Tashuv bitimi shartlari

YO‘LOVCHI TASHISHLAR SHARTNOMASI VA “O‘ZBEKISTON HAVO YO‘LLARI” MILLIY AVIAKOMPANIYASI REYSLARI YO‘LOVCHILARIGA MA’LUM QILISHNING ASOSIY SHARTLARI

TASHISH SHARTNOMASINING SHARTLARI

1. Mazkur shartnomada qo‘llanilgan atamalar quyidagi ma’nolarni anglatadi:

Chipta –Tashuvchi nomidan qog‘oz blankada, elektron aviachipta ko‘rinishida rasmiylashtirilgan va tegishli funksional qismlarni (kuponlar), shuningdek tashish shartnomasi yoki ularga havolalarni o‘z ichiga olgan,  yo‘lovchi chiptasi va bagaj kvitansiyasi.

Tashish – transportda tashish ma’nosini anglatadi.

Tashuvchi – yo‘lovchi va uning bagajini tashuvchi yoki mazkur shartnoma bo‘yicha tashish majburiyatini olgan yoki ushbu aviatashish bilan bog‘liq  har qanday xizmat ko‘rsatishni amalga oshiruvchi, barcha aviatashuvchilar;

Elektron chipta – elektron parvoz kuponlari, yo‘lovchi haqida ma’lumot , tashish marshruti, yo‘lovchi tashishni bajarayotgan reyslar, qo‘llangan tariflar, yig‘imlar va to‘lov usuli haqidagi ma’lumotni o‘z ichiga olgan, marshrut kvitansiyasini yuzaga keltirishga imkon beruvchi Tashuvchining electron ma’lumotlar bazasidagi yozuv.

Marshrut kvitansiyasi (Itinerary/Receipt) – sotuv tizimida avtomatik yuzaga keladigan, qog‘oz tarqatuvchida chop etiladigan yoki rasmiylashtirilgan va elektron chipta haqi to‘langandan keyin  elektron pochta orqali xabar ko‘rinishida va yo‘lovchini tashish haqidagi ma’lumotni o‘z ichiga olgan, hujjat.

Varshava konvensiyasi -  1929-yil 12-oktabrda Varshavada imzolangan, 1955-yil 28-sentabrda  Gaagada imzolangan, Bayonnoma bilan o‘zgartirilgan, mazkur tashishga bu hujjatlardan qaysi biri qo‘llanishi mumkinligiga qarab, xalqaro aviatashishlarning ba’zi qoidalarini unifikatsiya qilish uchun Konvensiya.

 

2. Tashuvchi tomonidan xalqaro, ichki aviatashishlar yoki xalqaro tashishlar doirasida ichki aviatashishni bajaruvchi, mazkur shartnoma bo‘yicha bajariladigan Tashish shartnomasiga Varshava konvensiyasi va O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilangan qoidalar va javobgarlik cheklovlari tatbiq etiladi.

3. 2-bandda bayon qilinganiga zid bo‘lmagan darajada, Tashuvchi tomonidan taqdim etiladigan, tashish va u bilan bog‘liq boshqa xizmatlar mazkur shartnomaning qoidalari, Tashuvchining shartlari, qoidalari va talablari, shuningdek qo‘llaniladigan tariff qoidalari bilan tartibga solinadi.

4. Agar Sizni tashish bir necha Tashuvchi tomonidan bajarilayotgan bo‘lsa, ularning har qaysisi tashish shartnomasining turli qoidalari va shartlari hamda tariflarni qo‘llash qoidalarini qo‘llashga haqli.

5. Agar Tashuvchi boshqa Tashuvchining marshrutlarida tashish uchun chipta sotsa, u bunday Tashuvchining faqat agenti sifatida ishtirok etadi.

