Tariflarni qoʻllash qoidalari va bepul bagaj olib ketish me’yorlari

Tariflarni qo‘llash qoidalari.

Parvoz kuponlari chiptada koʻrsatilgan joʻnash punktidan boshlab tashuv yoʻnalishini oʻtishning qat’iy ketma-ketligiga rioya etgan holda uchish uchun haqiqiydir.

Qaytadan rasmiylashtirish va qaytadan bron qilish.

Bronlash klassini, tarif turini, yoʻnalishni, tashuvchini, aviachiptaning amal qilish muddatini oʻzgartirganda chiptani qaytadan rasmiylashtirish talab etiladi.

Uchish sanasi yoki qatnov raqami oʻzgartirilganda, bunda tashuv yoʻnalishi va tarif turi oʻzgartirilmasligi sharti bilan, qaytadan bron qilinadi.

Aviachiptalar qaytadan rasmiylashtirilganda yoki qaytadan bron qilinganda yigʻim olinadi.

Qaytadan rasmiylashtirish va qaytadan bron qilish uchun yigʻim bir xil darajada oʻrnatilgan va tarif turiga bogʻliq. Yigʻim bir marta, faqat qayta rasmiylashtirish uchun yoki faqat qayta bronlash uchun qoʻllaniladi. Qaytadan rasmiylashtirish va qaytadan bron qilish uchun yigʻim dastlab rasmiylashtirilgan aviachipta uchun qoʻllanilgan tarif, ya’ni oʻzgartirilishi lozim boʻlgan tarif qoidalariga muvofiq olinadi.

Pasport almashtirilganda pasport ma’lumotlarini almashtirish munosabati bilan chiptani qayta rasmiylashtirish uchun yigʻim - 10 yevroni tashkil qiladi.

Bitta chiptada bir necha segment qayta rasmiylashtirilganda qaytadan rasmiylashtirish va qaytadan bron qilish uchun yigʻim bir marta tashuvdagi eng cheklangan tarifda amal qiluvchi qoidalarga koʻra olinadi. Bitta segment oʻzgartirilganda – ushbu segmentda qoʻllanilgan tarif qoidalaridan foydalaniladi.

Qayta rasmiylashtirishda tashuvni qayta hisob-kitob qilish sayohat boshlanish nuqtasidan boshlab butun yoʻnalish boʻyicha yangi shartlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bunda quyidagi hisob-kitob qilish qoidalari amal qiladi:

- Umuman foydalanilmagan aviachipta qaytadan rasmiylashtirilganda qaytadan hisob-kitob qilish uchun qaytadan rasmiylashtirish paytida amal qiladigan tariflar, yigʻimlar va valyuta almashtirish kursidan foydalaniladi.

- Qisman foydalanilgan aviachipta qaytadan rasmiylashtirilganda qaytadan hisob-kitob qilish uchun tashuvlarni sotish paytida amal qilgan tariflar, yigʻimlar va valyuta almashtirish kursidan foydalaniladi.

Umuman foydalanilmagan, dastlabki chiptaning oʻrniga qayta rasmiylashtirilgan har qanday aviachiptaning tashish uchun yaroqlilik muddati tashuv boshlangan yangi sana asosida aniqlanishi kerak. Qisman foydalanilgan aviachipta qaytadan rasmiylashtirilganda yangi aviachiptaning amal qilish muddati dastlabki aviachiptada koʻrsatilgan tashuv boshlangan sanadan hisoblanishi kerak.

Tashuv qisman bajarilgan va mamlakat ichidagi mahalliy tashuvlar uchun moʻljallangan parvoz kuponlari foydalanilmay qolgan chipta qayta rasmiylashtirish uchun taqdim etilganda, bunday chipta xalqaro tashuvlar uchun qaytadan rasmiylashtirilishi mumkin emas. Bunday holda yoʻlovchi soʻragan xalqaro yoʻnalish boʻyicha aviachipta yangidan rasmiylashtirilishi kerak.

