“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

O`zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun viza qoidalari

Qirg‘iziston (60 kungacha), Armaniston, Belarus, Gruziya, Moldova, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Rossiya va Ukraina bilan ikki tomonlama vizasiz rejim o‘rnatilgan.

 

2014 yilning 1 iyulidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi faqat biometric pasport asosida amalga oshiriladi. Ushbu qoida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “2014 yil 6 fevraldagi 24-sonli O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqish tartibini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarori bilan o‘rnatilgan.

Mazkur hujjatda 2014 yilning 1 iyulidan boshlab havo va temir yo‘l transportida chet elga chiqayotgan O‘zbekiston fuqarolariga aviachiptalar va temir yo‘l chiptalari faqat biometric pasport asosida sotilishi ko‘rsatilgan.

Xizmatlarni sotish tartibi haqidagi batafsil ma’lumotni shuningdek MAK Havo aloqalari bosh agentligidan ham olish mumkin.

O'zbekistonning alohida davlatlar bilan viza tartibi.

Qirg‘iziston (60 kungacha), Armaniston, Belarus, Gruziya, Moldova, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Rossiya va Ukraina bilan ikki tomonlama vizasiz rejim o‘rnatilgan.

2018-yilning 10-fevralidan 7 ta davlat – Isroil, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz tartib joriy etilgan.

 

O‘zR voyaga yetmagan fuqarolarining davlat chegarasini kesib o‘tish tartibi.

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi voyaga yetmagan fuqarolarining  davlat chegarasini kesib o‘tishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

O‘zbekiston Respublikasi bilan viza rejimiga ega bo‘lgan mamlakatlarga chiqish (uzoq sharq mamlakatlari, Tojikiston, Turkmaniston).

- O‘zbekiston Respublikasining  16 yoshga yetmagan fuqarolari - biometrik pasporti bo‘yicha, bu pasportdagi  “Ruxsat beruvchi yozuv” stikerida hamrohlik qiluvchi shaxs haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi, shuningdek boriladigan mamlakatga kirish vizasi bo‘lishi kerak;

- O‘zbekiston Respublikasining  16 yoshga yetmagan, doimiy ravishda xorijiy mamlakatlarda yashaydigan fuqarolari - biometrik pasporti bo‘yicha, bu pasportdagi  “Ruxsat beruvchi yozuv” stikerida hamrohlik qiluvchi shaxs haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi, shuningdek boriladigan mamlakatga kirish vizasi bo‘lishi kerak;

- O‘zbekiston Respublikasining  16 dan 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolari - biometrik pasporti bo‘yicha, bu pasportda  “Ruxsat beruvchi yozuv” stekeri yopishtirilgan bo‘lishi, shuningdek boriladigan mamlakatga kirish vizasi bo‘lishi kerak;

- O‘zbekiston Respublikasining  16 dan 18 yoshgacha bo‘lgan, doimiy ravishda xorijiy mamlakatlarda yashaydigan fuqarolari - biometrik pasporti bo‘yicha, bu pasportda  “Ruxsat beruvchi yozuv” stekeri yopishtirilgan bo‘lishi, shuningdek boriladigan mamlakatga kirish vizasi bo‘lishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi bilan vizasiz rejimga ega bo‘lgan mamlakatlarga chiqish (Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon).

O‘zbekiston Respublikasi voyaga yetmagan fuqarolarining MDH mamlakatlariga chiqish tartibi to‘g‘risida axborot

- O‘zbekiston Respublikasining  16 yoshga yetmagan fuqarolari - biometrik pasporti bo‘yicha, bu pasportda ichki ishlar organlarining HAMROHLIK QILUVCHI SHAXS   shtampi qo‘yilgan va  bolaga hamrohlik qiluvchi shaxs haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak;

- O‘zbekiston Respublikasining  16 yoshga yetmagan fuqarolari - biometrik pasporti bo‘yicha, bu pasportda  “Ruxsat beruvchi yozuv” stikeri yopishtirilgan bo‘lishi va unda  hamrohlik qiluvchi shaxs haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak;

- O‘zbekiston Respublikasining  16 yoshga yetmagan, doimiy ravishda xorijiy mamlakatlarda yashaydigan fuqarolari  - biometrik pasporti bo‘yicha, bu pasportda KCHvaFRB bo‘linmalari yoki TIV konsullik boshqarmasi tomonidan HAMROHLIK QILUVCHI SHAXS   shtampi qo‘yilgan va  bolaga hamrohlik qiluvchi shaxs haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Hamrohlik  qiluvchi shaxs haqidagi shtamp O‘zbekiston Respublikasining  16 yoshga yetmagan doimiy ravishda xorijiy mamlakatlarda yashaydigan barcha fuqarolarining pasportiga, ular konsullik hisobida turish-turmasligidan qat’i nazar qo‘yiladi va  TIV xodimining (Toshkent shahri hududida), shuningdek IIV KCHvaFRB xodimiming muhri va imzosi bilan tasdiqlanadi (Toshkent shahridan tashqarida – viloyat bo‘linmalarida viza muhri, tuman bo‘linmalarida gerbli muhr orqali).

- O‘zbekiston Respublikasining  15 dan 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarosi  - uning biometrik pasporti bo‘yicha otasi yoki onasi, yoxud ota-onasi (vasiylari, homiylarining)  hamrohligida yoki ota-onasi yoki  vasiylarining (homiylarining)   voyaga yetmagan shaxsning  mustaqil ravishda ketishi uchun notarial tasdiqlangan roziligi bo‘lgan holda.

- O‘zbekiston Respublikasining  15 dan 18 yoshgacha bo‘lgan, doimiy ravishda xorijiy mamlakatlarda yashaydigan fuqarosi  - uning biometrik pasporti bo‘yicha otasi yoki onasi, yoxud ota-onasi (vasiylari, homiylarining)  hamrohligida yoki ota-onasi yoki  vasiylarining (homiylarining) voyaga yetmagan shaxsning  mustaqil ravishda ketishi uchun notarial tasdiqlangan roziligi bo‘lgan holda.