“Uzbekistan airways” AJ

Turkmaniston

1. Turkmanistonga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish taqiqlangan:- bolalar pnevmatik to'pponchalari, naganlar, avtomatlar, miltiqlar va plastmassa hamda boshqa o'qlar otuvchi boshqa vositalar;- ishlatilgan shinalar (ulardan tijorat maqsadlarida foydalanish ko'zda tutilgan holda);- ruli o'ng tarafdan boshqariladigan yoki ruli chap tarafdan o'ng tarafga qaytadan o'rnatilgan avtotransport vositalari , Turkmaniston hududidan tranzit orqali o'tayotgan maxsus texnika, mexanizmlar va transport vositalari bundan mustasno.

- ishlab chiqarilgan yilini hisobga olmaganda 10 yil to'lgan avtotransport vositasi, shuningdek ishlab chiqarilgan yilidan qat'iy nazar avtotransport vositalari, mototsikllar, traktorlar, maxsus texnika va shikastlangan yoki buzilganligi munosabati bilan yo'l harakati qoidalariga muvofiq kelmaydigan boshqa texnika, shikastlanganlik va buzilganlik darajasi belgilangan tartibda aniqlangandan so'ng;- sport namunasidagi yuqori tezlikka ega avtomobillar, shuningdek dvigatelining ishchi hajmi 3 500 kub sm dan ortiq bo'lgan engil avtomobillar (shuningdek yo'l yo'q joylardan harakatlanishga, Turkmaniston hududidan tranzit yo'li bilan o'tishga va reeksportga mo'ljallangan avtotransport vositalari, mikroavtobuslar);

- pornografik mazmundagi bosma, video-, foto-, kino- va audio mahsulotlar*;- Turkmanistonning siyosiy va iqtisodiy manfaatlariga, uning davlat xavfsizligiga, aholining salomatligi va ma'naviyatini himoya qilishga putur etkazadigan ma'lumotlari bor bosma va audiovizual materiallar, boshqa axborot tashuvchilar*.Eslatma: * Shuningdek Turkmaniston hududidan tranzit yo'li bilan olib o'tish ham taqiqlangan.

2. Turkmanistonga jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish va olib chiqish (jo'natma yuborish) taqiqlangan: - qurol-yarog', o'q-dorilar, harbiy texnika va ularni ishlab chiqarish uchun maxsus tayyorlangan yig'uvchi qismlar va materiallar;- portlovchi moddalar;- yadroviy materiallar, shu jumladan issiq ajratuvchi sborka ko'rinishidagi materiallar;- nurlanishni ionlashtiradigan manbalar;- qurol-yarog' va harbiy texnikani yaratishda ishlatilishi mumkin bo'lgan texnologiyalar va maxsus uskunalar;

- pirotexnik vositalar (feyerverklar (bengal mushaklari va chaqmoqtoshlar, shamlar va mash'alalar, porox yordamida o't oladiganlar bularga kirmaydi) petardalar, raketnitsalar);- narkotik moddalar, psixotrop vositalar, prekursorlar, ularni tayyorlash va qo'llash uchun texnologiyalar va moslamalar;- zaharlar va zaharlovchi moddalar;- bekor qilingan qimmatli qog'ozlar;- yorliqlar (etiketkalar), butilkalarning po'kaklari va alkogol mahsulotlarining barcha turlarini tayyorlash uchun kerakli boshqa upakovka materiallari.