Imtiyozlar va chegirmalar

Hozirgi vaqtda MAK qatnovlarida  quyidagi chegirmalar va imtiyozlar amal qiladi

  1. 1993-yil 12-martga kuchga kirgan Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari va nogironlari, ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun transportda imtiyozli yurish huquqini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi kelishuvga asosan Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari va nogironlariga, ularga tenglashtirilgan shaxslarga faqatgina MAK qatnovlariga va faqatgina iqtisodiy klass tariflaridan imtiyozlar beriladi:

100% -chegirma:

- Sovet Ittifoqi qahramonlari, Shuhrat ordeni sohiblariga bir yilda bir marta (borib kelish) qahramonlik guvohnomasi, orden kitobi asosida joriy yil uchun.

100% -chegirma kelishuvga ko‘ra yil davomida:

- nogironlarga,nogironlik guvohnomasi va havo transporti uchun berilgan ikkita talon (joriy yil va oldingi yil uchun  yoki joriy va keyingi yil uchun) asosida.

- UVU 3-guruh nogironlariga, UVU 3-guruh nogironi guvohnomasi va havo transporti uchun berilgan ikkita talon (joriy yil va oldingi yil uchun  yoki joriy va keyingi yil uchun) asosida.

- UVU qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, tegishli guvohnoma va havo transporti uchun berilgan ikkita talon (joriy yil va oldingi yil uchun  yoki joriy va keyingi yil uchun) asosida.

- UVU 1-guruh nogironini kuzatib borish uchun, UVU 1-guruh nogironlariga ularning kuzatib boruvchilari uchun berilgan tegishli guvohnoma va havo transporti uchun berilgan ikkita talon (joriy yil va oldingi yil uchun  yoki joriy va keyingi yil uchun) asosida.

 50% - chegirma kelishuvga ko‘ra yil davomida:

- nogironlarga,nogironlik guvohnomasi va havo transporti uchun berilgan talon  (joriy yil uchun) asosida.

- UVU 3-guruh nogironlariga, UVU 3-guruh nogironi guvohnomasi va havo transporti uchun berilgan talon (joriy yil uchun) asosida.

- UVU qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, tegishli guvohnoma va havo transporti uchun berilgan talon (joriy yil  uchun) asosida.

- UVU 1-guruh nogironini kuzatib borish uchun, UVU 1-guruh nogironlariga ularning kuzatib boruvchilari uchun berilgan tegishli guvohnoma va havo transporti uchun berilgan talon (joriy yil uchun) asosida.

1-oktabrdan 15-mayga qadar imtiyoz 50% - chegirma kelishuvga ko‘ra,  imtiyozning amal qilish muddati tugagach keyingi tashuvlar umumiy asoslarda amalga oshiriladi:

- UVU  1/2/3 –guruh nogironlariga, UVU  1/2/3 –guruh nogironining tegishli guvohnomasi asosida.

- UVU 1-guruh nogironini kuzatib borish uchun, UVU 1-guruh nogironining tegishli guvohnomasi asosida.

2. O‘quvchilar va O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘linmalari talabalariga iqtisodiy klass tariflaridan 50 % chegirma, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992- yil 22- dekabrdagi PF-517–sonli Farmoniga asosan har yili 28 -dekabrdan 10- yanvargacha bo‘lgan davrda beriladi. Ushbu  chegirmafaqatgina iqtisodiy klass normal tarifidan (Y) beriladi.

3. Bolalar uchun chegirmalar MAK barcha qatnovlarida qo‘llaniladi:

- 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun - 90 % alohida joy ajratilmagan holda, iqtisodiy va biznes klassning barcha tariflaridan;

-2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun alohida joy ajratilgan holda  va  2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan kuzatib boriladigan bolalar uchun – qo‘llanilayotgan iqtisodiy klass tarifining  turiga qarab 33% dan 50 % ga qadar.

-2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun alohida joy ajratilgan holda  va  2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan kuzatib boriladigan bolalar uchun – biznes  klass normal tarifining 50 % miqdorida.

Toshkentdan Moskvaga, Sharjaga, Dubayga, Kuala-Lumpurga, Singapurga, Bangkokka, Istambulga borish va qaytish yo‘nalishlarida biznes klass tarifida  bolalar uchun chegirmalar - biznes klass normal tarifining 25 % miqdorida, Toshkentdan Rigaga va Nyu-Yorkka esa biznes  klass normal tarifining  5 % ni tashkil etadi.