"Samarqand" xalqaro aeroporti

samarkand_airport

Davlat unitar korxonasi “Samarqand” xalqaro aeroporti Registon, Go’ri Amir, Ulug’bek observatoriyasi, Shohi-Zinda Al-Buxoriy va boshqa ko’plab tarixiy yodgorliklari bilan butun dunyoga mashhur qadimiy Samarqand shahrining havo darvozasidir. “Samarqand” aeroporti dinamik rivojlanayotgan korxona bo’lib, u yiliga 300000 dan ortiq yo’lovchiga xizmat qiladi. 2009 yilda oxirgi rekonstruksiya o’tkazilgan. Aerovokzal majmuasi, kommersiya ombori, perron mexanizatsiyasi binosi, samalyot angari rekonstruksiya qilindi.

“Samarqand” aeroporti bugungi kunda kechayu kunduz ishlaydi, yulagi uzunligi 3105x49 metr, har ikki yo’nalishda ILS qo’nish sistemasi bilan jihozlangan, kod ICAO UTSS, kod IATA SKD, aeroportdan shahargacha 8km.

“Samarqand” aeroporti rekonstruksiyadan keyin hamma xalqaro standartlarga to’g’ri keladi va A310, A320, B757, B767, B777, Il76, Il114 kabi hamma zamonaviy havo kemalarini qabul qiladi.

Kiyev, Moskva, Sank-Peterburg, Kaliningrad, Simferopol, Qozon, Yekaterinburg, Toshkent shaharlariga qatnovlar amalga oshiriladi.

Aeroportning o’tkazish imkoniyati bir soatda 400 kishini tashkil qiladi.

.Vazifalar.

  • Parvozlar xavfsizligi darajasining doimiy oshib borishi.
  • Xalqaro standartlar talablariga muvofiq menejment sistemasini ishlab chiqish, tadbiq etish va doimiy ravishda yaxshilab borish.
  • Zamonaviy texnologiya, aviatsiya texnikasi va materiallarini qo’llash, shu jumladan aeroportda qo’llaniladigan qurilmalar va mexanizmlarni zamonaviylashtirish va texnik qayta ta’minlash.
  • Yo’lovchilarga sifatli xizmat ko’rsatish uchun doimiy ravishda xodimlar kasbiy darajasini oshirish.
  • O’sishning ishlab chiqarish va iqtisodiy sur’atini oshirish.
  • Aviatashishlar aviatsiya xavfsizligining yuqori darajasini ta’minlash.

Xizmatlar.

Yo’lovchilarga qulaylik yaratish uchun aeroport aerovokzal majmuasida:

  • Tibbiy punkt
  • Onalar va bolalar xonasi
  • CIP va VIP zallari
  • Restoran va buffet
  • Qatnovlar haqida yo’lovchilarga ma’lumot berish tizimi ishga tushirilgan
  • Wi-Fi
  • Shaharlararo xalqaro aloqa
  • DUTY FREE
  • Aviakassa
  • Aloqa bo’limi (pochta) mavjud.

Aloqalar (kontaktlar).

Direktor - Shamsiqulov Ulug’bek Axrorovich

Manzil: 140151 Samarqand sh. Ibn Sino ko'chasi 1

Tel: (366) 141-86-99/230-86-99, 230-86-22 

Faks: (366) 141-86-99

Ishlab chiqarish bo’yicha direktor o’rinbosari - Shirinov Fazliddin Baxriddinovich

T va AX bo’yicha direktor o’rinbosari - Yunusov Ravshan Po’latxonovich

Tel.: (+998 66) 230-86-99.

E-mail: ap.skd@uzairways.com