Islom Karimov nomidagi "Toshkent xalqaro aeroporti" DUK

Описание: http://192.168.13.239/jpg/airports/min/terminal-2.jpg

Islom Karimov nomidagi "Toshkent xalqaro aeroporti" DUK: mamlakatning havo darvozasi.

2 996 063dan ortiq odam - aynan shuncha yo‘lovchiga 2012-yilda “Toshkent” xalqaro aeroporti tomonidan xizmat ko‘rsatildi. Bu hali marra emas. Aerovokzalning yo‘lovchilarni qabul qilish imkoniyati soatiga 1300 kishidan oshadi. “Toshkent” xalqaro aeroporti dunyoning deyarli barcha ulkan shaharlari bilan havo aloqalariga ega. U IKAOning II-toifasiga ega bo‘lib, barcha turdagi havo kemalarni qabul qiladi.

“Toshkent” xalqaro aeroporti. Bu aeroportning tarixi O‘zbekistonning fuqaro aviatsiyasi tarixiga teng, bir necha o‘n yillikni qamrab olgan. 1924-yil 12-may - O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasining tug‘ilgan kuni: Toshkent-Pishlek-Alma-ata yo‘nalishi bo‘yicha ilk yo‘lovchilar reysi amalga oshirilgan. Shu yilning oxirigacha bir nechta ochiq yo‘nalishlar bo‘yicha qariyb mingta yo‘lovchi, 200 kilogramm pochta, 5 tonna yuk tashilgan edi.

Описание: http://192.168.13.239/jpg/airports/min/tashkent_airport-2.jpg

Bugun “Toshkent” xalqaro aeroporti - bu Markaziy Osiyodagi eng yirik aviatsiya korxonasi bo‘lib, uning tarkibiga yo‘lovchilarga va yuklarga yerda, hamda xalqaro miqyosdagi havo kemalariga xizmat ko‘rsatilishini ta’minlovchi ko‘plab xizmatlar kiradi.

O‘zbekiston poytaxtining aeroporti qulay geografik o‘ringa ega, chunki MDH davlatlaridan Janubiy-Sharqiy Osiyoga, Yaqin sharqqa, Yevropaga va Amerikaga eltuvchi havo yo‘llarining kesishgan nuqtasida joylashgan. Aeroport qulay ob-havo sharoitidagi hududda joylashgan.

Har qanday aerodromning asosiy yutug‘i - uning har xil turdagi havo kemalarini qabul qilish va ularga yerda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik imkoniyatlaridir. “Toshkent” aeroportida uchish-qo‘nish maydonlarining, chiroq-signal uskunalarining, aerovokzal majmuasining qayta ta’mirlanishi, zamonaviy maxsus avtotexnika bilan ta’minlanishi yo‘lovchilarga va havo kemalariga yanada qulay va sifatli xizmat ko‘rsatilishi imkonini berdi.

Aerodrom ikkita - janubiy va shimoliy (ICAO II-toifasi) uchish-qo‘nish maydoniga, magistral rullash yo‘llariga, uzoq va o‘rtacha magistral samolyotlari uchun 110 ta turish joylari bo‘lgan umumiy maydoni 100 gektarli perronga ega.

“Toshkent” aeroporti havo kemalariga, yuklarga va yo‘lovchilarga yerda xizmat ko‘rsatilishi uchun mo‘ljallangan yer ustki texnikasiga ega: TREPEL-7.0\20.0 konteynerlarini ortkich; MULAG Comet va Nissan kichik tyagachlari, MDF-7,7 transportyorlari, AVIA bagajini tashish uchun bort avtomobillari, HUNERT GmbH suv quygichlari, 5,8 metrga ko‘tariluvchi Albert ABS-580 avtomobil traplari; perronda turuvchi COBUS-3000, MERSEDES-204, MITCUBISI-ROSA yo‘lovchi avtobuslari; 200-350 tonna SCHOPF F-180, 400 tonnadan ortiq SCHOPF F 369 buksirlash tyagachlari, “Serviser” ALFONS CAK yonilg‘i quygichlari, 40 tonna yonilg‘i quygichi. 2008 - 2013-yillar mobaynida yangi maxsus texnika: “FMS TEMPES” rusumli muzlashga qarshi mashina, ABS-580 avtotraplari, “AIST-9C” havo qizdirish qurilmasi va boshqa ko‘plab texnika sotib olingan.

Xalqaro aeroport g‘arbiy nusxadagi turli havo kemalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ulkan amaliy tajribaga ega. Aerovokzal binolarida 56 ta suyuqkristalli monitorlar o‘rnatilgan bo‘lib, ularda yo‘lovchilar uchun ko‘rgazmali ma’lumotlar, shuningdek tijorat reklamalari namoyish etiladi; naqd pul olish uchun bankomatlar va valyuta ayirboshlash shoxobchalari joylashgan.

