Tailand

1. Spirtli ichimliklar va sigaretlar: maksimal ruxsat berilgan miqdor — bir kishiga 200 dona sigaret yoki 250 g tamaki (sigara) , lekin ikkalasidan 250 g dan oshmagan miqdorda,va 1 l alkogolli mahsulot.Belgilangan me'yordan ortiq mahsulotni bojxona nazoratidan o'tgunga qadar buning uchun mo'ljallangan maxsus qutilarda qoldirish kerak.

2. Badiiy va madaniy-tarixiy boyliklar. Buddaning haykalchalari va tasvirlarini , diniy va qadimiy san'at buyumlari, anitikvar buyumlarni olib kirish/chiqish uchun Tasviriy san'at departamentining ruxsatnomasi talab qilinadi.

3. Qurol-yarog' va o'q-dorilar:Qurol-yarog', o'q-dorilar va portlovchi uskunalarni olib kirish/chiqish uchun Milliy politsiya boshqarmasi (Office of National Police)ning ruxsatnomasi talab qilinadi.

4. Texnika.Simsiz priyomnik va peredatchiklar, telekommunikatsion qurilmalarni olib kirish/chiqish uchun Telekommunikatsiyalar bo'yicha milliy komissiya (National Telecommunications Commision)ning ruxsatnomasi talab qilinadi.

5. Olib kirish taqiqlangan:- narkotik vositalar va psixotrop moddalar;- behayo mazmundagi buyumlar va nashrlar;- soxta va qalbaki mahsulotlar; - soxta tangalar va banknotalar, qo'riqlanadigan yovvoyi hayvonlar.Narkotik vositalar va psixotrop moddalarni olib kirish va olib chiqish uchun Tailand qonunlarida o'ta og'ir jazo – o'lim jazosigacha ko'zda tutilgan.