MAK HK sahnida oldindan joy tanlash va bronlash qoidalari

ATAMALAR VA TA’RIFLAR

EMD - (Electronic Miscellaneous Document – Associated (EMD-A)) - Bogʻlangan koʻp maqsadli elektron hujjat, tashuvchining elektron ma’lumotlar bazasida yoʻlovchi aviachiptasiga taalluqli hujjat. Tashuvchi yoki uning vakolatli agenti tomonidan rasmiylashtirilgan, ma’lumotlar bazasida elektron yozuv koʻrinishidagi hujjat, turli xizmatlar uchun yigʻimlar va yoʻlovchi tashuvi shartnomasini bajarish bilan bogʻliq yigʻimlarni olish uchun, shuningdek aviakompaniya tomonidan oʻrnatilgan qoidalarga muvofiq yoʻlovchiga qaytarilishi kerak boʻlgan summani toʻlash uchun moʻljallangan.

HK – havo kemasi.

Joylar xaritasi – Yoʻlovchi tashuvlarini bronlash va sotish tizimidagi HK sahnida yoʻlovchilar oʻtiradigan oʻrindiqlar joylashuvining sxematik tasviri.

Oldindan joy tanlash va bronlash – yoʻlovchi chiptani sotib olganidan soʻng, oʻz sayohati uchun HK sahnidan ma’lum bir oʻrindiqni tanlashi va bron qilishiga imkon beruvchi xizmat. Xizmat shuningdek havo kemasidagi yoʻlovchiga maqbul boʻlgan qismida, masalan deraza oldida, yoʻlakda, old qismida, markazda yoki HK sahnining oxiridagi oʻrindiqni tanlash va bronlashga imkon beradi. Xizmat pullik, yoki bepul koʻrsatilishi mumkin va undan qatnov jadval boʻyicha uchib ketishiga ma’lum vaqt qolguniga qadar foydalanish mumkin. Qoʻshimcha haq toʻlash orqali yoʻlovchilarga HK sahnida mavjud boʻlgan eng qulay joylarni tanlash va bron qilish taklif etiladi.

1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Ushbu Qoidalar “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK muntazam qatnovlaridagi HK sahnida oʻrindiqlarni oldindan tanlash va bronlash tartib-taomillarini belgilab beradi. MAK HK sahnida oʻrindiqlarni oldindan tanlash va bronlash xizmatlari hududida MAK yoʻlovchi tashuvlari va ular bilan bogʻliq xizmatlar sotiladigan istalgan mamlakatning davlat organlari tegishli koʻrsatmalari, qonunlari va qoidalariga rioya qilingan holda koʻrsatiladi.

1.2. MAKning xalqaro qatnovlarida, qatnovni bajaradigan havo kemasidagi oʻrindiqlar xaritasiga muvofiq pullik va bepul asoslarda oʻrindiqlarni oldindan tanlash va bronlash xizmati koʻrsatiladi. Har bir rusumdagi HKda oldindan pullik bronlash uchun iqtisodiy klass salonida cheklangan sondagi (30%dan oshmagan) eng qulay oʻrindiqlar aniqlanadi.

1.3. Oʻrindiqlarni oldindan tanlash va bronlash aviachipta rasmiylashtirib boʻlingach, bunday xizmatlarni bajarish uchun oʻrnatilgan muddat ichida amalga oshiriladi. Xizmatlar quyidagi qatnovlarda ko`rsatilmaydi: Qatnovlar ro`yxati.

1.4. HK salonida barcha toifadagi oʻrindiqlarni oldindan tanlash va bronlash xizmati qatnovning jadval boʻyicha uchish vaqtidan 45 kun ilgari boshlanadi. Bu xizmatni koʻrsatish qatnovning jadval boʻyicha uchishiga kamida 24 soat qolganda toʻxtatiladi. Koʻrsatilgan muddatdan soʻng bron qilinmagan joylar qatnov uchishidan oldin yoʻlovchilarni roʻyxatdan oʻtkazish vaqtida roʻyxatdan oʻtkazishning belgilangan tartibiga muvofiq taqsimlanadi.

