“Uzbekistan airways” AJ

Tojikiston

Jismoniy shaxslar TR chegarasi orqali bojxona to'lovlaridan to'liq ozod qilingan 1000 $ ga ekvivalent miqdordagi tovarni olib o'tish, shuningdek bojxona to'lovlarini to'lamasdan umumiy narxi 100 $ gacha bo'lgan xalqaro pochta jo'natmalarini boj to'lovlarisiz olish va yuborishlari mumkin. Tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni, agar ularning umumiy narxi 100 $ dan ortiq bo'lmasa, olib kirish bo'yicha cheklovlar yo'q.

1. Olib kirish/chiqish taqiqlangan: narkotiklar, qurol-yarog' va o'q-dorilar, zaharlar, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy manfaatlari hamda xavfsizligiga, aholi ma'naviyatiga putur etkazishi mumkin bo'lgan bosma va videomateriallar.

Hayvonlar, asbest, asalarilar, zuluklar, pilla qurti va boshqa tirik organizmalar, biologik substantsiyalar (infektsion yoki noinfektsion), oltin yoki kumush quymalari, qalbaki tovarlar yoki materiallar, tangalar, valyuta, o'qotar qurollar, amunitsiya (yoki ehtiyot qismlar), qalamtaroshlar, mo'ynalar, xavfli yoki yonuvchi materiallar, odam va hayvon xoki, fil suyagidan yasalgan buyumlar, zargarlik mahsulotlari, narkotiklar, kredit-pul hujjatlari, parfyumeriya mahsulotlari, tez buziladigan mahsulotlar, pornografik mahsulotlar, qimmatbaho metallar va toshlar, narxi 150$ dan ortiq bo'lgan soatlar, antikvar buyumlar, xom tuxumlar, elektron va yuqori chastotali uskunalar, mo'ynalar, asal va asalari uyalari, viagra.

2. Valyuta.Xorijiy valyutani olib kirishga cheklov yo'q; olib chiqish - 500 $ gacha (bu AQSh dollariga ekvivalent miqdordagi milliy valyutaga ham tegishli).Olib kirishda emlashlar haqidagi sertifikat talab qilinmaydi, lekin ich terlamaga qarshi emlanganlik haqida hujjat bo'lishi maqsadga muvofiq. Uy hayvonlarini olib kirishda ularga tegishli xalqaro namunadagi pasport bo'lishi zarur, unda quturish va chumkaga qarshi emlanganligi haqida belgi bo'lishi kerak.