"Farg’ona" xalqaro aeroporti

fergana_airport

Farg‘ona vodiysi yoki Farg‘ona deb Sirdaryoning yuqori oqimidagi yirik tog‘ oralig‘i botiqlaridan biriga aytiladi, u Pomir-Oloy va Tyan-Shan tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan. Vodiy tabiiy boyliklarining ko‘pligi va turli-tumanligi bilan ajralib turadi, shu sababli uni xalq orasida  O‘zbekiston marvaridi deyishadi. Uning hududida ko‘plab qadimiy yodgorliklar, eski shaharlar qoldiqlari, qal’alar va qo‘rg‘onlar hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Shaharning nomi forscha «فرقانه» (Farghaneh) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib “turli-tuman” degan ma’noni anglatadi. O‘zbekistonning sharqiy qismida, mamlakat poytaxti Toshkentdan taxminan  420 km sharqda, Andijondan 75 km janubiy-g‘arbda, dengiz sathidan 580 metr balandlikda joylasjgan. Shaharda       340 000 kishi yashaydi. Farg‘ona hududi  — 70 km². Bu O‘zbekistonning nisbatan yirik sanoat markazi, ishlab chiqarish hajmi jihatidan Toshkentdan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi.

Farg‘ona buyuk astronom, matematik va geograf Axmad Al- Farg‘oniyning, O‘rta Osiyolik mutafakkir, olim va faylasuf, musulmon dunyosida Shayxul-Islom unvoniga ega bo‘lgan Burxoniddin Al-Marg‘iloniylarning vatani. Shahardan ko‘plab yetuk san’at arboblari va sportchilar yetishib chiqqan. Bu yerda shoir va yozuvchilar Uvaysiy, Muqimiy, Furqat, Mirzo Abdulla Maxdum boqiy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Qahhor, san’at arboblari Muhitdin Qoriyoqubov, Yusufjon qiziq Shakarjonov,Tamara xonim, Ergash Xamrayev, Ma’murjon Uzoqov, Juraxon Sultonov, Tavakkal Qodirov, Nabi Raximov, Mukarrama Turg‘unboyeva, Aleksandr Abdulov, Yulduz Usmonova, Shaxzoda, mashhur sportchilar Yuriy Sarkisyan, Sergey Lagutin, Sergey Tetyuxin, Irina Tebenixina, Andrey Fedorov, Vladimir Radkevich, Timur Kipadze va b.lar tug‘ilgan.

Hozirda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK tarkibiga kiradigan “Farg‘ona” xalqaro aeroporti 1938-yilda tashkil topgan va dengiz sathidan 604 metr balandlikda joylashgan. Havo maskanida bitta uchish-qo‘nish yo‘lagi bo‘lib, uning nomeri 18/36, asfalt beton bilan qoplangan, o‘lchami 2862 ga 50 metr. Rekonstruksuyadan  so‘ng aeroportga ICAO bo‘yicha 2-kategoriya berilgan. Bugungi kunda u O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi tomonidan eksplutatsiya qilinadigan barcha turdagi havo kemalarining uchib kelishi va uchib ketishini ta’minlaydi.

O‘zR Vazirlar Mahkamasining 19.06.09—yilgi 173-sonli “Respublika korxonalarida xalqaro standartlarga  javob beradigan sifatni boshqarish tizimini joriy qilishni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini, shuningdek O‘zR VM maxsus ishchi guruhining 04.02.2011-yildagi  04-8-41 –sonli qarorini bajarish maqsadida “Farg‘ona”  aeroportida sifat menejmenti tizimi (SMT) tadbiq etilgan va ishlab turibdi.

Bo‘linmalarda xalqaro standartlarni tutib turish uchun 2015-yilda yo‘lovchilarga va bagajga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejasi tuzilgan.

MAK Kengashi qaroriga muvofiq 2014-yilda “Russkiy registr-Srednyaa Aziya” sertifikatsiyadan o‘tkazuvchi organi tomonidan aeroportning resertifikatsion auditi o‘tkazildi.Audit xulosasiga ko‘ra korxonaning ISO standartlariga muvofiqligini tasdiqlovchi, amal qilish muddati uch yildan iborat bo‘lgan xalqaro namunadagi sertifikat berilgan.