Aviachiptani qaytarish

Umuman foydalanilmagan yoki qisman foydalanilmagan aviachiptalar uchun pulni qaytarib berish, sotish qoidalariga koʻra qaytarilmaydigan aviachiptalardan tashqari, tashuvlar sotilgan mamlakatda amalga oshiriladi.

Qaytariladigan summa tashuvlar uchun dastlab qanday valyutada haq toʻlangan boʻlsa, oʻsha valyutada amalga oshiriladi. Agar yoʻlovchi chiptani dastlab sotib olgan joyga qaytib kela olmasa, summa uning ishonchli shaxsiga, yuridik rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida qaytariladi, yoki da’vo tartibida mavjud vaziyat tufayli aviachipta uchun summani qaytarish mumkin boʻlgan valyutada amalga oshiriladi.

Qaytarish uchun aviachiptaning amal qilish muddati:

* umuman foydalanilmagan aviachipta uchun – tashuv sotilgan kundan boshlab 1 yil

* qisman foydalanilgan aviachipta uchun – dastlab rasmiylashtirilgan aviachiptada koʻrsatilgan tashuv boshlangan sanadan boshlab 1 yil.

Tashuvdan ixtiyoriy voz kechilganda tariflarni qoʻllash qoidalariga muvofiq tashuv ixtiyoriy rad etilganligi uchun yigʻim undiriladi.

Tashuvdan majburiy voz kechilganda (aviakompaniya aybi bilan) summa hech qanday yigʻim undirilmagan holda qaytariladi.

Summani qaytarib berishda quyidagi shartlarga amal qilinadi:

agar umuman foydalanilmagan, chipta qaytarilsa, yoʻlovchiga tashuv uchun toʻlangan summadan, agar tarifni qoʻllash qoidalarida chipta qaytarilganligi uchun jarima yigʻimlari ushlab qolish koʻzda tutilgan boʻlsa, shunday jarima ushlab qolingan holda qolgan summa qaytarib beriladi. Har xil turdagi tariflarni qoʻllagan holda rasmiylashtirilgan aviachipta umuman foydalanilmasdan qaytarilganda, eng cheklangan tarif uchun amal qiladigan jarima sanksiyalari qoʻllaniladi.

agar qisman foydalanilgan chipta qaytarilsa, yoʻlovchiga ushbu qaytariladigan segmentda amal qiluvchi chipta qaytarilganligi uchun jarima summasi ushlab qolingan holda tashuvning foydalanilmagan segmenti uchun toʻlangan summa qaytariladi.

Bunday hollarda qaytariladigan summa quyidagicha hisob-kitob qilinadi: qoʻllanilgan tarifdan foydalanilgan yoʻnalishdagi tashuvlarni sotish kunida amal qilgan bir tomonga tarif summasi ayirib tashlanadi va barcha zarur jarima yigʻimlari ushlab qolinadi. Agar bir tomonga tarif summasi e’lon qilinmagan boʻlsa, tashuv sotilgan sanada e’lon qilingan balandroq darajadagi bir tomonga tarif summasi qoʻllaniladi.

Yoʻlovchi yoki birga uchgan yaqin qarindoshi vafot etganda, buni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilsa, jarima yigʻimlarini ushlab qolmagan holda summani qaytarishga ruxsat etiladi.

Parvoz kuponlarining foydalanish navbati buzilgan holda foydalanilmagan tashuv uchun summani qaytarib berishga faqatgina ichki tashuvlarda ruxsat etiladi, tashuvdan majburan voz kechilganda esa yoʻnalishdan qat’i nazar summa qaytarib beriladi.