6.  Chiptada tashuvchining nomi qisqartirilib ko‘rsatilishi mumkin. To‘liq nomi va uning qisqartmasi Tashuvchining tegishli tarif ma’lumotnomalari, tashish shartlari, qoida yoki jadvallarida bo‘ladi. Tashuvchining manzili chiptada tashuvchining birinchi qisqartma nomi qarshisida ko‘rsatilgan, jo‘nash aeroporti bo‘lishi kerak.  Yo‘lovchiga berilgan, chiptada ko‘rsatilgan, yoki tashuvchining jadvalida belgilangan punktlar borish marshrutida to‘xtash punktlari kabi, kelishilgan to‘xtash punktlari hisoblanadi.

7.  Tashuvchining har qanday istisnosi yoki javobgarlik cheklovi tashuvchining agentlari, xizmatchilari va vakillariga, shuningdek Tashuvchi tomonidan tashish uchun uning havo kemasidan foydalanayotgan har qanday shaxsga, hamda bunday shaxsning agentlari, xizmatchilari va vakillariga tatbiq etiladi.

8. Ro‘yxatga olingan bagaj faqat bagaj birkasini ko‘rsatuvchiga beriladi.

9.  Chiptaning amal qilish muddati – Tashuvchining tashish yoki tegishli qoidalarida to‘lov uchun qo‘llangan, tarif qo‘llash qoidalarida boshqasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, uni rasmiylashtirilgan kundan boshlab bir yil. Shartnoma bo‘yicha bajariladigan Tashishga tarif tashish boshlanguncha o‘zgartirilishi mumkin. Agar tashish uchun tarif to‘lanmagan bo‘lsa Tashuvchi tashishni rad etishi mumkin.

10. Chipta unda ko‘rsatilgan reysda va sanada, hamda chipta nomiga rasmiylashtirilgan faqat o‘sha shaxs uchishi uchun yaroqli.

11. Foydalanilmagan tashish uchun to‘liq yoki qisman pulini qaytarish chipta rasmiylashtirilgan sanadan boshlab bir yil davomida chipta sotib olingan punktda, agar Tashuvchining tarifni qo‘llash qoidalari va boshqa qoidalarda boshqacha ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, agar tashish marshrutning birorta ham bo‘lagida bajarilmagan bo‘lsa, yoki uchish sanasidan boshlab bir yil davomida tashishning birinchi bo‘lagida amalga oshiriladi.

12. Tashuvchi yo‘lovchi va bagajni tashish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan barcha choralarni ko‘rish majburiyatini oladi. Tashuvchi uchishning bekor qilinishi yoki kechiktirilishini oldini olish uchun, qo‘shimcha to‘lovlarsiz, boshqa havo kemasida, boshqa Tashuvchining reysi bilan va/yoki boshqa har qanday yo‘l bilan uchib o‘tishni Yo‘lovchiga taklif qilishi mumkin. Jadvalda va boshqa hujjatlarda ko‘rsatilgan vaqt, mazkur shartnomaning tarkibiy qismi bo‘lmaydi. Jadval ogohlatirishsiz Tashuvchi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.

13. Yo‘lovchi safarlarga tegishli, uchish, belgilangan va tranzit mamlakatlar davlat organlarining barcha talablariga rioya qilishi, kirish, chiqish va boshqa zarur hujjatlar (pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa qonuniy guvohnoma)ga ega bo‘lishi kerak va tashuvchi tomonidan belgilangan va barcha parvozoldi davlat rasmiyatchiliklarini bajarish uchun yetarli bo‘lgan vaqtga aeroportga yetib kelishi lozim.

14. Tashuvchi yo‘lovchining shaxsiy ma’lumotlarini va tegishli reyslarda uning shaxsiy bron qilinishi bo‘yicha barcha ma’lumotlarni milliy va xorijiy davlat organlariga berish vakolatiga ega, bu organlar qonunda belgilangan qoidalarga muvofiq Tashuvchidan rasmiy ravishda bu to‘g‘risida so‘ragan hollarda.