1.5. Aviakompaniya yoʻlovchiga u HK sahnidagi eng qulay zonadan tanlagan ma’lum raqamli pullik joyni berishi mumkin. Yoʻlovchi shuningdek ma’lum bepul joyni yoki u xizmat koʻrsatish klassiga muvofiq aviachipta haqi toʻlangan salondan oʻzi ma’qul koʻrgan joyni bepul tanlashi mumkin.

1.6. Quyidagi toifadagi yoʻlovchilarga avariya paytida chiqish joyidagi (HK oʻrindiqlar xaritasidagi E kodli joylar) oldindan bron qilingan oʻrindiqlarni berish koʻzda tutilmagan:

  • bolalari bilan uchadigan yoʻlovchilar;
  • ogʻir kasal yoʻlovchilar, shu jumladan oʻzi harakatlana olmaydigan yoʻlovchilar, jismoniy imkoniyatlari cheklangan yoʻlovchilar, nogironlar aravachasida harakatlanuvchi yoʻlovchilar, aqlan zaif va rivojlanishi orqada qolgan yoʻlovchilar;
  • maxsus oʻrgatilgan itlar yordamida harakatlanuvchi, koʻrish va eshitish qobiliyatlari cheklangan yoʻlovchilar;
  • soqchilar nazorati ostida olib ketiladigan yoʻlovchilar;
  • ogʻirligi katagi/qafasi bilan birgalikda 8 kilogramdan oshmaydigan kichik jonivorni oʻzi bilan HK sahnida olib ketayotgan yoʻlovchi;
  • HK sahnida qoʻshimcha yoʻlovchi oʻrindigʻida bagaj olib ketadigan yoʻlovchilar;
  • kislorod ballon bilan ketayotgan yoʻlovchilar;
  • 18 yoshgacha boʻlgan yoʻlovchilar.

Koʻrsatilgan toifadagi yoʻlovchilar roʻyxatdan oʻtayotgan paytlarida HK salonidagi joylarga aviatsiya xavfsizligi talablarini hisobga olgan holda joylashtiriladilar.

Bolalari bilan uchadigan yoʻlovchilar va 18 yoshgacha boʻlgan yoʻlovchilar uchun istisnolar mavjud, ular aviachipta sotib olayotganda oʻrindiqlarni oldindan tanlash va bronlash xizmatidan foydalanishlari mumkin.

2. Bepul joylarni oldindan tanlash va bronlash qoidalari

2.1. Pul toʻlash orqali bron qilish uchun taklif etiladigan, shuningdek avariya paytida chiqiladigan joydagi oʻrindiqlardan tashqari, HKdagi barcha mavjud oʻrindiqlar bepul oldindan bronlash uchun taklif etiladi.

2.2. Oʻrindiqlarni bepul oldindan tanlash va bronlashda yoʻlovchilar quyidagi joylarni soʻrab olishlari mumkin:

  • Deraza yonidagi joy;
  • Yoʻlak yonidagi joy;
  • Chap tomon;
  • Oʻng tomon;
  • Salon markazidan joy.

2.3. Yoʻlovchi oldindan joy tanlagan va bron qilgan qatnovni bajaradigan HK rusumi oʻzgartirilganda, qatnovlar yuklamasi birlashtirilganda, majburiy toʻxtash holatlarida va boshqa vaziyatlarda yoʻlovchiga u oldindan bron qilgan joy berilmasligi mumkin, aviakompaniya unga roʻyxatdan oʻtish paytida boʻsh boʻlgan istalgan joyni beradi. Bunda maxsus toifadagi yoʻlovchilarga HKda tegishli toifadagi yoʻlovchilar uchun ajratilgan joylar taklif etiladi.

