Qirg`izistonga jo`nab ketadigan yo`lovchilar uchun ma'lumotlar

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari diqqatiga!

Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatining 2016-yil 19-dekabrdagi 689-sonli «Chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Qirg‘iziston hududida ro‘yxatdan o‘tishi to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq, Qirg‘iziston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tgan kundan boshlab, 5 (besh) ish kuni mobaynida ro‘yxatdan o‘tish shart. Qirg‘iziston hududida o‘rnatilgan tartiblarga rioya qilmagan shaxslarga nisbatan Qirg‘iziston Respublikasi qonunchiligida belgilangan 10 000 som miqdorida jarima jazosi qo‘llaniladi. Batafsil ma’lumot olish uchun O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘iziston Respublikasidagi Elchixonasining rasmiy veb-sayti wvvw.uzbekistan.kg yoki quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin: +996 (312) 986-296.

O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘iziston Respublikasidagi Elchixonasi