“Namangan” xalqaro aeroporti

Namangan viloyati Farg‘ona oltin vodiysining shimoliy qismida Kurama va Chotqol tog‘ tizmalari yaqinida joylashgan. Viloyat shimoliy – g‘arbiy tomondan Qirg‘iziston, sharqiy-janubiy tomondan Andijon, janubdan Farg‘ona viloyatlari, janubiy – g‘arbiy tomonidan Tojikiston va g‘arb tomondan – Toshkent viloyati bilan chegaradosh.

Namangan viloyati o‘zining bog‘lari, beqasami, atlasi, chust pichoqlari va o‘ziga xos va betakror do‘ppilari bilan mashxur. Shuningdek viloyatning shifobaxsh suvlarga boyligi ham diqqatga sazovor. Nafaqat respublikamizda balki, butun MDX da o‘z o‘rniga ega bo‘lgan sixatgohlar majmuasi viloyatda joylashganligi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. O‘rta Osiyoning buyuk suv arteriyalaridan hisoblangan Sirdaryo ham, aynan Namangan viloyatidagi suvlardan boshlanadi.

Namangan viloyati Kosonsoy va Pop tumanlaridagi olmos va oltin zaxiralari, volfram, kumush alyuminiy, temir, mis, granit, marmar va boshqa tabiiy resurslarga boyligi jihatidan ham ajralib turadi.

Namangan viloyatida Farg‘ona vodiysini poytaxt viloyati va mamlakatimizning boshqa xududlari bilan bog‘lab turuvchi ikkitra jaxon andozalariga mos tog‘ tonneli joylashgan.

Namangan viloyati O‘zbekistonning agrar – industrial viloyatlaridan hisoblanadi. Namangan viloyati xududi 7.44 ming kv km., aholi soni – 2178.2 ming kishi. Namangan viloyatining havo darvozasi – Namangan xalqaro aeroporti.

Aviakorxonaning faoliyati asosan, parvozlar xavfsizligini ta’minlash, aviatashuvlarni tegishli jahon standartlariga javob beruvchi ishlab chiqarishni boshqaruvchi ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan xolda belgilangan qonunchilik, normativ texnologik talablar va iste’molchilar talablarini bajarish yo‘li bilan ichki va tashqi bozorda aviatsiya tashuvlari ehtiyojlarini to‘liq ta’minlashga qaratilgan.

Bugungi kunda Namangan xalqaro aeroporti “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining (MAK) IV – sinfiga mansub tarkibiy bo‘linmasi xisoblanadi. Aeroport kecha – kunduz rejimida ishlovchi, Toshkent va boshqa yo‘nalishdagi xarakatlanayotgan xavo kemalariga “zaxira” aeroporti hisoblanib, jahondagi barcha turdagi XK ga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

Bular Il-76, B-767, B-757, B-737, A-310, A-319, A-320, A-321, Tu-214, Tu-154, Tu-134, Il-114, RJ-85, An-12, An-24 va barcha turdagi samolyotlar.

O‘zbekiston respublikasi Vazirlar maxkamasining 23.09.2013 yildagi 263-sonli “Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qarshi va Termez aeroportlaridan xalqaro parvozlarni bajarishi” xaqidagi farmoniga asosan Namangan aeroportiga “Xalqaro aeroport” maqomi berildi.

Namangan aeroportida xalqaro standartlarga mos keluvchi sifat menejmenti tizimi ISO 9001: 2008 joriy etildi.

Mustaqillik yillarida Namangan aeroportining aerovokzal kompleksi to‘la ta’mirdan chiqarildi. Uchish-qo‘nish yo‘lagi va parvozlar elektr ta’minoti tizimining rekonstruksiya ishlari boshlab yuborilgan.

Namangan aeroportidan mamlakatimiz poytaxti Toshkent shaxridan tashqari, rossiyaning Moskva, Sankt Peterburg, Ekaterinburg, Novosibirsk, Krasnoyarsk, Krasnodar va Nijniy-Novgorod shaxarlariga qatnovlar bajarilmoqda.

Kaliningrad va Sochi yo‘nalishlariga qatnovlar ochilishi rejalashtirilgan.

Aeroport “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining xavo kemalaridan tashqari, “Moskoviya”, “Rossiya”, “Vim-avia”, “Uralskie avialinii”, “Aviaruh”, “Don-avia”, O‘zbekiston respublikasi MV xavo kemalariga xizmat ko‘rsatmoqda.

Namangan aeroportining aerovokzal kompleksida to‘la rekonstruksiya ishlari tugatilib, XK ga va avialo‘vchilarga yuqori darajadagi xizmatlar ko‘lamini ko‘rsatish uchu sharoitlar yaratildi. Aerovokzalda uchib keluvchilar, uchib ketuvchilar, transit, aviachipta zallari, pochta, dorixona, ona va bola xonasi, buffet, barlar xizmat ko‘rsatmoqda.

Aerovokzalning xizmat ko‘rsatish qobiliyati soatiga 200 yo‘lovchini tashkil etadi.

Aeroport, xalqaro tashuvlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan “Gabriel” bron qilish tizimiga ulangan. Avia yo‘lovchilarni avtomatik tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish “DCS” dasturi ishlatilmoqda. Zallarda zamonaviy axborot monitorlari va ovozli axborot berish tizimlari o‘rnatilgan. Yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida zallar kuzatuv kameralari bilan jixozlangan. Xavo kemalariga xizmat ko‘rsatish uchun yangi avtotexniklar ham mavjud.

2007 yildan aeroport orqali muntazam “Muborak Xaj” dasturiga kiruvchi reyslar zamonaviy aerobuslar B-757 va B-767 xavo kemalarida Saudiya arabistonining Madina va Jidda shaxarlariga boorish va Namangan shaxriga qaytish to‘g‘ridan-to‘g‘ri bajarilib kelinmoqda.aeroport, Namangan shaxri markazidan 12 km. masofada joylashgan, bu oraliqda yo‘nalishdagi taksi qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

Namangan aeroporti kelajakda o‘z oldiga quyidagi ustuvor vazifalarni belgilab olgan:

  • aviatsiya va uchuvchilar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni oshirish;
  • aeroportning barcha xizmat bo‘linmalarini takomillashtirish;
  • “O‘zbekiston havo yo‘llari” xavo kemalarida bajariladigan parvozlar geografiyasini oshirish;
  • MDX mamalakatlari aviakompaniyalari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
  • Xizmat ko‘rsatish darajasini doimiy oshirib boorish;
  • reklama-axborot tizimini takomillashtirish;
  • belgilab olingan barcha vazifalarning bajarilishini ta’minlash.

Belgilab olingan barcha vazifalarning bajarilishi
Namangan aeroportinining moliyaviy holatini ta’minlashi, parvozlar va aviatsiya xavfsizligini oshirish darajasini ta’minlaydi.

Direktori - Askarov Shuxratjon Nosirovich

Fuqarolarni qabul qilish vaqti: Payshanba 08-00 - 11-00

Manzil: 160117 O‘zbekiston Respublikasi, Namangan shaxar, Aeroport
Tel/faks: (998 71) 150 14 94,
Ma’lumot markazi: (998 69) 232 28 90
E-mail: ap.nma@uzairways.com