15. Tashuvchi dastlabkidagi kabi va keyingi tashishda ham Yo‘lovchiga rad javobi berish huquqiga ega:

  • agar hududidan yoki hududi orqali va hududiga tashish bajarilayotgan mamlakatning davlat qonun va qoidalarida talab qilinadigan barcha zarur, haqiqiy, tegishli amal qilish muddati bilan va
  • tegishlicha rasmiylashtirilgan hujjatlar (pasport, boshqa yo‘l hujjatlari, vizalar va hk.) yo‘lovchining yonida bo‘lmaganda;
  • hududidan yoki hududi orqali va hududiga tashish amalga oshirilayotgan har qanday mamlakat davlat organlarining tegishli qonun, qoidalari, qarorlari va taqdimnomalari, shu jumladan yo‘lovchining kirishi rad etilgani haqidagi taqdimnoma buzilishining oldini olish maqsadida;
  • yo‘lovchi spirtli ichimlikdan yoki narkotikdan mast va/yoki yo‘lovchining jismoniy holati shunday bo‘lganda, bu tashuvchining alohida yordamini talab qilsa, tartibsizlikni yuzaga keltirsa, boshqa yo‘lovchilarga jiddiy noqulayliklar keltirib chiqarsa, yo‘lovchining o‘zi, boshqa shaxslar va/yoki ularning mulki uchun xavf-xatar, tahlikaga ega bo‘lsa, parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida;
  • yo‘lovchi parvozoldi ko‘rigidan o‘tishdan, tashuvchining qoidalari, yo‘riqnomalari va ko‘rsatmalarini bajarishdan bosh tortgan holda;
  • yo‘lovchi ro‘yxatga olish tugash vaqtiga kechikib kelganda;
  • agar yo‘lovchi aviatransportda o‘zini tutishning belgilangan qoidalarini buzsa, tashuvchi va boshqa shaxsning mulkini ataylab buzish yoki ishdan chiqarish deb hisoblash mumkin bo‘lgan xatti-harakatlarni amalga oshirsa.

 

16. Tashuvchi yo‘lovchiga belgilangan mamlakatga kirish rad etilganda, bu yo‘lovchining chiqib ketishi va orqaga qaytarib tashishda kirish rad etilgan manzilda Tashuvchi tomonidan amalga oshirilgan barcha xarajatlarni yo‘lovchidan undirish huquqiga ega. Agar yo‘lovchiga bu kirishga rad etish va orqaga qaytarib tashish Tashuvchining xizmatchilari yoki uning agentlarining ataylab e’tiborsiz  yoki pala-partishlik natijasi bo‘lgani, ataylab yoki e’tiborsizlik bo‘yicha va bunday xatti-harakatlar qanday oqibatlarga ega bo‘lishini anglagan holda,  xizmat vazifalarini bajarishda sodir etilgani faqat isbotlanmasa,  Yo‘lovchi kirish huquqisiz har qanaqa shunday xarajatlar uchun javobgar bo‘ladi. Bunday hollarda, xarajatlarni qoplash uchun javobgarlik, agar bunday shaxslar ular tomondan zarardan saqlanib qolish uchun barcha choralar ko‘rilgani yoki bunday choralarni ko‘rish mumkin emasligini isbotlamasalar, shunday ataylab  yoki pala-partish xatti-harakatlar sodir etgan shaxslarga yuklanishi kerak bo‘ladi.

17. Tashuvchining agentlari, xizmatchilari yoki vakillaridan hech kim mazkur shartnomaning qoidalarini o‘zgartirish yoki bekor qilishga haqli emas.

 

YO‘LOVCHILARGA MUHIM MA’LUMOT

DAVLAT SOLIQLARI VA BOJLARI HAQIDA MA’LUMOT

Chiptaning bahosi Tashuvchilarga nisbatan davlat ma’muriy organlar va aeroportlar tomonidan qo‘llaniladigan soliqlar, bojlar va yig‘imlarni o‘z ichiga  olishi mumkin. Chipta bahosining   muhim qismini tashkil etishi mumkin bo‘lgan bu soliqlar va yig‘imlar chiptada maxsus ajratilgan hoshiyada (TAX ustuni) alohida ko‘rsatilishi, yoki chipta bahosiga qo‘shilishi mumkin. Sizdan shuningdek chiptani sotib olshda hali to‘lanmagan soliq va bojlarni to‘lashni iltimos qilishlari mumkin. 

