Havo kemasida tashish taqiqlangan xavfli moddalar va buyumlar ro'yxati

Portlovchi moddalar, portlatuvchi vositalar va ular bilan to’ldirilgan predmetlar:

Har qanday o’ramdagi va miqdordagi har qanday porox;

Jangovar patronlar (shu jumladan kichik kalibrli), gaz bilan ishlaydigan qurollarga patronlar; ov kapsyullari (pistonlar), pirotexnik vositalar;

Signal beruvchi va yorituvchi raketalar, signal beruvchi patronlar, qo’ndiruvchi shashkalar, tutun (hosil qiladigan) shashkalar yoki patronlar,  mushakbozlik vositalari, temir yo’l petardalari;

Shaxsiy foydalanish uchun xavfsiz gugurtlar, termogugurtlar, ovchi gugurti, portlatuchi gugurtlar;

To’ldirgichida noabsorbirlangan suyuq yonilg’i, siqilgan gaz solingan barcha turdagi o’t oldirgichlar, shuningdek o’t oldirgichlar uchun yonilg’i va ular uchun elementlar.

Jiddiy  tan jarohati yetkazish yoki havo kemasi xavfsizligiga tahdid tug’dirish uchun foydalanish mumkin bo’lgan portlovchi va o’t oldiruvchi moddalar va portlovchi moslamalar, shu jumladan:

Minalar, granatalar, boshqa harbiy maqsaddagi portlovchi vositalar;

Trotil, dinamit, tol, ammonol va boshqa portlovchi moddalar;

Kapsyullar, detonatorlar, elektrodetonatorlar va elektr o’t oldirgichlar;

Detonatsiyalovchi va olov o’tkazuvchi shnur, dinamit, qora porox va plastik portlovchi moddalar.

Ba’zi patronlar “Xavfli yuklarni havo orqali xavfsiz tashish bo’yicha texnik yo’riqnomalar”ning 8-qismi 1-bobi 1.1.2-bandida ko’rsatilgan shartlarga rioya etgan holda ro’yxatdan o’tkaziladigan bagaj sifatida tashishga qabul qilinishi mumkin.

Qisilgan va suyultirilgan gazlar:

Maishiy foydalanish uchun mo’ljallangan gazlar (butan-propan) va boshqa gazlar, asabni falajlikka soladigan va ko’zdan yosh oqizadigan gazlar bilan to’ldirilgan ballonchalar;

Oson alangalanuvchi suyuqliklar:

Atseton, benzin, oson alangalanuvchi neft mahsulotlari namunalari, metanol, metilatsetat (metil efiri), uglerod sulfid, efirlar  va boshqa barcha oson alangalanuvchi suyuqliklar.

Alangalanuvchi qattiq moddalar:

Suv ta’sirida issiqlik va yonuvchi gazlar ajralib chiqadigan, natijada o’z-o’zidan alanga chiqadigan va yong’in keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan moddalar: kaliy, natriy, metalli kaltsiy va ularning qotishmalari, kaltsiy, fosforit va boshqalar, oq, sariq va qizil  fosfor,  alangalanuvchi qattiq moddalar toifasiga kiruvchi boshqa barcha moddalar, organik peroksid;

Donador yoki yanchilgan, quruq uoki ho’l, tarkibida 25% dan kam suv yoki erituvchi bo’lgan kolloidli nitroselluloza,  bo’laklangan, ho’l, tarkibida 25% dan kam spirti bo’lgan kolloidli nitroselluloza,  quruq uoki ho’l, tarkibida 30% dan kam erituvchi yoki 20% dan kam suv  bo’lgan nitroselluloza.

Zaharli va zaharlovchi moddalar:

Har qanday idishga joylashtirilgan suyuq va qattiq holatdagi har qanday zaharli, kuchli ta’sir qiladigan va zaharlovchi moddalar, brutsin, nikotin, strixnin,  tetragidrofurfuril spirti, antifriz, tormoz suyuqligi, etilenglikol, simob, sinil kislotaning barcha tuzlari va sianist preparatlar.

Siklon, sianplav, mishyak angidrid va boshqa barcha kuchli ta’sir qiluvchi va zaharlovchi moddalar;

Ishdan chiqaradigan va mehnatga yaroqsizlik keltirib chiqaradigan meys singari  kimyoviy moddalar, gazlar va aerozollar, qalampirli gaz yoki qalampirli aerozol, ko’zdan yosh oqizuvchi gaz, kislotali aerozollar  va hayvonlarni qo’rqituvchi aerozollar.

O’yuvchi va korroziyalovchi moddalar:

Kuchli noorganik kislotalar: xlorid, sulfat, azot kislotasi va boshqalar; ftorli-vodorod (shishani o’yish qobiliyatiga ega bo’lgan) kislotasi va boshqa kuchli kislotalar va yemiruvchi moddalar.

O’qotar, gazli, pnevmatik, sovuq va mexanik qurollarning barcha turlari:

To’pponchalar, revolverlar, vintovkalar, karabinlar va boshqa o’qotar, gazli, pnevmatik qurollar, o’qotar qurollarning nusxalari va imitatorlari (adashib haqiqiy qurol deb hisoblash mumkin bo’lgan), o’qotar qurollarning detallari, siqilgan gaz yoki karbonad angidridda (СО2) ishlaydigan pnevmatik qurollar, shu jumladan to’pponchalar, o’qchalar bilan otish uchun to’pponchalar, vintovkalar, shariklar bilan otish uchun to’pponchalar, elektroshok vositalar va ularning imitatorlari, arbaletlar, suv ostidagi ov uchun qurollar, nayzalar, nayza-pichoqlar.

Vaqtincha ishdan chiqaruvchi yoki immobilizatsiya uchun maxsus mo’ljallangan qurilmalar, shu jumladan:

Shokka tushiruvchi to’pponchalar (masalan tazerlar) va shokka tushiruvchi politsiya dubinkalari singari falaj qilib qo’yadigan qurilmalar, hayvonlarni gangitib qo’yadigan va og’riqsiz jonsizlantiradigan qurilmalar.

Havo kemasi sahnida  olib ketish taqiqlangan buyumlar:

Jiddiy tan jarohati yetkazish uchun foydalanilishi mumkin bo’lgan uchi o’tkir yoki o’tkir qirrali buyumlar, boltalar, kalta qilichlar, qassoblik pichoqlari,• muzo’yar boltalar va muzni o’yish uchun mis dastalar, pichoqlar, qaychilar, sharq yakkakurashida foydalaniladigan uchi o’tkir yoki o’tkir qirrali buyumlar, qilich, nayza va h.k.

Ish qurollari

Jiddiy tan jarohati yetkazish yoki havo kemasi xavfsizligiga tahdid tug’dirish uchun foydalanish mumkin bo’lgan asboblar, lom, drel (parmadasta), parma, shu jumladan batareyali portativ drellar, otvyortka, iskana singari qurol o’rnida foydalanish mumkin bo’lgan asboblar, arralarning barcha turi, shu jumladan batareyali portativ turlari, payvandlovchi lampalar, mahkamlash uchun va mix qoqish uchun to’pponchalar va h.k.

Urib jiddiy tan jarohati yetkazish uchun foydalanish mumkin bo’lgan uchi to’mtoq buyumlar, beysbol bitalari, softbol o’yini uchun bitalar, politsiya dubinkalarining har xil, masalan kalta, uzun va tungi turlari, sharq yakkakurashida foydalaniladigan vositalar.

Izoh. O’yinchoq to’pponchalar faqatgina ro’yxatdan o’tkaziladigan bagaj sifatida tashishga qabul qilinishi mumkin.