“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

Isroil

1. Spirtli ichimliklar va sigaretlar:Deklaratsiyaga kiritilmaydi: o'tkir alkogolli ichimliklar - 1 l gacha, vino – 17 yoshdan oshgan har bir shaxsga 2 l gacha; tamaki mahsulotlari - 17 yoshdan oshgan har bir shaxsga 250 dona sigaret yoki 250 g boshqa tamaki mahsulotlari.

2. Pardoz vositalari. Deklaratsiyaga kiritilmaydi: alkogol asosida tayyorlangan kosmetika — har bir shaxsga 0,25 l gacha.

3. Boshqa narsalar. Deklaratsiyaga kiritilmaydi: shaxsiy ehtiyojlar uchun kiyim-kechak, poyabzal, gigienik vositalar va shaxsiy ehtiyoj hamda sovg'a uchun boshqa tovarlar. Ularning bahosi har bir 2 yoshdan oshgan shaxsga 200 AQSh dollaridan oshmasligi kerak.