Ushbu tariflarni qoʻllash qoidalari MAK operator boʻlgan qatnovlarda amal qiladi


MDH qatnovlarida
Tarif turi Ochiq sana Qaytadan rasmiylashtirish va qaytadan bron qilish Qaytarish Bolalar uchun chegirmalar Borgan joyda maksimal boʻlish vaqti Borgan joyda minimal boʻlish vaqti Bagaj
С (biznes klassdan me’yoriy yillik tarif ) Ruxsat etilgan Yigʻimlarsiz ruxsat etilgan Yigʻimlarsiz ruxsat etilgan 90% - 0-2 yosh bolalar uchun 50 % - 2-11 yoshdagi bolalar uchun *istisnolar mavjud 1 yilgacha Cheklovlarsiz 30 kg* istisnolar mavjud
D (biznes klassdan ekskursion tarif) Ruxsat etilgan 10 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 10 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 90% -0-2 yosh bolalar uchun 33 % -2-11 yoshdagi bolalar uchun Tarif turiga qarab 1/3/6 oygacha Cheklovlarsiz 30 kg* istisnolar mavjud
Y (iqtisodiy klassdan me’yoriy yillik tarif) Ruxsat etilgan Yigʻimlarsiz ruxsat etilgan 10 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 90% -0-2 yosh bolalar uchun 50 % - 2-11 yoshdagi bolalar uchun 1 yilgacha Cheklovlarsiz 20 kg * istisnolar mavjud
B (iqtisodiy ekskursiya) Ruxsat etilgan 10 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 15 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 90% -0-2 yosh bolalar uchun 50 % - 2-11 yoshdagi bolalar uchun 1 yilgacha Cheklovlarsiz 20 kg * istisnolar mavjud
M (iqtisodiy ekskursiya) Ruxsat etilmagan 15 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 30 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan bolalar uchun 50 % - 2-11 yoshdagi bolalar uchun 1 yilgacha Cheklovlarsiz 20 kg * istisnolar mavjud
K (iqtisodiy ekskursiya) Ruxsat etilmagan 25 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 50 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 90% -0-2 yosh bolalar uchun 50 % - 2-11 yoshdagi bolalar uchun 1 yilgacha Cheklovlarsiz 20 kg * istisnolar mavjud
T (iqtisodiy ekskursiya) Ruxsat etilmagan 25 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 60 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 90% -0-2 yosh bolalar uchun 50 % - 2-11 yoshdagi bolalar uchun 1 yilgacha Cheklovlarsiz 20 kg * istisnolar mavjud
V (iqtisodiy ekskursiya) Ruxsat etilmagan 30 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 70 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 90% -0-2 yosh bolalar uchun 50 % - 2-11 yoshdagi bolalar uchun 1 yilgacha Cheklovlarsiz 20 kg * istisnolar mavjud
O/S/U/H/Q (iqtisodiy reklama) Ruxsat etilmagan 30 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 70 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 90% -0-2 yosh bolalar uchun 50 % - 2-11 yoshdagi bolalar uchun 1 yilgacha Cheklovlarsiz 20 kg * istisnolar mavjud
L (iqtisodiy reklama) Ruxsat etilmagan 50 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan Qatnov uchib ketgunicha 50 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan, qatnov joʻnab ketgach qaytarish mumkin emas. 90% -0-2 yosh bolalar uchun 50 % - 2-11 yoshdagi bolalar uchun 1 yilgacha Cheklovlarsiz 20 kg * istisnolar mavjud