 

“O‘ZBEKISTON HAVO YO‘LLARI” REYSLARIDA TASHUVCHINING JAVOBGARLIGINI CHEKLASH HAQIDA MA’LUMOT

Jo‘nash mamlakati hududida bo‘lmagan belgilangan yoki yo‘lda to‘xtash manzilini o‘z ichiga olgan tashish Yo‘lovchilari ularni tashishga nizbatan, shu jumladan uning har qanday qismida, aviakompaniya javobgarligini tartibga soluvchi va cheklovchi 1955-yil 28-sentabrda Gaagada imzolangan o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan 1929-yil 12-oktabrdagi “Xalqaro havo tashishlarining ba’zi qoidalarini unifikatsiyalash to‘g‘risida Varshava Konvensiyasi” kabi ma’lum bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qo‘llanishi haqida xabardor qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan belgilangan yoki yo‘lda to‘xtash manzilini o‘z ichiga olgan tashish Yo‘lovchilari ularni tashishga nizbatan, shu jumladan uning har qanday qismida, aviakompaniya javobgarligini tartibga soluvchi va cheklovchi O‘zbekiston Respublikasi Havo Kodeksining 112, 113, 114, 116, 117, 119, 120-moddalar qoidalari qo‘llanishi haqida xabardor qilinadi.

 

“O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi reyslaridagi safaringizga Varshava konvensiyasi, unga qo‘shimcha Gaaga bayyonnomasi va O‘zbekiston Respublikasining Havo Kodeksida belgilangan quyidagi javobgarlik doiralari qo‘llanadi:

  1. Yo‘lovchining o‘limi yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararga nisbatan 16 600 Maxsus O‘zlashtirma Huquqlar (taxminan 20 000 Yevro; 20 000 AQSh dollari).  AQSh qonuniga muvofiq, AQSga/dan tashishlarga  yoki kelishilgan AQShda to‘xtash manzili bilan tashishlarga nisbatan javobgarlik doirasi 75 000 AQSh dollaridan kam bo‘lishi mumkin emas. 75 000 AQSh dollarida  bunday javobgarlik doirasi qayerda da’vo qilingan, mamlakat qonuniga muvofiq alohida qoplanishni ko‘zda tutilgan, xarajat va chiqimlardan tashqari, sud xarajatlari va chiqimlarni o‘z ichiga oladi. Bu holda javobgarlik doirasi sud xarajatlari va chiqimlardan tashqari 58 000 dollarni tashkil etuvchi summa hisoblanadi.
  2. Bir kilogramm ro‘yxatdan o‘tkazilgan yo‘qolgan, shikastlangan yoki kechiktirilgan bagaj uchun 17 Maxsus o‘zlashtirma huquqlar (20 Yevro yoki 20 AQSh dollariga yaqin) va ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bagaj (qo‘l yuki)ga nisbatan 332 Maxsus o‘zlashtirma huquqlar (400 Yevro yoki 400 AQSh dollariga yaqin);
  3. Ko‘rsatilgan javobgarlik doiralaridan qat’iy nazar, yo‘lovchi reysga ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida o‘z bagajining qiymatini ko‘rsatib va qo‘shimcha yig‘im to‘lab, yo‘qolgan, shikastlangan yoki kechiktirilgan bagaj uchun Tashuvchining javobgarlik doirasini oshirishi mumkin.
  4. Tashuvchi shuningdek yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanishi va bronlash tasdiqlangan va berilgan chipta bor bo‘lganda, reysga samolyot salonida mavjud joylardan ortiq miqdorda joy sotilgani sababli joy berishda rad etilgan, shuningdek Tashuvchining xatti-harakati bilan bog‘liq, uchish kechiktirilgan hollarda  kompensatsiyalovchi xizmat ko‘rsatilishi uchun javobgar bo‘ladi.

