uy hayvonlarini (kuchuk va mushuk) Xitoyga olib kirishga ularda karantin sertifikati va vaksinatsiya toʻgʻrisida guvohnoma boʻlganida ruxsat etiladi.

 

1. Spirtli ichimliklar va sigaretlar: 1,5 l gacha miqdorda spirtli ichimliklar, 600 donagacha sigaret miqdorida tamaki mahsulotlarini olib kirishga ruxsat berilgan.

2. Zargarlik mahsulotlari va qimmatbaho buyumlar: Zargarlik mahsulotlarini shaxsiy ehtiyojlar doirasida bojsiz olib kirishga ruxsat berilgan.Og'irligi 50 g dan ortiq bo'lgan qimmatbaho metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini XXR ga kirishda deklaratsiyada ko'rsatish va mamlakatdan chiqib ketishda albatta olib ketish zarur.

3. Qurol-yarog' va o'q-dorilar. XXR ga qurol va qurolni imitatsiya qiluvchi predmetlar, o'q-dorilar va portlovchi moddalarni olib kirish taqiqlangan.

4. Valyuta. Olib kiriladigan xorijiy valyuta miqdori cheklanmagan. 5000 AQSh dollaridan ortiq xorijiy valyutani olib o'tishda uni deklaratsiyada ko'rsatish zarur. Chegaradan olib o'tiladigan xitoy yuanining miqdori 6000 dan oshmasligi kerak.

5. Olib kirish taqiqlangan:- qalbaki pullar, obligatsiyalar va qimmatli qog'ozlar,- XXR ning siyosati, iqtisodiyoti, madaniyati va ma'naviyatiga zarar etkazadigan bosma nashrlar, fotoplyonkalar, fotosuratlar, ovozli yozuvlar, kino-, video- va magnit plyonkalari, lazer video- va audiodisklar, kompyuter dasturlari va boshqa materiallar;- turli zaharlovchi moddalar;- narkotik moddalar, shuningdek psixotrop vositalar (narkotiklarni olib qirish bo'yicha taqiqni buzgan shaxslarga ko'p hollarda o'lim jazosi yoki umrbod qamoq jazosi beriladi) -tarkibida xavfli kasaalantiruvchi mikroblar bo'lgan predmetlar va buyumlar;- odam qoni va undan ishlab chiqarilgan preparatlar (limfa va b.);- mevalar va sabzavotlar, hayvonlarning tulumlari, tuproq, hayvonlar va o'simliklarning patogen mikroorganizmlari, hayvonlarning qayta ishlanmagan terilari, ularning qoni, mo'ynasi, tuyoqlari, yog'lari va moylari, go'shti va ichki a'zolari, xom sut, pishloqlar, yog', qaymoq, zardob.

6. Olib chiqish taqiqlangan:- olib kirish taqiqlangan hamma predmetlar va buyumlar;- noyob va qimmatbaho hayvonlar, o'simliklar, urug'lar.