Xalqaro yoʻnalishlarda

Tarif turi Ochiq sana Qaytadan rasmiylashtirish va qaytadan bron qilish Qaytarish Bolalar uchun chegirmalar Borgan joyda maksimal boʻlish vaqti Borgan joyda minimal boʻlish vaqti Bagaj
С (biznes klassdan me’yoriy yillik tarif ) Ruxsat etilgan Yigʻimlarsiz ruxsat etilgan Yigʻimlarsiz ruxsat etilgan 90% -0-2 yosh bolalar uchun 50 % - 2-11 yoshdagi bolalar uchun *istisnolar mavjud 1 yilgacha Cheklovlarsiz 30 kg * istisnolar mavjud
D (biznes klassdan ekskursion tarif) Ruxsat etilgan 10 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 10 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 90% -0-2 yosh bolalar uchun 33 % -2-11 yoshdagi bolalar uchun Tarif turiga qarab 1/3/6 oygacha Cheklovlarsiz 30 kg * istisnolar mavjud
Y (iqtisodiy klassdan me’yoriy yillik tarif) Ruxsat etilgan Yigʻimlarsiz ruxsat etilgan 10 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 90% -0-2 yosh bolalar uchun 50 % - 2-11 yoshdagi bolalar uchun 1 yilgacha Cheklovlarsiz 20 kg * istisnolar mavjud
B (iqtisodiy ekskursiya) Ruxsat etilgan 10 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 15 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 90% -0-2 yosh bolalar uchun 33 % -2-11 yoshdagi bolalar uchun 1 yilgacha Cheklovlarsiz 20 kg * istisnolar mavjud
M (iqtisodiy ekskursiya) Ruxsat etilmagan *istisnolar mavjud 15 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 30 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 90% -0-2 yosh bolalar uchun 33 % -2-11 yoshdagi bolalar uchun Tarif turiga va yoʻnalishga qarab Cheklovlarsiz 20 kg * istisnolar mavjud
K (iqtisodiy ekskursiya) Ruxsat etilmagan *istisnolar mavjud 25 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 50 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 90% -0-2 yosh bolalar uchun 33 % -2-11 yoshdagi bolalar uchun Tarif turiga va yoʻnalishga qarab Cheklovlarsiz *istisnolar mavjud 20 kg * istisnolar mavjud
T (iqtisodiy ekskursiya) Ruxsat etilmagan 30 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 60 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 90% -0-2 yosh bolalar uchun 33 % -2-11 yoshdagi bolalar uchun Tarif turiga va yoʻnalishga qarab Cheklovlarsiz *istisnolar mavjud 20 kg * istisnolar mavjud
V (iqtisodiy ekskursiya) Ruxsat etilmagan 30 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 70 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 90% -0-2 yosh bolalar uchun 33 % -2-11 yoshdagi bolalar uchun Tarif turiga va yoʻnalishga qarab Cheklovlarsiz *istisnolar mavjud 20 kg * istisnolar mavjud
O/S/U/H (iqtisodiy reklama) Ruxsat etilmagan 30 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 70 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 90% -0-2 yosh bolalar uchun 33 % -2-11 yoshdagi bolalar uchun Tarif turiga va yoʻnalishga qarab Cheklovlarsiz 20 kg * istisnolar mavjud
YGV (guruhlar uchun) Ruxsat etilmagan Ruxsat etilmagan Tarifdan 30 % miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 33 % -2-11 yoshdagi bolalar uchun 1 oygacha Cheklovlarsiz 20 kg

Ushbu yoʻnalishlarda va tariflarda aviachiptalarni qaytarish va qayta rasmiylashtirish qoidalari standart holatlardan farq qiladi.