Tashuvchi yo‘lovchi yoki uning qonuniy vakilining da’vosi qondirilishini quyidagi hollarda rad etishi mumkin, agar: 

  • manfaatdor shaxs yetkazilgan zararning zaruriy isbotlarini ko‘rsata olishga qodir bo‘lmasa;
  • jabrlanuvchi o‘zining qo‘pol ehtiyotsizligi uning sog‘lig‘i yoki uning  bagaji uchun zararning yuzaga kelishi yoki ortishiga yordam berganini Tashuvchi isbotlasa;
  • aviakompaniya tomonidan tashish shartnomasi shartlarining ijrosi va yetkazilgan zarar o‘rtasida bevosita sababli bog‘lanish mavjud bo‘lmasa;
  • bagajni tashishda yetkazilgan zarar, jo‘nash, tranzit yoki belgilangan mamlakatda amal qiluvchi qonunlar, davlat organlarining qarorlari, buyruqlari, talablariga  Tashuvchi tomonidan rioya qilinganligi sababli va/yoki yo‘lovchi tomonidan ularga rioya qilinmaganligi sababli yuzaga kelganda;
  • bagajni tashishda yetkazilgan zarar, aviatashishlarga taqiqlangan kabi Tashuvchining qoidalarida belgilangan, tashiladigan predmet va buyumlarga kiritilgani, yetarli darajadagi va talabga  javob bermaydigan o‘ramda bo‘lgani natijasida yuzaga kelganda, Tashuvchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagajda tashiladigan, mo‘rt, qimmatbaho yoki tez buziladigan narsalar uchun javob bermaydi;
  • agar yo‘lovchi bagajiga yetkazilgan zarar sababi yo‘lovchining bagai ichidagi narsasi bo‘lganda, Tashuvchi va u tomondan vakil qilingan shaxs o‘zlarining ataylab qilingan xatti-harakatlari yoki yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan e’tiborsizliklari bilan shunday zarar yetkazgan hollar bundan mustasno;
  • agar bagajga yetkazilgan zarar nazorat ostida bo‘lmagan qandaydir sabab bilan yuzaga kelganda va Tashuvchi va u tomondan vakil qilingan shaxslar tomonidan zararni oldini olish uchun barcha choralar ko‘rilgani yoki ularni qilish mumkin bo‘lmagani isbotlanganda.

Agar safaringiz bir nechta Tashuvchi tomonidan amalga oshirilsa, ularning har biridan javobralik doirasi bo‘yicha ma’lumot olish lozim, chunki boshqa ishtirok etuvchi Tashuvchilarga nisbatan xalqaro havo tashishlariga tegishli ba’zi qoidalarini unifikatsiyalash to‘g‘risidagi 1929-yildagi Varshava Konvensiyasi va Monreal Konvensiyasida belgilangan, ko‘rsatilgan hujjatlardan qaysi biri qo‘llanishiga qarab, boshqa javobgarlik doiralari qo‘llanishi mumkin. Safaringizga qo‘llaniladigan, javobgarlik yuzaga kelish shartlari haqidagi batafsil ma’lumot har bir Tashuvchidan, ularning vakil qilingan agentlaridan hamda ularning rasmiy saytlaridagi vakillaridan olinishi mumkin.

 

TALAB QILISH VA DA’VO MUDDATLARI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT

Ichki tashishlarda Tashuvchiga olti oy davomida yozma talablar qo‘yilishi mumkin. Bu muddat quyidagicha hisoblanadi:

  • bagajning kamomadi yoki shikastlanishi uchun, shuningdek bagajni yetkazib berishda kechiktirish uchun to‘lash to‘g‘risidagi talablar bo‘yicha – ularni berish kunidan;
  • bagaj yoki pochtaning yo‘qolgani uchun to‘lash to‘g‘risidagi talablar bo‘yicha – yetkazib berish muddati o‘tgan vaqtdan;
  • qolgan barcha hollarda – talab qilish uchun asos bo‘lgan, hodisa yuz bergan kundan.

