“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

Singapur

1. Spirtli ichimliklar va sigaretlar.18 yoshdan oshgan shaxslarga Singapur hududiga shaxsiy ehtiyojlar uchun boj to'lovlarisiz 1 l o'tkir alkogolli ichimliklar (brendi, viski, djin, rom, aroq), 1 litr vino i 1 litr pivo (el, spraut, porter) olib kirish huquqi berilgan. Biroq, bu imtiyoz Singapurga Malayziyadan kiradigan shaxslarga berilmaydi, shuningdek Singapurdan tashqarida 48 soatdan kam vaqt bo'lgan shaxslarga alkogol olib kirish taqiqlangan.

2. Qurol-yarog' va o'q-dorilar: O'qotar qurollar, portlovchi moddalar, zirhli kiyim-bosh, o'yinchoq miltiqlar, to'pponcha va revolverlar, sovuq qurollar, nayzalar va qilichlar (olib kirish uchun Singapur politsiya boshqarmasining maxsus ruxsatnomasi talab qilinadi).

3. Valyuta.Singapurning korruptsiya, narkotiklarning noqonuniy aylanuvi va boshqa jiddiy jinoyatlar to'g'risidagi Qonuniga binoan , naqd pul yoki umumiy miqdori 30 ming singapur dollari (yoki xorijiy valyutadagi ekvivalenti) va undan ortiq miqdorda taqdim etuvchi shaxs nomiga berilgan oborot hujjatlariga ega bo'lgan Singapurga kirib keladigan va Singapurdan chiqib ketadigan shaxslar, bojxona nazoratidan o'tayotganda tegishli deklaratsiyani taqdim etishlari shart. Ushbu qoidaga amal qilmagan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi va 50 ming singapur dollari miqdorida jarima to'lash yoki 3 yildan oshmagan muddatga qamoq jazosiga hukm qilinadilar.

4. OAV. Filmlar, video yozuvlar, video o'yinlar, nashrlar va audio yozuvlar (olib kirish uchun OAVni rivojlantirish boshqarmasining maxsus ruxsatnomasi talab qilinadi).

5. Medikamentlar.Farmatsevtik preparatlar, dori-darmonlar, zaharlar (olib kirish uchun Singapur tibbiy-sanitar boshqarmasining maxsus ruxsatnomasi talab qilinadi).

6. Boshqa narsalar.Radio va tele uskunalar, ratsiyalar (olib kirish uchun Singapur Axborot-kommunikatsiya boshqarmasining maxsus ruxsatnomasi talab qilinadi).

7. Olib kirish taqiqlangan:- saqich (tibbiyotda ishlatiladigan saqich bundan mustasno);- chaynaladigan tamaki;- to'pponcha va revolver shaklidagi zajigalka;- narkotik i psixotrop moddalar;- jonli tabiatning yo'qolish xavfi ostida bo'lgan ma'lum ob'ektlari va ularning ikkilamchi mahsulotlari; - feyerverklar;- pornografik nashrlar, video- va audio yozuvlar, kompyuter dasturlari; - nashrlar, video yozuvlar, video kompakt disklar, lazer disklar, yozuvlar va kassetalardan mualliflik huquqini buzgan holda olingan nusxalar;- hukumatga qarshi mazmundagi , isyonkorlik ruhidagi materiallar.Yuqorida nomlari sanab o'tilganlardan birortasini Singapurga olib kirishga harakat qilish jinoiy jazoga tortiladi.