Yoʻnalish Tarif turi Qaytadan rasmiylashtirish/qaytadan bron qilish Qaytarish
Toshkent/Samarqand - Dushanbe - Toshkent/Samarqand Y (iqtisodiy klassdan me’yoriy yillik tarif) Yigʻimlarsiz ruxsat etilgan 10 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
B (iqtisodiy ekskursiya) 10 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 15 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
M (iqtisodiy ekskursiya) 10 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 15 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
K (iqtisodiy ekskursiya) 15 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 20 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
T (iqtisodiy ekskursiya) 15 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 25 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
V (iqtisodiy ekskursiya) 20 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 25 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
Toshkent - Alma-Ata/Astana/Bishkek - Toshkent Y (iqtisodiy klassdan me’yoriy yillik tarif) Yigʻimlarsiz ruxsat etilgan 10 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  M (iqtisodiy ekskursiya) 10 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 15 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  K (iqtisodiy ekskursiya) 15 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 20 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  T (iqtisodiy ekskursiya) 15 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 30 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  V (iqtisodiy ekskursiya) 20 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 35 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
Toshkent-Istanbul-Toshkent С (biznes klassdan me’yoriy yillik tarif ) Yigʻimlarsiz ruxsat etilgan Yigʻimlarsiz ruxsat etilgan
  D (biznes klassdan ekskursion tarif) Qatnov uchib ketgunicha 10 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan, qatnov joʻnaydigan kun yoki qatnov joʻnab ketgach qaytadan bron qilish uchun koʻrsatilgan yigʻimdan tashqari yana 60 EUR undiriladi Qatnov uchib ketgunicha 30 EUR, qatnov joʻnaydigan kun yoki qatnov joʻnab ketgach 75 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  Y (iqtisodiy klassdan me’yoriy yillik tarif) Yigʻimlarsiz ruxsat etilgan 10 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  B (iqtisodiy ekskursiya) 10 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 15 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  M (iqtisodiy ekskursiya) Qatnov uchib ketgunicha 10 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan, qatnov joʻnaydigan kun yoki qatnov joʻnab ketgach qaytadan bron qilish uchun koʻrsatilgan yigʻimdan tashqari yana 55 EUR undiriladi Qatnov uchib ketgunicha 30 EUR, qatnov joʻnaydigan kun yoki qatnov joʻnab ketgach 80 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  K (iqtisodiy ekskursiya) Qatnov uchib ketgunicha 25 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan, qatnov joʻnaydigan kun yoki qatnov joʻnab ketgach qaytadan bron qilish uchun koʻrsatilgan yigʻimdan tashqari yana 70 EUR undiriladi Qatnov uchib ketgunicha 45 EUR, qatnov joʻnaydigan kun yoki qatnov joʻnab ketgach 80 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  T (iqtisodiy ekskursiya) Qatnov uchib ketgunicha 25 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan, qatnov joʻnaydigan kun yoki qatnov joʻnab ketgach qaytadan bron qilish uchun koʻrsatilgan yigʻimdan tashqari yana 80 EUR undiriladi Qatnov uchib ketgunicha 60 EUR, qatnov joʻnaydigan kun yoki qatnov joʻnab ketgach 80 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  V (iqtisodiy ekskursiya) Qatnov uchib ketgunicha 30 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan, qatnov joʻnaydigan kun yoki qatnov joʻnab ketgach qaytadan bron qilish uchun koʻrsatilgan yigʻimdan tashqari yana 75 EUR undiriladi Qatnov uchib ketgunicha 70 EUR, qatnov joʻnaydigan kun yoki qatnov joʻnab ketgach 80 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  U/ S/ N / O (iqtisodiy ekskursiya) Qatnov uchib ketgunicha 30 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan, qatnov joʻnaydigan kun yoki qatnov joʻnab ketgach qaytadan bron qilish uchun koʻrsatilgan yigʻimdan tashqari yana 75 EUR undiriladi Qatnov uchib ketgunicha 75 EUR, qatnov joʻnaydigan kun yoki qatnov joʻnab ketgach 90 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
Toshkent-Pekin-Toshkent С (biznes klassdan me’yoriy yillik tarif ) Yigʻimlarsiz ruxsat etilgan Yigʻimlarsiz ruxsat etilgan