Xalqaro tashishlarda yozma talablar quyidagicha qo‘yilishi mumkin:

  • olingan bagaj shikastlangan yoki yetishmaganda -  shikastlangani yoki yetishmasligi aniqlanganda, bagaj olingan kundan, lekin 7 kundan kechikmay;
  • yetkazib berishda kechikishda - oluvchining ixtiyoridagi bagajni topshirish kunidan, lekin 21 kundan kechikmay;
  • bagaj yo‘qolganda – havo kemasining belgilangan manzilga yetib kelgan kundan ikki yil davomida yoki tashish tugagan kundan.

 

Belgilangan muddatlarda taqdim etilgan yozma da’vo bo‘lmasa, tashuvchiga da’vo  qilish mumkin  bo‘lmaydi

Tashuvchiga nisbatan havoda tashish yuzasidan kelib chiqadigan da’volar havo kemasi belgilangan joyga kelgan kundan yoki havo kemasi kelishi kerak bo‘lgan kundan yohud tashuv to‘xtatilgan kundan e’tiboran ikki yildan kech bo‘lmagan holda da’vogar tanloviga ko‘ra: tashuvchi joylashgan joy bo‘yicha, tashuv shartnomasi tuzilgan agentligi joylashgan joy bo‘yicha, belgilangan joyning tegishli sudida taqdim etiladi.

TARIF QOIDALARI. Aviachiptani xarid qilish yoki tashuv shartlariga (reys, xizmat ko‘rsatish klassi, uchib ketish sanalari va sh.k.) o‘zgartish kiritish chog‘ida qo‘llanilgan tarif shartlari to‘g‘risida Tashuvchi yoki uning agenti bilan maslahatlashing. Ushbu tavsiyani bajarmaslik tarif oshishiga va/yoki qo‘shimcha xarajatlarga olib kelishi mumkin, chunki ba’zi maxsus tariflarni qo‘llash Qoidalarida parvozni rad etganlik yoki chiptalardagi bronlashni o‘zgartirganlik uchun yig‘imlarni qo‘llash ko‘zda tutilgan.

YO‘L HUJJATLARI: Sizda pasport yoki tegishli mamlakatlar qonunchiligida talab etiladigan shaxsni tasdiqlovchi boshqa (vizalar va boshq.) qonuniy amaldagi zarur hujjatlar  bo‘lmasa, jo‘nab ketish imkoniyatiga ega bo‘lmaysiz.

REYSGA CHIQISHNI RAD ETISH. Reysga o‘rindiqlar miqdoridan ko‘proq chiptalar sotilishi mumkin va Sizda tasdiqlangan bronga ega bo‘lgan chipta bo‘lsa ham, reysda bo‘sh o‘rinlar bo‘lmasligi ehtimoli oz bo‘lsada bor. Kimgadir reysga chiqish rad etilishidan avval Tashuvchi reys jo‘nashidan oldin reysga chiqishni ixtiyoriy ravishda rad etishga tayyor yo‘lovchilarni qidirishga harakat qiladi. Agar Sizga reysga chiqish rad etilgan bo‘lsa, Siz kompensatsiya olasiz va Sizga boshqa eng yaqin reys bilan jo‘nash kafolatlanadi. Reysga chiqish rad etilgan chog‘da kompensatsiya taqdim etish Qoidalarini Tashuvchidan aniqlash mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tkazish vaqti. Chiptada yoki marshrut kvitansiyasida ko‘rsatilgan vaqt havo kemasining uchib ketish vaqti hisoblanadi. Havo kemasining uchib ketish vaqti reysga ro‘yxatdan o‘tish yoki yo‘lovchilarning reysga chiqishi vaqti hisoblanmaydi. Tashuvchi tomonidan ko‘rsatilgan ro‘yxatdan o‘tkazish vaqti yo‘lovchilar tashishga qabul qilinishi mumkin bo‘lgan eng kech vaqt hisoblanadi; tashuvchi tomonidan ko‘rsatilgan samolyotga chiqish vaqti yo‘lovchi samolyotga chiqish uchun kelishining eng kech vaqti hisoblanadi. Har bir aeroportda ro‘yxatdan o‘tkazishning o‘z vaqti belgilangan. Ro‘yxatdan o‘tkazish vaqti tugashi to‘g‘risida  aviachiptani xarid qilish chog‘ida, Tashuvchining saytida va uning vakolatxonalarida  bilish mumkin. Tashuvchi tomonidan ko‘rsatilgan vaqtdan kech bo‘lmagan holda reysga ro‘yxatdan o‘tishingizni so‘raymiz.

