Respublika ichidagi yoʻnalishlarda chegirma miqdori oshirildi

“Oʻzbekiston havo yoʻllari’ Milliy aviakompaniyasi oʻz yoʻlovchilariga shu yilning 1-iyunidan OʻzR rezidentlari uchun respublika ichidagi yoʻnalishlarda milliy valyutada rasmiylashtiriladigan aviachiptalarni sotishda beriladigan chegirma miqdori 3,5 % dan  5,8 % gacha oshirilganligini xabar qiladi.

Eslatib oʻtamiz, 5,8 % lik chegirma darajasi iyun oyi mobaynida amal qiladi. 1-iyuldan chegirma darajasi oʻzgaradi.