“Uzbekistan airways” AJ

Samsung Note 7 uyali telefonlarini olib ketishdagi cheklovlar

Hurmatli yoʻlovchilar!

Malayziya Davavianazorati koʻrsatmasiga binoan va parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Malayziyadan uchib keladigan yoʻlovchilarga MAK havo kemalari sahnida Samsung Note 7  markadagi uyali telefonlarni (smartfonlarni) olib ketish taqiqlanadi.

Cheklovlar ilgari roʻy bergan Samsung Note 7  markadagi smartfonlarning yonib ketganligi holatlari munosabati bilan kiritilgan boʻlib, shu sababli yoʻlovchilar smartfonni qoʻl yuki sifatida olib ketishlari, bagajga topshirishlari yoki Malayziyadan uchib ketadigan qatnovlarda yuk sifatida joʻnatishlari mumkin emas.

Ushbu koʻrsatmaga qat’iy rioya etishingizni soʻraymiz.