Hurmatli «Oʻzbekiston havo yoʻllari» MAK yoʻlovchilari!

2017-yil 01-yanvardan boshlab «Oʻzbekiston havo yoʻllari» MAKning Nyu-York va Istanbul  yoʻnalishidagi qatnovlarida bagaj tashuvi me’yorlari oʻzgarganligini xabar qilamiz.

Qabul qilingan oʻzgartirishlarga muvofiq bepul bagaj tashuvi me’yorlari quyidagicha:

Toshkent - Nyu-York va Nyu-York-Toshkent

- Iqtisodiy klass: 2 joy* har birining ogʻirligi 23 kg dan oshmasligi kerak.

- Biznes klass2 joy* har birining ogʻirligi 32 kg dan oshmasligi kerak.

* har bir joyning gabariti uch oʻlcham  (boʻyi, eni, chuqurligi) yigʻindisi boʻyicha 158 sm.dan oshmasligi kerak.

Toshkent - Istanbul  va Istanbul - Toshkent

- Iqtisodiy klass: 35 kg

- Biznes klass: 40 kg

Izoh:

2017 –yilning 01-yanvariga oʻtish davrida yoʻlovchilarni roʻyxatdan oʻtkazishda bagajni qabul qilish  ularning aviachiptasida koʻrsatilgan me’yorlarga muvofiq amalga oshiriladi.