Hindiston

1. Spirtli ichimliklar va sigaretlar: Bojsiz olib kirish mumkin: 200 dona sigaret yoki 50 dona sigara, yoki 250 g tamaki, spirtli ichimliklar 0,95 l gacha.

2. Zargarlik mahsulotlari va qimmatbaho buyumlar. Mamlakatga taqinchoqlar olib kirishga ruxsat berilgan.

3. Qurol-yarog' va o'q-dorilar: Qurol-yarog' va o'q-dorilar olib kirish taqiqlangan.

4. Valyuta. Xorijiy valyutani olib kirish va avval olib kirilgan valyutani olib chiqish miqdori cheklanmagan, biroq 10 000 AQSh dollaridan ortiq miqdordagi valyutani deklaratsiyada ko'rsatish zarur.2000 AQSh dollaridan ortiq valyutani olib chiqishda uning qonuniy kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish zarur.

5. Maishiy texnika. Bojsiz olib kirish mumkin: fotoapparatlar, video- va kinokameralar, elektromaishiy texnika va boshqalar – har bir nomdan 1 ta buyumdan.Olib kirilayotgan kompyuterlar va noutbuklar deklaratsiyaga kiritilishi shart.

6. Boshqa buyumlar. Oziq-ovqat mahsulotlari va kundalik ro'zg'orda foydalaniladigan buyumlarni shaxsiy ehtiyojlar doirasida olib kirishga ruxsat beriladi.

7. Olib kirish taqiqlangan:- narkotiklar;- oltin yombi;- tilla tangalar - tegishli ruxsatnoma bo'lmasa.

8. Olib chiqish taqiqlangan:- noyob hayvonlar;- yovvoyi hayvonlarning mo'ynalari va terilari;- noyob turdagi qushlarning patlari, fil suyagi;- tirik o'simliklar;- oltin va kumush yombilar;- zargarlik mahsulotlari, agar ularning umumiy narxi 2000 rupiya (500 AQSh dollariga yaqin) dan ortiq bo'lsa.

Hindiston hududiga Hindiston hukumatining Telekommunikatsiyalar Departamenti (TD) litsenziyasisiz sputnik orqali ishlaydigan telefonlarni olib kirish, bagajda ham, qo'l yukida ham taqiqlangan. Qoidalarga binoan, Hindistonga faqat "Inmarsat" (Inmarsat) kompaniyasi mahsuloti bo'lgan sputnik orqali ishlaydigan telefonlarni olib kirish va ulardan foydalanish. Keng polosali sputnik aloqasi uchun mo'ljallangan BGAN portativ terminallari bundan mustasno. Bundan tashqari, Hindistonda "Turayya" (Thuraya) sputnik aloqasi xizmatlari taqiqlangan. Shaxsiy buyumlarda yoki bagajda topilgan, TD litsenziyasi bo'lmagan sputnik orqali ishlaydigan telefon o'tkazish punktida musodara qilinadi. Telefon Hindiston hududida topilgan holda uning egasi hibsga olinadi va ishi sudda ko'riladi.