 “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning 2015-yilga parvozlar xavfsizligini ta’minlash va SMTni tadbiq etish bo‘yicha tadbirlar rejasiga va MAK “Sifat sohasidagi siyosat”ga asosan   “Farg‘ona” xalqaro aeroporti DUK strategik maqsadlari ishlab chiqilgan. Ichki audit uchun jadval, dastur va nazorat savollari tuzilib, tasdiqlandi. “SMT ichki auditlarini bajarish bo‘yicha qo‘llanma”ga muvofiq havo maskanida ichki audit bajariladi.

ISO 9001:2008 standarti talablariga muvofiq  iste’molchilar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda. 2014-yilda SMTning  korxonada ishlashi tahlil qilinib, uning natijalari aeroport rahbariyati yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.

ICAO Konvensiyasiga “Parvozlar xavfsizligini boshqarish” 19-ilova talablariga,   “Parvozlar xavfsizligini boshqarish bo‘yicha qo‘llanma”  (ICAO, uchinchi nashr), “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturi” va IOSA standartlariga muvofiq, parvozlar xavfsizligi darajasini yanada oshirish maqsadida va  “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Bosh direktorining  2014-yil 21-avgustdagi 235-buyrug‘iga asosan “Farg‘ona” xalqaro aeroporti DUK da “Xavfni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi”ni tadbiq etish boshlandi. Taqdimot marosimi o‘tkazilib, unga xizmatlar rahbarlari jalb qilindi va ushbu tizimda ishlash bo‘yicha ularni dastlabki o‘qitish boshlandi. 2009-yildan boshlab aeroportda aerovokzal majmuasini bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish, modernizatsiya va qayta jihozlash ishlari amalga oshirib kelinmoqda, ularning asosiy qismi bugungi kunda nihoyasiga yetkazilib, ekspluatatsiyaga topshirildi.

Bugungi kunda aeroportdan O‘zbekiston shaharlari Toshkent va Buxoroga, Rossiyaning Moskva (Vnukovo va Domodedovo aeroportlariga) va Sankt-Peterburg,  Qozon, Krasnodar, Novosibirsk shaharlariga muntazam yo‘lovchi qatnovlari bajariladi. Umum e’tirof etilgan aviatsiya standartlariga muvofiq yo‘lovchilarga aviatashuvlar bilan bog‘liq butun xizmat ko‘rsatish kompleksi ko‘rsatilmoqda: joylarni  bronlash va sotish, qatnovga ro‘yxatdan o‘tkazish. Zamonaviy jihozlar o‘rnatilganligi tufayli bojxona va chegara nazoratidan o‘tish jarayonlari ancha tez amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, aerovokzal binosida valyuta almashtirish shoxobchasi, bufet, CIP-zal,  VIP-zal yo‘lovchilariga xizmat ko‘rsatiladigan alohida bino, tibbiy shoxobcha, ona va bola xonasi, aviakassa, yo‘lovchilarga qatnovlar haqida ma’lumot berishning elektron tizimi joylashgan.

Yana bir foydali ma’lumot – aeroport shahar chegarasida joylashgan, shahar markaziga qadar shahar transporti bilan 10-15 daqiqada yetib borish mumkin, bu esa shaharsozlikning  ixchamligi va rivojlangan shahar transport infratuzilmasi mavjud ekanligini ko‘rsatadi.

Direktori - Madaminov Murodil Mukaramovich

Fuqarolarni qabul qilish vaqti: Dushanba, Payshanba 08-00 - 11-00,

Manzil: 150100, Farg‘ona sh. Aeroport k. 16

E-mail: ap.feg@uzairways.com

Muloqot uchun telefonlar:

Ma’lumotlar olish uchun: 0-(373) 241-60-04

Aviachiptalarni bronlash bo‘yicha dispetcher 0-(373) 241-60-05

Rasmiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatish zalining ma’lumotxonasi:

0-(373) 241-60-06

Aeroport qabulxonasi 0-(373) 241-60-03

Faks: 0-(373) 241-60-03