“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

"Sharl-de-Goll" aeroportidagi (Parij) terminal o`zgardi

2018-yil 30-oktabrdan boshlab "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining Toshkent-Parij-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha reyslari 2C terminalidan “Sharl de Goll” (Parij)  aeroportining 2A terminaliga o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 5-oktyabrdan boshlab O‘zbekiston hududida Fransiya fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz tartib joriy etilgan.

Sizni "O'zbekiston havo yo'llari" Milliy aviakompaniyasining qatnovlarida ko‘rishdan mamnunmiz!