BAGAJ.  Ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagaj. Bagaj ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan aviachiptaning marshrutida qayd etilgan yetkazish punktlarigacha yagona tashish uchun ro‘yxatdan o‘tkaziladi.  

Tashuvchi xizmat ko‘rsatish klassi va/yoki tashuv marshrutiga qarab farqlanishi mumkin bo‘lgan o‘zi tomonidan belgilangan normalar doirasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagajni bepul tashishga ruxsat beradi.  

Yo‘lovchi tashuvlarini bajarishda ishtirok etuvchi tashuvchilar ularning uchastkalari bo‘yicha tashishning mumkin bo‘lgan normalari oshgan hollarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagaj uchun qo‘shimcha to‘lov belgilashi mumkin.

Tashuvchi bepul tashishning belgilangan normalaridan ortiq bo‘lgan bagajni tashishda yo‘lovchiga bagajini qabul qilishni cheklash  yoki rad etish  huquqiga ega. Agar yo‘lovchi bagaj olib o‘tishning belgilangan normalaridan ortiq miqdordagi bagajni tashish uchun taqdim etsa, bunday bagaj bo‘sh joylar mavjud bo‘lgan holdagina va qo‘shimcha yig‘imlar to‘lovlarini amalga oshirish sharti bilan tashishga qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagaj sifatida tashilayotgan ba’zi predmetlarga nisbatan yo‘lovchi tomonidan qo‘shmcha yig‘imlarni to‘lash sharti bilan tashish uchun oshirilgan qiymat e’lon qilinishi mumkin.

Tashuvchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagajda tashilayotgan sinuvchan, qimmatbaho yoki tez buziladigan predmetlar uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmaydi. Pullar, qimmatbaho narsalar va hujjatlarni yo‘lovchi o‘zi bilan, bagajga topshirmasdan olib o‘tishi lozim.

Qo‘l yuki. Yo‘lovchi samolyot saloniga o‘zi mas’ul bo‘lgan holda qo‘l yukini olib o‘tishi mumkin (sumka va h.k.). Bunday bagajning umumiy og‘irligi iqtisod klassi yo‘lovchilari uchun 8kgdan va xizmat ko‘rsatishning  biznes klassi yo‘lovchilari ucun 10kgdan oshmasligi lozim. Qo‘l yukining maksimal o‘lchovlari uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha – 115 smdan oshmasligi lozim.  Qo‘l yukini minimal miqdorda olib o‘tish tavsiya etiladi.

