Hurmatli yoʻlovchilar!

«Dubai Airports» kompaniyasidan olingan xabarnomaga muvofiq 2016-yilning 14-dekabridan boshlab “Dubay” xalqaro aeroportining 1-Terminalida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatilayotganda yoʻlovchilarning samolyotga chiqish talonida samolyotga chiqish haqidagi axborot koʻrsatilmaydi. Endilikda  samolyotga chiqish haqidagi axborot qatnov joʻnashidan 90 daqiqa avval tegishli axborot monitorlarida aks etadi.

Ushbu oʻzgarishlarga diqqatingizni qaratishni soʻraymiz, chunki “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK qatovlariga “Dubay” xalqaro aeroportining 1-Terminalida xizmat koʻrsatiladi.