Me'yordan ortiq yuk

Me’yordan tashqari olib ketiladigan bagaj, shuningdek maxsus kategoriyadagi bagaj (jonivorlar, sport anjomlari, og‘ir va yirik o‘lchamli bagaj) uchun me’yordan ortiq va max¬sus bagaj uchun o‘rnatilgan tarif va stavka bo‘yicha pul to‘lanadi.

Toshkent - Nyu-York - Toshkent yo‘nalishida (istalgan oraliq punktlari bilan birga) xizmat ko‘rsatish klassidan qat’i nazar, tashuvlar uchun tarifning kamida 50 foizini to‘lagan yo‘lovchi bepul ikkita ro‘yxatdan o‘tgan, har birining og‘irligi 32 kg dan, uch o‘lcham summasi 158 smdan oshmagan yukni olib ketishi mumkin. Har bir joy og‘irligi alohida o‘lchanib, ular qo‘shilmasligiga e’tibor bering! Bu shuni bildiradiki, bitta yuk og‘irligi 32 kgdan oshsa, ikkinchi joydagi yuk 32 kg dan kam bo‘lsa ham birinchisi uchun me’yoridan ortig‘iga qo‘shimcha pul to‘lanadi. Tashuvlar uchun tarifning 10 foizi to‘langan ikki yoshgacha bolaga uch o‘lcham summasi 115 sm dan oshmaydigan bitta bagajni va bitta bolalar yig‘iladigan kolyaskasini bepul olib ketishga ruxsat etiladi.

Har bir qo‘shimcha bagaj hamda belgilangan hajm va og‘irlikdan ortiqcha yuk uchun - 150 $ haq olinadi.