  D (biznes klassdan ekskursion tarif) 10 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 10 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  Y (iqtisodiy klassdan me’yoriy yillik tarif) Yigʻimlarsiz ruxsat etilgan 10 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  B (iqtisodiy ekskursiya) 15 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 25 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  M (iqtisodiy ekskursiya) 25 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 30 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  K (iqtisodiy ekskursiya) 25 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 40 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  T (iqtisodiy ekskursiya) 25 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 60 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  V/N (iqtisodiy ekskursiya) 30 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 75 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
Toshkent - Sharja/Dubai - Toshkent C (biznes klassdan me’yoriy yillik tarif ) Yigʻimlarsiz ruxsat etilgan Yigʻimlarsiz ruxsat etilgan
  Y (iqtisodiy klassdan me’yoriy yillik tarif) Qatnov uchib ketgunicha yigʻimlarsiz ruxsat etilgan, qatnov joʻnaydigan kun yoki qatnov joʻnab ketgach qaytadan bron qilish uchun 60 EUR miqdorida yigʻim undiriladi 10 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  B (iqtisodiy ekskursiya) Qatnov uchib ketgunicha 10 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan, qatnov joʻnaydigan kun yoki qatnov joʻnab ketgach qaytadan bron qilish uchun 75 EUR miqdorida yigʻim undiriladi 15 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  M (iqtisodiy ekskursiya) Qatnov uchib ketgunicha 25 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan, qatnov joʻnaydigan kun yoki qatnov joʻnab ketgach qaytadan bron qilish uchun 75 EUR miqdorida yigʻim undiriladi 30 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  K (iqtisodiy ekskursiya) Qatnov uchib ketgunicha 30 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan, qatnov joʻnaydigan kun yoki qatnov joʻnab ketgach qaytadan bron qilish uchun 75 EUR miqdorida yigʻim undiriladi 60 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  T (iqtisodiy ekskursiya) Qatnov uchib ketgunicha 30 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan, qatnov joʻnaydigan kun yoki qatnov joʻnab ketgach qaytadan bron qilish uchun 75 EUR miqdorida yigʻim undiriladi 60 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  V/O/N (iqtisodiy ekskursiya) Qatnov uchib ketgunicha 30 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan, qatnov joʻnaydigan kun yoki qatnov joʻnab ketgach qaytadan bron qilish uchun 75 EUR miqdorida yigʻim undiriladi 75 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
Toshkent-Kuala Lumpur-Toshkent C (biznes klassdan me’yoriy yillik tarif) Yigʻimlarsiz ruxsat etilgan Yigʻimlarsiz ruxsat etilgan
Toshkent-Kuala Lumpur-Toshkent Y (iqtisodiy klassdan me’yoriy yillik tarif) Yigʻimlarsiz ruxsat etilgan Yigʻimlarsiz ruxsat etilgan
  B (iqtisodiy ekskursiya) 10 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 15 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  M (iqtisodiy ekskursiya) Qatnov uchib ketgunicha 15 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan, qatnov joʻnaydigan kun yoki qatnov joʻnab ketgach qaytadan bron qilish uchun koʻrsatilgan yigʻimdan tashqari yana 30 EUR undiriladi Qatnov uchib ketgunicha 30 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan, qatnov joʻnaydigan kun yoki qatnov joʻnab ketgach qaytarilganda koʻrsatilgan yigʻimdan tashqari yana 50 EUR undiriladi
  K (iqtisodiy ekskursiya) Qatnov uchib ketgunicha 30 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan, qatnov joʻnaydigan kun yoki qatnov joʻnab ketgach qaytadan bron qilish uchun koʻrsatilgan yigʻimdan tashqari yana 30 EUR undiriladi Qatnov uchib ketgunicha 60 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan, qatnov joʻnaydigan kun yoki qatnov joʻnab ketgach qaytarilganda koʻrsatilgan yigʻimdan tashqari yana 30 EUR undiriladi
  T (iqtisodiy ekskursiya) Qatnov uchib ketgunicha 25 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan, qatnov joʻnaydigan kun yoki qatnov joʻnab ketgach qaytadan bron qilish uchun koʻrsatilgan yigʻimdan tashqari yana 45 EUR undiriladi Qatnov uchib ketgunicha 40 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan, qatnov joʻnaydigan kun yoki qatnov joʻnab ketgach qaytarilganda koʻrsatilgan yigʻimdan tashqari yana 70 EUR undiriladi
  V (iqtisodiy ekskursiya) Qatnov uchib ketgunicha 30 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan, qatnov joʻnaydigan kun yoki qatnov joʻnab ketgach qaytadan bron qilish uchun koʻrsatilgan yigʻimdan tashqari yana 50 EUR undiriladi Qatnov uchib ketgunicha 50 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan, qatnov joʻnaydigan kun yoki qatnov joʻnab ketgach qaytarilganda koʻrsatilgan yigʻimdan tashqari yana 75 EUR undiriladi
