“Uzbekistan airways” AJ

Italiya

1. Spirtli ichimliklar va sigaretlar: Voyaga etgan fuqaro o'zi bilan 200 dona sigaret yoki 100 dona sigarilla yoxud 50 dona sigara, yoki 250 g chekiladigan tamaki, 1 l o'tkir alkogolli ichimlik (22 % dan ortiq) yoki 2 l kuchsiz alkogolli ichimlik (22 % dan kam), 4 l vino va 16 l pivo olib o'tishi mumkin.

2. Qurol-yarog' va o'q-dorilar: Faqat Ichki ishlar vazirligi ruxsatnomasi bilan olib kirish yoki olib chiqish mumkin.

3. Zargarlik mahsulotlari, qimmatbaho buyumlar va qimmatbaho tovarlar deklaratsiyaga kiritilishi zarur.

4. Avtomobillar va benzin. Italiyaga sotish uchun avtomobil vositasini olib kirishga tegishli hujjatlar va deklaratsiya mavjud bo'lgan holda ruxsat beriladi. Ushbu transport vositasining ekspluatatsiya vaqti etti yildan oshmagan bo'lishi kerak. Avtomobildan tashqari 50 litrdan oshmagan miqdorda yonilg'i olib kirish mumkin.

5. Boshqa narsalar. 10000 evrogacha bo'lgan miqdordagi valyuta deklaratsiyaga kiritilmaydi. Qimmatbaho maishiy texnikani olib o'tish uchun sotib olish cheki yoki garantiya taloni bo'lishi kerak.

6. Olib kirish/chiqish taqiqlangan: badiiy va madaniy-tarixiy boyliklar, narkotik vositalar, qurol-yarog' va o'q-dorilar, intellektual mulk bo'lgan buyumlar.