“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

“Domodedovo” aeroportidan “Vnukova” aeroportiga o`tish - aviachiptalarni jarimasiz qaytarib berish imkoniyati

“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasining Moskavaga borish va qaytish bo`yicha aviachipta xarid qilgan yo`lovchilari diqqatiga!

Moskvadagi aeroportning “Domodedovo”dan “Vnukova”ga o`zgartirilishi  tufayli noqulayliklar yuzaga kelganda, “O`zbekiston havo yo`llari” MAK Sizga uchish sanasi 2018-yilning 28-oktabridan boshlab O`zbekistondan Moskavaga borish va qaytish bo`yicha qatnovlarga olingan aviachiptalarni qo`shimcha jarimalar to`lamagan holda qaytarib berish imkonini beradi.  Ushbu qoida uchish/qo`nish punktida Domodedovo aeroporti ko`rsatilgan aviachiptalarning butun amal qilish muddati davomida tadbiq etiladi.

Aviachiptalarni qaytarish:

  • Aviachiptalarni ularni xarid qilgan joyda qaytarib topshirish mumkin.
  • Onlayn xarid qilingan aviachiptalar, ular xarid qilingan servis yordamida belgilangan tartibda qaytariladi.

“Vnukova” aeroportiga o`tish bo`yicha barcha masalalar yuzasidan quyidagi telefonlar orqali murojaat qilishingiz mumkin:

Toshkentda: +998 78 140 02 00

Moskvada: +7 495 298 80 66

E-mail: info@uzairways.com

“O`zbekiston havo yo`llari” yetkazilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr so`raydi, bizni to`g`ri tushunasiz va hamkorligimiz davom etadi deb umid bildiradi.