O’simiklar va o’simliklardan qilingan mahsulotlarni import qilish bo’yicha cheklovlar

Hurmatli yo’lovchilar!

Eslatib o’tamiz, O’zbekiston aeroportlaridan Yevropa Ittifoqi (YI) mamlakatlariga borilganda o’simiklar va o’simliklardan qilingan mahsulotlarni import qilish bo’yicha cheklovlar mavjud.

YI ga meva, sabzavot va o’simliklardan qilingan boshqa mahsulotlarni olib kirish, hattoki ularni import qilishni to’liq man etishgacha  bo’lgan jiddiy qoidalar YI mamlakatlariga o’simliklardan qilingan mahsulotlar orqali yuqadigan turli kasalliklarni olib kirish, shuningdek zararlangan tovar kirib kelganda uning qishloq xo’jaligiga va oziq-ovqat ishlab chiqarishga zararli ta’sir ko’rsatish xavfi tufayli kiritilgan.

Iltimos, shuni e’tiborga olingki, YI mamlakatlariga yo’l olgan va ro’yxatdan o’tgan bagajida yoki qo’l yuki tarkibida fitosanitariya nazoratidan o’tkazilishi lozim bo’lgan mahsulotlar bo’lgan yo’lovchilar amalda bo’lgan fitosanitariya sertifikatining asl nusxasiga ega bo’lishlari kerak.

Ushbu turdagi tovarlar Bojxona xizmatida  yoki yetib kelgach Karantin xizmatida deklaratsiya qilinishi kerak.

YI talablari buzilgan hollarda qoidabuzarlarga nisbatan 50 yevrodan kam bo`lmagan miqdorda jarima solinadi

U yoki bu mahsulotni YI ga olib kirish bo’yicha batafsil ma’lumotlarni quyidagi saytdan olish mumkin:

http://www.eppo.int/PUBLlCATlONS/poster/poster&leaflet.htm.