“Nukus” xalqaro aeroporti

Описание: nukus_airport.jpg

“Nukus” xalqaro aeroporti Davlat unitar korxonasi  “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasining  poytaxti Nukus shahridan tashqarida, uning shimoliy qismida joylashgan.

Aeroportdan respublika ichidagi, shuningdek xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlari, charter yuk tashuvlari bajariladi.

Aerodrom “B” klassga mansub va deyarli barcha turdagi samolyotlar va vertolyotlarni qabul qila oladi. 1- klass  samolyotlari uchun uchish qo‘nish yo‘lagining uzunligi 3000 metr, kengligi  - 45 metr, uning bo‘ylamasiga ICАО 1-toifasiga javob beradigan zamonaviy yorug‘lik signal beruvchi jihozlar o‘rnatilgan. Xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy, aeronavigatsion va meteojihozlar mavjud.

Aerovokzal bir soatda 200 tagacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Aerovokzal majmuasi ikkita terminaldan iborat bo‘lib, uchib ketadigan va uchib keladigan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish zallari, xalqaro va mahalliy yo‘nalishlardagi  bagajga, pochtaga va yukka ishlov berish kabilarni o‘z ichiga oladi.

Aeroportning asosiy funksiyasi   – xalqaro va mahalliy yo‘nalishlardagi  havo yo‘llariga sifatli xizmat ko‘rsatish, havo transporti sohasida tadqiqotlar olib borish va yangi ishlanmalar hamda texnologiyalarni joriy etishdan iborat.

Fuqarolarni shaxsiy masalalar bo‘yicha qabul qilish kunlari.

“Nukus” xalqaro aeroporti direktori - Radjapov Gafur Yuldashevich.

Seshanba soat 16-00 dan 18-00 gacha.

Tel: +99 (861) 780-06-80.

Faks: +99 (861) 226-10-25.

 

Rejim va Aviatsiya Xavfsizligi  bo‘yicha o‘rinbosari - Абдурахмонов Бахтиер Маматмуродович.

Juma soat 11-00 dan 13-00 gacha.

Tel: +99 (861) 780-06-81

 

 Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:

Aeroport ma’lumotxonasi: +99(861) 226-00-23,  780-06-83
Faks: +99(861) 226-10-25 (direktor qabulxonasi), 226-03-71 (buxgalteriya), 780-06-94

Pochta manzili: 230100, O‘zbekiston, Nukus sh., Dosnazarov k., raqamsiz

E-mail: airport.ncu@uzairways.com

IАТА kodi : NCU
ICАО kodi: UTNN