“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

Turkiya davlatiga boruvchi mehnat migrantlari uchun ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ma‘lumotlariga ko‘ra, Turkiya Respublikasi hududida chet ellik fuqarolar uchun bepul telefon tarmog‘i  ishga tushirildi. Mazkur tarmoqda xorijlik fuqarolar  Turkiya hududiga kirish, chiqish, istiqomat qilish, ish bilan ta‘minlanish, chet el fuqarolarini himoya qilinishi, ularning huquq va majburiyatlari va boshqa shu kabi boshqa masalalar bo‘yicha ko‘rsatmalar olishlari mumkin. Xavfli vaziyat yuzaga kelganda aloqa markazi orqali favqulodda qo‘ng‘iroqni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

“157”  - Turkiya hududidan qo‘ng‘iroq qilgan shaxslar uchun;

“+90312 157-11-22” - Turkiya hududidan tashqarida bo‘lgan shaxslar qo‘ng‘iroq qilishi uchun.

Ishonch telefoni ma‘lumotlarni turk, ingliz, arab va rus tillarida taqdim etadi.