Toshkent-Seul-Toshkent С (biznes klassdan me’yoriy yillik tarif ) Yigʻimlarsiz ruxsat etilgan Yigʻimlarsiz ruxsat etilgan
  D (biznes klassdan ekskursion tarif) 10 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 10 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  Y (iqtisodiy klassdan me’yoriy yillik tarif) Yigʻimlarsiz ruxsat etilgan 10 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  B (iqtisodiy ekskursiya) 10 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 20 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  M (iqtisodiy ekskursiya) 15 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 40 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  K (iqtisodiy ekskursiya) 20 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 45 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  T/S (iqtisodiy ekskursiya) 20 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 50 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  V/N (iqtisodiy ekskursiya) 30 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 50 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
Toshkent-Tokio-Toshkent С (biznes klassdan me’yoriy yillik tarif) Yigʻimlarsiz ruxsat etilgan Yigʻimlarsiz ruxsat etilgan
  D (biznes klassdan ekskursion tarif) 10 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 10 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  M (iqtisodiy ekskursiya) 30 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 60 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  Y (iqtisodiy klassdan me’yoriy yillik tarif) Yigʻimlarsiz ruxsat etilgan 10 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  M (iqtisodiy ekskursiya) 30 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 50 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  K (iqtisodiy ekskursiya) 30 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 50 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  T (iqtisodiy ekskursiya) 30 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 50 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  V (iqtisodiy ekskursiya) 40 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 75 EUR miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
Toshkent-Nyu-York-Toshkent* С (biznes klassdan me’yoriy yillik tarif) Yigʻimlarsiz ruxsat etilgan Yigʻimlarsiz ruxsat etilgan
  D (biznes klassdan ekskursion tarif) 10 EUR yoki 30 USD miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 10 EUR yoki 30 USD miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  Y (iqtisodiy klassdan me’yoriy yillik tarif) Yigʻimlarsiz ruxsat etilgan 10 EUR yoki 30 USD miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  B (iqtisodiy ekskursiya) 30 EUR yoki 50 USD miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 30 EUR yoki 50 USD miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  M (iqtisodiy ekskursiya) 100 EUR yoki 150 USD miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 100 EUR yoki 150 USD miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  K (iqtisodiy ekskursiya) 100 EUR yoki 150 USD miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 100 EUR yoki 150 USD miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  T (iqtisodiy ekskursiya) 100 EUR yoki 150 USD miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 100 EUR yoki 150 USD miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
  V/U/N/O (iqtisodiy ekskursiya) 100 EUR yoki 150 USD miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan 100 EUR yoki 150 USD miqdorida yigʻim olish orqali ruxsat etilgan
* yigʻimlar USD /EUR valyutasida koʻrsatilgan, valyuta tanlovi qayta rasmiylashtirish yoki chiptani qaytarish qaysi mamlakatda amalga oshirilayotganligiga qarab aniqlanadi.
USD – AQSH hududida
EUR – Oʻzbekiston hududida

 

Parvozdan o‘z vaqtida voz kechilmaganligi uchun yig‘im

MDH va O‘zbekiston Respublikasi ichidagi yo‘nalishlarga ekskursion va maxsus tariflar bo‘yicha rasmiylashtirilgan tariflar uchun, agar qoidalarga ko‘ra boshqa shartlar kelishilmagan bo‘lsa, quyidagi miqdorlarda yig‘im undiriladi:

  • Aviachiptada ko‘rsatilgan uchish vaqtiga 24 soatdan kam, lekin 3 soatdan ko‘p vaqt qolganda qaytarib berilganda – qaytarib beriladigan hududda amal qiladigan normal tarifning 10%;
  • Qatnov uchishiga 3 soatdan kam vaqt qolganda, shuningdek qatnov jo‘nab ketganidan so‘ng qaytarib berilganda - qaytarib beriladigan hududda amal qiladigan normal tarifning 25%.

Aviachiptani qayta rasmiylashtirish uchun yig‘im

O‘zbekiston Respublikasi hududidagi tashuv yo‘nalishlari bo‘yicha aviachiptani qayta rasmiylashtirish uchun yig‘im undirilmaydi.