“Urganch” xalqaro aeroporti

urgench_airport

“Urganch” xalqaro Aeroporti Davlat Unitar korxonasi 1923 yil oktyabrda “Xiva” aerostantsiyasi nomi ostida o`z faoliyatini boshlagan va u dastlab Xiva shahrida joylashgan.

Sovet hukumati davrida Xiva aerodromi o`z vazifasiga unchalik javob bera olmagan va shuning uchun o`sha vaqtda yangi aerodrom qurish zaruriyati tug`ildi.

1926 yil 13- mayday Sharqiy – Buxoro – Xiva avayo`nalishi boshlig`ining 640 sonli ko`rsatmasi bo`yicha “Xiva” aerostantsiyasi yangi Urganchga ko`chirilgan.

1927 yil kuzda Ijroiya Qo`mitasi okrugi tomonidan aerodrom qurilishi uchun 10 000 rubl miqdorida pul ajratilgan va tezda ekspluatatsiyaga topshirilgan.

1968 yilda uchish qo`nish yo`lagi uzunligi 2000 metrli asfalt bilan qoplangan sun`iy yo`lakka almashtirilgan.

1975 yilda uchish qo`nish yo`lagini TU-154 havo kemasini qabul qilish uchun 2700 metrga kengaytirilgan.

1997 yilda uchish qo`nish yo`lagi, perron va aylanish yo`laklari butunlay qayta ta`mirlangan. Soatiga 300 ta yo`lovchini qabul qilish va kuzatish uchun mo`ljallangan yangi yo`lovchilar terminali qurilgan.

Aerodrom zamonaviy radio-elektron uskunalar bilan jihozlangan va u barcha turdagi samolyotlarni qabul qilish imkoniyatiga ega.

Bugun kunda eski aerovokzal binosida zamonaviy andozalarga javob beradigan yangi uchish zali barpo etish maqsadida qayta ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.

Aeroport O`zbekistonning shimolida Xiva muzey shahridan 25km uzoqlikda joylashgan, butun dunyodan sayyohlar guruhini qabul qiladi va kecha-kunduz ishlaydi.

Aeroportdan MDH mamlakatlaridan Moskva, Sankt Peterburg, Horijiy mamlakatlardan Italiya, Fransiya, Germaniya va Avstriyaga halqaro reyslar amalgam oshirilmoqda. “S7 Sibir” va “Rossiya” OAO aviakompaniyalari bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzilgan.

VAZIFALAR

“Urganch” Xalqaro aeroportining asosiy vazifalari bevosita quyidagilardan iborat:

  • Yo`lovchilarni tashishni bajarish geografiyasini kengaytirish uchun katta imkoniyatlar yaratish;
  • Parvozlar qulayligi va havfzizligini yuqori darajada ta`minlash;

XIZMATLAR

“Urganch” Xalqaro aeroportining xizmatlari quyidagilardan iborat:

  • yo`lovchilarni yerda xizmat ko`rsatishni ta`minlash bo`yicha aeroport faoliyati;
  • bagajlar bilan ishlash;
  • parvozlarni aerodromda qabul qilish va havo kemalarini yonilg'i moylash maxsulotlari va maxsus suyuqliklar bilan ta`minlash.

 

Direktori:

Kuryazov Xudaybergan Bardiyevich

Tel: 0 362 224-59-52.

Fuqarolarni qabul qilish vaqti:

Payshanba 08:00 - 11:00.

“Urganch” Xalqaro aeroporti DUK bilan bog`lanish uchun raqamlar

Pochta manzili: 220100, O`zbekiston, Xorazm viloyati Urganch shahar,
Aeroport qabulxonasi : (8-362) 7803236, faks : (8-362) 2264266
Elektron manzili: urgench.airport[at]uzairways.com
Moliyaviy iqtisodiy bo`lim: tel (8-362) 7803256
Elektron manzili: fes.ugc[at]uzairways.com
Tashuvlarni tashkil qilish xizmati : (8-362) 7803283
Elektron manzili: sop.ugc[at]uzairways.com
xodimlar bilan ishlash bo`limi: tel (8-362) 7803277
Harbiylashtirilgan qo`riqchilik xizmati: tel (8-362) 7803243
Aeroportning ma`lumot byurosi telefoni: (8-362) 226 2425