3. Pullik joylarni oldindan tanlash va bronlash qoidalari

3.1. Yoʻlovchi tomonidan HK sahnidagi eng qulay zonadan tanlangan pullik joylarni oldindan bronlash xizmati uchun haq toʻlashda quyidagi narxlar belgilangan:

  • kodli (deraza yonida) va (yoʻlak yonida) joylar uchun –xizmatlar OʻzR hududida sotilganda - 25 000 UZS, xizmatlar xorijiy mamlakatlar hududida sotilganda -5 EUR
  • iqtisodiy klass salonida birinchi qatordagi joylar uchun - 100 000 UZS, xizmatlar xorijiy mamlakatlar hududida sotilganda -20 EUR.

3.2. Pullik joylarni oldindan tanlash va bronlashda HKning eng qulay zonalarida joylashgan oʻrindiqlar taklif etiladi. Bunday bronlashda quyidagi joylar taklif etilmaydi:

  • holatini oʻzgartirmaydigan oʻrindiqlar;
  • maxsus toifadagi yoʻlovchilar– jismoniy imkoniyati cheklangan yoʻlovchilar, yosh bolali yoʻlovchilar, kuzatuvchisiz olib ketilayotgan bolalarni joylashtirish uchun ajratilgan joylar
  • HK ekipaji, texnik xodimlari va qatnov bajarilishi chogʻida xizmat vazifalarini bajarish uchun HK sahniga joylashtiriladigan mansabdor shaxlarning boshqa toifalari uchun ajratilgan joylar.

3.3. Pullik joylarni oldindan tanlash va bronlashda ma’lum raqamli, quyidagicha joylashgan oʻrindiqlar taklif etiladi:

  • eng qulay joylar – iqtisodiy klass salonidagi birinchi qatorlar;
  • illyuminatorlar yonidagi joylar;
  • yoʻlaklar yonidagi joylar.

3.4. Bitta bron orqali chipta sotib olgan bir necha yoʻlovchi oldindan joy tanlash va bronlashda bepul joylarni ham, pullik joylarni ham tanlashlari mumkin. Bunda pullik joylarni tanlagan yoʻlovchilar uchun koʻrsatilgan xizmatlar summasiga EMD rasmiylashtirilishi kerak.

3.5. Agar oldindan joy tanlash va bronlash xizmati uchun haq toʻlagan yoʻlovchi uchish sanasini oʻzgartirishni istasa va buning uchun chiptani qaytadan rasmiylashtirish talab etilmasa, bronga tegishli oʻzgartirish kiritib boʻlinganidan keyin elektron chiptani revalidatsiya qilish (qaytadan tasdiqlash) amaliyoti bajariladi, buning uchun:

  • oldindan tanlangan joyni bekor qilish;
  • brondagi ushish sanasini oʻzgartirish va kiritilgan oʻzgartirishlarni saqlab qolish;
  • aviachiptani yangi uchish sanasiga revalidatsiya qilish (qaytadan tasdiqlash);
  • yangi uchish sanasiga oldindan joy tanlash va bronga kiritilgan oʻzgartirishlarni saqlab qolish;
  • EMDni yangi uchish sanasiga revalidatsiya qilish (qaytadan tasdiqlash) kerak.

Guruh

Yoʻnalish

Y klass salonidagi birinchi qator joylari (EUR)

Y klass salonidagi old qismida oyna oldidagi va yoʻlakdagi joylar

(EUR)

1-narx guruhi

Amritsar, Novosibirsk, Qozon, Lahor, Urumchi, Krasnodar, Ostona, Tymen, Rostov, Krasnoyarsk, Mineralniye Vodi, Bishkek, Samara, Ufa, Yekaterinburg, Voronej, Dushanbe, Minsk

15

2

2 -narx guruhi

Olma-ota, Boku, Dehli, London, Milan, Moskva, Parij, Pekin, Riga, Rim, sankt-Peterburg, seul, Sochi, Tel-Aviv, Tokio, Frankfurt, Shardja

20

4

3 -narx guruhi

Bangkok, Dubay, Istanbul, Kuala-Lumpur, Singapur, Nyu-York

30

6