"Qarshi" xalqaro aeroporti

Описание: karshi_airport

“Qarshi" xalqaro aeroporti davlat unitar korxonasi O‘zbekistonning janubiy qismidagi Qashqadaryo vohasida, Pomir-Oloy tog‘ tizmalarining g‘arbiy yonbag‘rida joylashgan Qashqadaryo viloyatining (viloyat hududi 28,6 ming km2.ni tashkil qiladi, iqlimi kontinental, quruq, ba’zi joylarda subtropik) havo darvozasi hisoblanadi. Aeroport Qarshi shahrining   janubi-g‘arbiy tomonida joylashgan.

Aeroportning aerovokzal majmuasi 2006-yilda rekonstruksiya qilingan. Uchib keladigan  va uchub ketadigan yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun  zarur vositalar bilan jihozlangan. Aerovokzalning o‘tkazish qobiliyati soatiga 200 kishini tashkil qiladi. Aerovokzal binosida uchib ketish uchun 2 ta sektor (mahalliy va  xalqaro aviayo‘llar) va uchib keluvchilar uchun zal  mavjud. Ona va bola xonasi, bagaj paviloni, transit zali, kutish zali va oshxona faoliyat yuritadi.

Xavfsizlikni ta’minlash – aeroport ishidagi uztuvor  vazifa. Aerovokzal parvozlar xavfsizligi va aviatsion xavfsizlikning zarur darajasini ta’minlashga imkon beradigan zamonaviy nazorat texnikasi vositalari bilan jihozlangan. Zamonaviy texnik vositalardan foydalangan holda zarur tadbirlar majmuasini amalga oshirish yo‘lovchilar va mehmonlarning hayoti va sog‘ligini himoya qilishni kafolatlaydi.

Uchish qo‘nish yo‘lagi O‘zR Davavianazorat tomonidan berilgan sertifikatsiya ma’lumotlarining barcha talablariga javob beradi va maksimal massasi 180 tonnagacha bo‘lgan havo kemalarini qabul qilishga tayyor. Aerodrom bir sutkada 20 tagacha uchib ketadigan va kelib qo‘nadigan   samolyotlarga xizmat ko‘rsata oladi. Yorug‘lik-signal berish asbob-uskunalari fuqaro aerodromlarini ekspluatatsiya qilish talablariga muvofiq.

Aeroportda ISO 9001:2008 xalqaro standartlari talablariga javob beradigan Sifat menejmenti tizimi tadbiq etilgan.

Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish tartibini belgilaydigan texnologik operatsiyalarni takomillashtirish maqsadida aviachiptalarni onlayn bron qilish va sotish tizimi ishga tushirilgan.

Aeroport jamoasining asosiy vazifasi – ko‘rsatiladigan xizmatlar turlarini ko‘paytirish, ish hajmini oshirish, aeroport faoliyatiga qo‘yiladigan barcha xalqaro talablarga rioya etish, shuningdek aviatsion xavfsizlik va parvozlar xavfsizligining yuqori darajasini ta’minlash orqali yo‘lovchilarning aviatashuvlarga bo‘lgan ehtiyojlarini imkoni boricha qondirishga intilishdan iborat.

Aeroport tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar:

  • Mahalliy va xalqaro havo yo‘llarida yo‘lovchilarga, yuk va bagajga, pochtaga xizmat ko‘rsatish;
  • Yerda xizmat ko‘rsatishning tegishli  turlari to‘g‘risida bitim va shartnomalarning shartlariga muvofiq aviakompaniyalarning, shu jumladan xorijiy va xususiy aviakompaniyalarning  havo kemalariga tijorat va texnik xizmat ko‘rsatilishini amalga oshirish;
  • Parvozlarga aeroport faoliyati bilan bog‘liq aeronavigatsiya ta’minoti xizmatlarini ko‘rsatish;
  • Havo kemalarini YMM bilan ta’minlash va ularga yoqilg‘i qo‘yish;
  • Parvozlarning xavfsizligini va muntazamligini ta’minlash, aerodrom va yer ustidagi texnikaning ekspluatatsiya qilinishini tashkil qilish;
  • Bojxona, chegara, sanitariya-karantin va  boshqa turdagi  nazoratni  ta’minlash;
  • Yuqori qulaylikdagi zalga (rasmiy delegatsiya zali) xizmat ko‘rsatish, servis va boshqa to‘lovli xizmatlarni ko‘rsatish;
  • Aeroport infratuzilmasi obyektlarining yong‘inga qarshi ta’minotini tashkil qilish;
  • Yo‘lovchilar va yuk aviatashuvlarini bron  qilish va sotishni tashkil qilish;
  • Ornitologiya faoliyatini tashkil qilish va meteorologiya axborotini ta’minlash;
  • Parvozlarni avariyadan qutqarish va yong‘inga qarshi ta’minoti;
  • Inshootlar, uskunalar va boshqa mulkni ijaraga berish va qabul qilish;
  • Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va sotish.