Dunyoning yetakchi aviakompaniyalari o‘zlarining Yevropadan Osiyoga va orqaga tranzit bilan uchuvchi yuk samolyotlarini qo‘ndirish uchun aynan Toshkentni bejiz tanlashmaydi.

Aerovokzalning texnika bilan qurollanganligi ham uzoq, ham yaqin horij yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatilishiga imkoniyat yaratadi. Yo‘lovchilarni ro‘yxatga olish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizim joriy etilgan, bu esa xizmat ko‘rsatish sifatini va madaniyatini ancha yaxshilaydi. Hozirgi paytda “Toshkent” aeroportida elektron chipta tizimi joriy qilingan.

Описание: http://192.168.13.239/jpg/airports/min/tashkent_airport-3.jpg

Yo‘lovchilarni O‘zbekiston hududidagi shaharlarga jo‘natish yangi Mahalliy Havo Yo‘llari (Toshkent-3) terminali orqali amalga oshiriladi. Bugungi kunda mahalliy havo yo‘llarining Aerovokzali soatiga 400 ta yo‘lovchini o‘tkazish qobiliyatiga ega qulay bino hisoblanadi. Yo‘lovchilarni va bagajlarni ro‘yxatga olish uchun sakkizta ustun, dorixona, do‘kon, ma’lumot xizmati, shaharlararo telefon va boshqalar mavjud.

 

 

 

 

 

Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan har jihatdan qulay bo‘lgan Toshkent-2 terminali orqali yo‘lovchilarni uzoq va yaqin horijga jo‘natish va ularni qabul qilish ishlari amalga oshiriladi. Uchib ketish va kelish zallaridagi chiqish galereyalari 4 ta teleskopik traplar bilan ta’minlangan. Yo‘lovchilarni ro‘yxatga olish bo‘yicha (DCS) avtomatlashtirilgan tizim joriy etilgan, ro‘yxatga olish paytidan boshlab havo kemasiga chiqish vaqtigacha yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish jarayoni yaxshilangan.

Hozirgi paytda uchib ketuvchi yo‘lovchilar uchun yangi blok foydalanishga topshirilgan.

O‘zbekiston mehmonlariga va aholisiga xizmat ko‘rsatish uchun Aerovokzal binosida qulay mebel bilan jihozlangan katta kutish zallari; tunu-kun tartibida ishlovchi pasport, bojxona va chegara nazorati xizmatlari; ma’lumotxonalar; bagajni tashish uchun yangi konveyer tizimlari; xalqaro telefon aloqasi; chipta sotib olish va bronlash kassalari; Duty-Free do‘konlari; barlar; tez ovqatlanish, valyuta ayirboshlash shoxobchalari va boshqalar mavjud.

Biznes va birinchi klass yo‘lovchilariga xizmat ko‘rsatish uchun VIP (alohida muhim shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun) va CIP (yuqori qulaylik) zallari bor. Yo‘lovchilarning qulayliklari uchun ularni samolyotgacha va orqaga yetkazib qo‘yuvchi alohida har jihatdan qulay avtobuslar taqdim qilinadi.

Avvalgiday, “Toshkent” xalqaro aeroporti rahbariyatining eng muhim vazifalariga parvozlarning xavfsizligini ta’minlash masalalari kiradi. Shuning uchun aviatsiya xavfsizligini (AX) ta’minlovchi bo‘linmalarning texnik jihatdan ta’minlanishiga jiddiy e’tibor qaratiladi. Barcha nazorat-o‘tish joylari (NO‘J) tekshirish uskunalari bilan jihozlangan.

“Toshkent” xalqaro aeroporti - mamlakatimizning havo darvozasidir. Shuning uchun undagi barcha xizmatlarning ishiga e’tibor oshirilgan. Inson ushbu darvozalar orqali qayerga uchib ketmasin va qayerdan uchib kelmasin, uning parvozi bexatar bo‘lishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar bajarilganligiga ishonishi mumkin. Barkamollikka erishish uchun qilingan barcha harakatlar zoye ketmasligini vaqt hali ko‘rsatadi!

PYTTX faoliyati quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • “Toshkent” xalqaro aeroporti orqali ketuvchi tranzit yuklarga ishlov berish va saqlash;
  • eksport, import yuklarga ishlov berish va saqlash;
  • maxsus toifadagi (xavfli, tirik hayvonlar, tez ayniydigan) yuklarga ishlov berish va saqlash;
  • “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK reyslarida yuk tashilishini bronlash va sotish;
  • mijozlarni yuk kelganligi haqida xabardor qilish;
  • yukni qidirish va uning maqomi haqida ma’lumot berish;
  • o‘rash vositalarini (konteynerlar va palletlar) saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish.

