“Uzbekistan airways” AJ

Turkiya

1. Spirtli ichimliklar va sigaretlar: Bojsiz olib kirish mumkin: 20 quti sigaret, yoki 50 dona sigara yoki 200 g tamaki, 5 l alkogolli ichimlik.

2. Zargarlik mahsulotlari, qimmatbaho buyumlar: Zargarlik mahsulotlari va qimmatbaho buyumlarni deklaratsiyada ko'rsatish zarur.

3. Qurol-yarog' va o'q-dorilar: Olib kirish va olib chiqish taqiqlangan.

4. Maishiy texnika. Shaxsiy ehtiyojlar uchun zarur buyumlardan tashqari, olib kirish mumkin: ikkita fotoapparat, portativ radiopriyomnik, yozuv mashinkasi, kinokamera. Videomagnitofonlar, televizorlarni deklaratsiyada ko'rsatish zarur.

5. Valyuta. Xorijiy va milliy valyutani olib kirish cheklanmagan (5000 AQSh dollaridan ortiq miqdorda bo'lsa, deklaratsiyada ko'rsatish shart). Turk lirasini 1000 AQSh dollariga ekvivalent miqdorda olib chiqish mumkin.

6. Boshqa buyumlar. Narxi 200 AQSh dollaridan ortiq bo'lmagan sovg'alar, shaxsiy ehtiyojlar doirasida kosmetik vositalar, atir-upalar, oziq-ovqat mahsulotlarini.

7. Olib kirish taqiqlangan:narkotiklar, tarkibida yuqori dozada narkotik vositalar bo'lgan dori-darmonlar.