Direktori: Kenjaboyev Uktam Erkinovich

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Maxtum quli ko’chasi, 3

Indeks: 180115

Tel: (8-375) 228-52-53

Faks: 228-57-82

E-mail: kans.ksq@uzairways.com

Bog‘lanish uchun telefonlar:

Aeroport ma’lumotxonasi: (+99875) 228-53-02

Aviakassa: (+99875) 228-56-38

IATA kodi: KSQ

ICAO kodi: UTSK

Tarixi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Bosh direktorining 1992-yil 18-fevraldagi 54 -buyrug‘i asosida Qarshi birlashgan aviaotryadi qaytadan tuzilib O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK “Qarshi” aeroporti deb qaytadan nomlandi.

2001-yil

Qarshi aerodromining uchish-qo‘nish yo‘lagi rekonstruksiya qilindi. Bugungi kunda u barcha turdagi vertolyotlar va maksimal massasi 180 tonnagacha bo‘lgan samolyotlarni qabul qilishga tayyor.

2006-yil

Ту-154 havo kemasida Andijon-Qarshi-Moskva-Qarshi-Andijon yo‘nalishida haftaga bitta tranzit qatnov bajariladi.

Yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun aerovokzal majmuasi rekonstruksiya qilinib,  zarur asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Aerovokzalning o‘tkazish qobiliyati soatiga 100 kishini tashkil qildi

2007 - yil

Kutish, uchib ketish va uchib kelish zallarida yo‘lovchilar uchun axborot tablolari o‘rnatildi.

18-iyuldan  Qarshi-Moskva-Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar boshlandi.

2008 - yil

Aeroportning rasmiy delegatsiyaga xizmat ko‘rsatish zali rekonstruksiya qilindi, yo‘lovchilar uchun qulay sharoitlar yaratildi, barcha ish joylari jihozlandi, bufet ochildi.

Texnologik operatsiyalarni takomillashtirish maqsadida aerovokzalda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish tartibini belgilaydigan, yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishning DCS avtomatlashtirilgan tizimi o‘rnatildi.

15-sentabrda  Il-114-100 samolyotida Toshkent-Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha birinchi parvoz amalga oshirildi.

31-martdan  “Moskoviya”  aviakompaniyasi Moskva-Qarshi-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni bajarishni  boshladi.

2009 - yil

Qarshi aeroporti dispetcherlik punkti kapital ta’mirdan chiqarildi.

1-maydan «VimAvia» aviakompaniyasi Moskvadan Qarshiga parvozlarni boshladi.

2010 - yil

ISO 9001:2008 standartlari talablariga javob beruvchi Sifat menejmenti tizimi joriy etildi, yanvar oyida muvofiqlik sertifikati tophirildi.

9-iyundan «GTK Rossiya” aviakompaniyasi Sankt-Peterburg -Qarshi- Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni bajarishni  boshladi.

Har yilik “Xaj” dasturi doirasida Qarshidan Madinaga va Jiddadan Qarshiga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar boshlandi.

2011 - yil

May oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komissiyasining “Aviatsiya va temir yo‘l transporti sohasida litsenziyalashtirish bo‘yicha” qarorini bajarish maqsadida va “Davlat korxonalari to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq Qarshi aeroporti “Qarshi aeroporti Davlat unitar korxonasi”ga aylantirildi.

Uchib kelish zali va bagajni berish zonasi rekonstruksiya qilindi. Aerovokzalning o‘tkazish qobiliyati soatiga 200 kishini tashkil qildi. Bagajni  berish zonasi uchun zamonaviy talablarga javob beradigan yangi bagaj transportyori sotib olindi.

Yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash darajasini oshirish uchun vokzal atrofi maydonida metall to‘siqlar o‘rnatildi va nazorat-o‘tkazish punkti qurildi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning Qarshi- Sankt-Peterburg –Qarshi yo‘nalishida va “Moskoviya”  aviakompaniyasining  Moskva-Qarshi-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha qatnovlar  kiritildi.

2013 - yil

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qarshi va Termiz shaharlarida havo kemalarining xalqaro qatnovlari uchun aeroportlar ochish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq Qarshi aeroporti Davlat unitar korxonasiga Xalqaro aeroport maqomi berildi.