PYTTX hududida quyidagilar mavjud:

  • Tijorat omborlari (umumiy maydoni 4805,95 kv.m);
  • Bojxona ombori (218,4 kv.m);
  • Xavfli va radioaktiv yuklarni saqlash uchun mo‘ljallangan omborlar (196,3 kv.m)
  • Sovutish kameralari +2 +8C (879 kv.m);
  • Sovutish kameralari - 5 +5C (34,5 kv.m);
  • Muzlatish kameralari -5-25C (69 kb.m);
  • Yuk-200 uchun muzlatish kameralari (34,5 kb.m)

Shuningdek PYTTX hududida quyidagi xizmatlar mavjud:

  • 2-sonli “Aviayuklar”bojxona posti;
  • eksport va import yuklarni deklaratsiya qilish;
  • O‘zbekekspertiza.

Ish taribi:

Ma’muriyat - dushanba-juma (soat 8-00 dan 17-00 gacha)

Yuklarni bronlash bo‘limi - dam olish kunlari yo‘q (soat 8-00 dan 20-00 gacha)

Ma’lumotlar bo‘limi - dam olish kunlari yo‘q (soat 8-00 dan 20-00 gacha)

Yuklarni qidirish bo‘limi - dam olish kunlari yo‘q (soat 8-00 dan 20-00 gacha)

Omborlar - tunu-kun, dam olish kunlari yo‘q

Kassa - tunu-kun, dam olish kunlari yo‘q

Nozimxona - tunu-kun, dam olish kunlari yo‘q

Fuqarolarni shaxsiy masalalar bo‘yicha qabul qilish kunlari

Islom Karimov nomidagi "Toshkent xalqaro aeroporti" DUK direktori v.b. - Ravshan Gulyamovich Tulyaganov

Dushanba soat 17:00 dan 19:00 gacha

Tel: 140-28-00

Faks: 140-28-88

 

Islom Karimov nomidagi "Toshkent xalqaro aeroporti" DUK direktorining 1-o‘rinbosari - Vladimir Sadarovich Kim

Chorshanba soat 16:00 dan 18:00 gacha

Tel: 120-52-74

Faks: 140-28-38

 

Islom Karimov nomidagi "Toshkent xalqaro aeroporti" DUK direktorining Yerdagi Xizmatlar bo‘yicha o‘rinbosari - Abduraxim Mirzakarimovich Alimov

Juma soat 15:00 dan 17:00 gacha

Tel: 120-73-18

Faks: 140-29-99

 

Islom Karimov nomidagi "Toshkent xalqaro aeroporti" DUK direktorining Rejim va Aviatsiya Xavfsizligi  bo‘yicha o‘rinbosari - Oleg Aleksandrovich Aleksandrov

Payshanba soat 10:00 dan 12:00 gacha

Tel: 120-73-16

Faks: 140-28-37

 

Manzil:

Islom Karimov nomidagi "Toshkent xalqaro aeroporti" DUK, 100167 Toshkent sh., Qumariq ko'ch.13.

E-mail: tashairkanc@uzairways.com

Direktori v.b. - Ravshan Gulyamovich Tulyaganov

Bog‘lanish tarmoqlari:

PYTTX boshlig‘i: Vladimir Aleksandrovich Kosov

Vladimir.Kosov@uzairways.com | +99897-140-28-20

Qabulxona: Dilyara.Karimova@uzairways.com    | +99897-140-28-21

PYTTX boshl.o‘rinb.:Abdumannob A.Muxamedov

Avdumannob.Muhamedov@uzairways.com |+99897-140-28-23

Jo‘natish ombori boshl.: Ulug‘bek Sadullayevich Isayev |

 Ulugbek.Isaev@uzairways.com | +99890-9186929

PYTTXning ishlab chiqarish bo‘limlari:

PYTTX nozimxonasi | +99871-140-28-28| sopgp@uzairways.com
Ma’lumotlar bo‘limi | +99871-140-28-26 | import-sopgp@uzairways.com
Bronlash bo‘limi | +99871-120-46-33 | booking-sopgp@uzairways.com
Yuklarni qidirish bo‘limi | +99871-120-98-27 tracer-sopgp@uzairways.com
Tarifikator | +99871-140-28-31 | tariff-sopgp@uzairways.com
Katta kassir | +99871-140-28-31 | cashier-sopgp@uzairways.com
ASOI bo‘yicha muhandis asoi-sopgp@uzairways.com
OG bo‘yicha bo‘lim |+99871-140-28-32| sgo-sopgp@uzairways.com

BOG‘LANISH UCHUN TARMOQLAR:

Tel.: (99871) 140-28-88, 140-29-29
Faks: (99871) 140-28-00, 140-29-91

E-mail: tashairkanc@uzairways.com

“Toshkent” aeroportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatilishi bo‘yicha shikoyat va takliflar bilan murojaat qilish uchun ishonch telefoni – (99871) 254-1183

 Aeroport ma’lumotxonasi – 140-28-01, 140-28-02, 140-28-03, 140-28-04