Qo‘l yuki olib o‘tishning ko‘rsatib o‘tilgan me’yoridan ortiq yo‘lovchi HK saloniga unga parvoz davomida zarur bo‘ladigan quyidagi predmetlarni olib o‘tishi mumkin:

  • ayollar sumkachasi, erkaklar portfeli yoki qog‘ozlar uchun mo‘ljallangan papka;
  • fotoapparat, videokamera;
  • parvozda o‘qish uchun bosma nashrlar;
  • 2 kgdan ortiq bo‘lmagan og‘irlikdagi portativ kompyuter;
  • bola  uchun ovqat va bolalar yo‘l belanchagi;
  • soyabon yoki hassa;
  • palto, plashch yoki ustki kiyimlarning boshqa predmetlari;
  • pled;
  • qo‘ltiqtayoqlar (agar yo‘lovchiga parvoz davomida kerak bo‘lsa);
  • og‘irligi 5 kgdan ortiq bo‘lmagan va uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha 115smdan ortiq bo‘lmagan o‘chamdagi Duty-free magazinidan xaridlar solingan sumka.

Agar tashuv bittadan ortiq tashuvchi tomonidan amalga oshirilsa, har bir tashuvchi bagajga (ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagaj va qo‘l yukiga nisbatan) nisbatan turli xil talablarni belgilashi mumkin.

 

BAGAJDAGI XAVFLI PREDMETLAR VA MODDALAR. Xavfsizlik maqsadida xavfli predmetlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagajda yoki qo‘l yukida mavjud bo‘lmasligi lozim, agar faqat boshqasi maxsus ruxsatnomalar bilan ruxsat berilmagan bo‘lsa.

Havo transportida tashish uchun taqiqlangan xavfli predmetlar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot Tashuvchi tomonidan  o‘zining saytida va maxsus axborot materiallarida taqdim etiladi. Xavfli predmetlarning taxminiy ro‘yxati (kiritilgan, ammo, cheklanmagan holda) quyidagilardan iborat: siqilgan gazlar, o‘yuvchi moddalar, portlovchi moddalar, yonuvchan suyuqliklar va qattiq moddalar, radioaktiv materiallar, oksidlovchilar, zaharlar, infeksion moddalar, shuningdek trevoga signalini berish uchun moslamalar o‘rnatilgan portfel va keyslar. Xavfsizlik  maqsadida boshqa cheklovlar belgilanishi mumkin.

 

Xavfli predmetlar va moddalar.

Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida yo‘lovchilarga o‘zi bilan va bagajda quyida ko‘rsatib o‘tilgan predmet va moddalarni  tashib o‘tish taqiqlanadi:

Siqilgan gazlar – yonuvchan, yonmaydigan yoki zaharli: maishiy gaz, butan, kislorod, propan, suyuq nitrogen, akvalangchilar ballonlari, zaryadlangan gaz ballonlari;

Korrozion moddalar – kislotalar, ishqorlar, akkumulyator batareyalari; simob va tarkibida simob bo‘lgan apparatlar;

Portlovchi moddalar – o‘q-dorilar, qurol-yarog‘, pirotexnik vositalar, signal raketalari va yorituvchi patronlar;

Tez o‘t oluvchi suyuqliklar va qattiq moddalar  -  zajigalka va isitish uchun suyuqliklar, gugurt va boshqa tez o‘t oluvchi moddalar;

Radioaktiv materiallar;

Ichiga signal moslamasi o‘rnatilgan portfellar va attache-keyslar;

Oksidlovchi moddalar - oqartiradigan maxsus moddalar va peroksidlar;

Zaharlar - margimush, sianli moddalar, insektitsidlar, gerbitsidlar;

Infeksion materiallar – bakteriyalar, viruslar;

Boshqa xavfli predmetlar va moddalar  –  magnitlangan materiallar, agressiv va qo‘zg‘atuvchi moddalar, sanchiluvchi va kesuvchi predmetlar (tig‘i 0,5 sm va undan ortiq bo‘lgan barcha turdagi pichoqlar, qaychilar, spitsalar, sixlar, manikyur to‘plamlari va sh.k.).

Tashuv davomida foydalanish uchun yo‘lovchiga zarur bo‘ladigan  tibbiy yoki pardoz-andoz buyumlarini cheklangan miqdorda tashishga ruxsat beriladi, bulardan tarkibida alkogol mavjud bo‘lgan parfyumeriya va tibbiyot dori-darmonlari.