“Uzbekistan airways” AJ

Qozog'iston

1) Urushdan qolgan namunalar sifatidagi har qanday qurol-yarog' va o'q-dorilar, ommaviy qirg'in qurollari, shuningdek bunday qurollarni yaratishda qo'llanishi mumkin bo'lgan uskunalar va materiallar.

2) Narkotik vositalar, tarkibida narkotik vositalar, psixotrop vositalar va prekursorlar bo'lgan tibbiyot vositalari.

3) Urushni targ'ib qiluvchi, terrorizm, irqchilik, zo'ravonlik, davlat tuzumini emirishga qaratilgan tasviriy va bosma materiallar.

4) Pornografik mazmundagi materiallar.

5) Tuproq, shuningdek tuproqqa ekilgan jonli ildiz otgan o'simliklar.

6) O'simliklarning kasalliklarini qo'zg'atuvchilar, shu jumladan jonli bakteriyalar, viruslar, zamburug'larni o'z ichiga olgan mikroorganizmlar, shuningdek o'simliklarni kasallantiruvchi kana, hasharot, chuvalchanglar.

7) Karantinli organizmlar bilan zararlangan karantin joriy qilinadigan mahsulotlar, begonya o'tlarning urug'lari. Ilmiy maqsadlarda va faqat vakolatli organ bilan kelishilgan holda olib kiriladigan namunalar bundan mustasno.