"Navoiy" xalqaro aeroporti

«Navoiy» xalqaro aeroporti – O‘rta Osiyodagi jadal rivojlanib borayotgan aeroportlardan biri.

Infratuzilma

  • «Navoiy» xalqaro aeroporti DUK 1962 yilda «Navoiy» aerodromi sifatida ochilgan. U bugungi kunda «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKda mavjud barcha turdagi havo kemalarini qabul qilish imkoniga ega.
  • Avtomobil, havo va temir yo‘l tashuvlari chorrahasida joylashgan.

Ishlab chiqarish va manbaalar

  • Rivojlanib borayotgan Erkin Iqtisodiy Hududga yaqinligi;
  • Malakali va raqobatbardosh ishchi kuchi.

Imkoniyatlari

  • Xalqaro standartlarga mos perrron va yuklarni yuqori sifatli tushirish va yuklash xizmatlari;
  • «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK tomonidan boshqaruv va muntazam qo‘llab quvvatlash.

«Navoiy» xalqaro aeroporti o‘zining havo, avtomobil va temir yo‘llari kesishuvida joylashganligi hisobiga mijozlarga keng miqyosdagi aviatashuvlar geografiyasini taqdim etadi.

Xozirgi vaqtda dunyoning Seul, Milan, Vena, Saragosa, Frankfurt, Dehli, Dubay, Istanbul, Dakka va Bishkek kabi shaharlariga amalga oshirilayotgan muntazam yuk aviaqatnovlari «Navoiy» xalqaro aeroportini Yevrosiyo logistik markazlari bilan bog‘lamoqda. Kelajakda yuk tashuv tarmog‘i so‘zsiz kengayadi, chunki bu Navoiy Xalqaro Intermodal Logistika Markazini rivojlantirishning asosiy omili xisoblanadi.

2010 yilda ochilgan yuk terminali o‘zining rivojlangan infratuzilmasi bilan barcha turdagi yuklarni tushirish, saqlash va jo‘natishga qodir.

Eksport va Import yuklarining bojhona rasmiylashtiruvlari amaldagi qonunchilik asosida yuk terminalining o'zida tunu-kun amalga oshiriladi.

Yuk terminali sutkasiga 300 tonna yukni saqlash va qayta ishlash imkoniga ega.

Yuk terminali maxsus muzlatkich kameralari bilan jihozlangan. Ularda 2°C dan 8°C gacha va 15°C dan 25°C bo‘lgan haroratni ta’minlash imkoni mavjud. Shuningdek bu yerda qimmatbaho buyumlrni saqlashga mo‘ljallangan maxsus xona, hayvonlar uchun karantin xonasi va issiq haroratni ushlab turishga mo‘ljallangan xonalar mavjud.

Terminal Import va Eksportga mo‘ljallangan qishloq xo‘jaligi maxsulaotlarini, katta hajmdagi, og‘ir, xavfli va nostandart yuklarni saqlash va qayta ishlash uchun keng imkoniyatlarga ega.

«Navoiy» xalqaro aeroporti orqali 2016 yilda – 37099 tonna, 2017yilda – 33 628 tonna, yuk tashilgan va qayta ishlangan, 2018 yilning avgust oyiga qadar esa 228 tonna respublika qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilindi.

Bugungi kunda «Ozbekiston havo yollari» MAKning yuk floti zamonaviy va yuqori samaradarlikka ega 52 tonna yukga moljallangan ikkita Boeing 767-300BCF havo kemalariga ega.

«Navoiy» xalqaro aeroporti orqali Toshkent va Moskva xalqaro aeroportlariga muntazam mahalliy va xalqaro yo‘lovchi aviaqatnovlari yo‘lga qo‘yilgan. Aeroportda yo‘lovchilar uchun barcha zarur qulayliklarga ega aerovokzal majmuasi mavjud.

Fuqarolarni qabul qilish jadvali:

«Navoiy» xalqaro aeroporti direktori v.b. – Babayev Timur Igorevich.

Qabul kunlari: Dushanbadan – Jumagacha soat 09:00 dan 11:00 gacha.

Bog'lanish uchun ma’lumotlar :

Manzil: Navoiy sh. -210609, Malik-Rabot qo‘rg‘oni

Tel.: (+99879) 539-35-40.

Ishonch telefoni: (+99879 ) 770-31-54

Elektron manzil: info.nvi@uzairways.com