FIFA 2018-yil Jahon Chempionati o'tkazilishi davrida axborotlar

E S L A T M A

Futbol bo‘yicha jahon chempionati FIFA 2018ni o‘tkazilishi
davrida chet el fuqarolarinig Rossiya Federatsiyasiga

kelishi, u erda bo‘lishida ro‘yxatga qo‘yilishi
to‘g‘risidagi ma’lumot

Rossiya Federatsiyasi va Xalqaro futbol assosiatsiyasi federatsiyasi (FIFA) o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishi munosabati bilan 2018-yil 14-iyundan 15-iyulgacha bo‘lgan vaqt mobaynida ishtirokchi shaharlar Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi, Qozon, Yekaterinburg, Kaliningrad, Nijniy Novgorod, Rostov-na-Donu, Samara, Saransk, Volgogradda futbol bo‘yicha jahon chempionati FIFA 2018 (keyinchalik - JCh-2018) futbol matchlari o‘tkaziladi.

JCh-2018ning birinchi matchi o‘tkaziladigan sanadan o‘n kun avval bo‘lgan vaqt mobaynida (2018 yil 04 iyundan 15 iyulgacha) Rossiya Federatsiyasiga JCh-2018 tomoshabini sifatida kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar RFga kirib keladilar, JCh-2018 oxirgi matchi o‘tkaziladigan sanadan o‘n kun keyin xorijlik tomoshabinlar ularning shaxsini tasdiqlovchi va RFda tan olingan hujjatlar va muxlis pasporti (FAN ID) bilan vizani rasmiylashtirmasdan RFdan chiqib ketadi.

Muxlis pasporti chet el tomoshabinining ko‘rsatilgan muddatda RFga kirib kelish, RFda bo‘lish va RFdan chiqib ketish huquqini tasdiqlaydi.

Muxlis pasporti (FAN ID) – tomoshabinning shaxsiylashtirilgan kartasi bo‘lib, futbol muxlislarini identifikatsiyalash tizimining bir bo‘lagi hisoblanadi va JCh-2018 tomoshabinlarining qulayligi va xafsizligi uchun beriladi. Bunday kartani JCh-2018 futbol matchlariga chipta(lar) sotib olgan har bir tomoshabin olishi kerak.

Muxlis parportida uning ismi yozilgan bo‘lib, bepul, har bir tomoshabin uchun bir marotaba rasmiylashtiriladi va laminatsiya qilingan blank ko‘rinishida bo‘ladi.

Chet el fuqarosi pasportining amal qilish muddati Muxlis pasporti amal qilish muddatidan (2018 yil 25 iyulgacha) kam bo‘lmasligi kerak, bu holda yangi pasport rasmiylashtirilmaydi.

Batafsil ma’lumot www.FAN-ID.ru saytida joylashtirilgan.