“Buxoro” xalqaro aeroporti

Описание: bukhara

YUNESKOning qarori bilan Buxoro dunyo bo‘ylab ilmiy va madaniy ahamiyatga ega qimmatbaho madaniy boyliklar ro‘yxatiga kiritilgan.

Qadimgi sharq musulmonlari uni “ Buxoroi-Sharif” deb ataganlar. Hozirga qadar 140 tadan ortiq qadimiy yodgorliklari mavjud bo‘lgan bu ajoyib latif shahar shunday nomlanib kelyapti. Buxoro nafaqat boy tarixi va arxitektura yodgorliklari, shuningdek, milliy va yevropa rusumlarida bezatilgan mehmonlar uchun qurilgan uy va mehmonxonari bilan mashhurdir.

Shaharning zamonaviy qismida va har bir binosi o‘ziga xos afsona, har bir diqqatga sazovor yodgorlik noyob bo‘lgan eski shahardagi 35 ta mehmonxona yilning istalgan vaqtida mehmonlarni kutib olishga tayyor. “Buxoro” xalqaro aeroporti DUK “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK kengashi Qaroriga asosan tuzilgan bo‘lib, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib hisoblanadi.

1999 yilda modernizatsiyalash dasturini yakunida aeroptga “xalqaro” mavqei berildi. Yo‘lovchilarga va xorijiy mehmonlarga xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy aerovokzal 1 soatda 150 ta yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan.

Har yil 120 mingdan ortiq yo‘lovchilar aeroport xizmatidan foydalanadilar, ularning 15 mingdan ortig‘i xorijiy mehmonlarni tashkil etadi. Xalqaro terminal yo‘lovchilarga xalqaro standartlar asosidagi barcha turdagi xizmatlarni amalgam oshiradi.

Aerovokzal binosida zamonaviy yoritgichlar bilan jihozlangan kelish va ketish zallari, kehg kutish zali, ma’lumotlar byurosi, bufet, magazinlar, tibbiy punkt, yuk saqlash xonalari, valyuta almashtirish punkti, aviachiptalar sotish kassalari joylashgan.

Yuqori martabali mehmonlarni va rasmiy delegatlarga xizmat ko‘rsatiladigan zallar dizaynida milliy uslub qo‘llanilgan.

2011-yil “Buxoro” aeroportida yangi aerovokzal majmuasi foydalanishga topshirildi. Aerovokzal majmuasi soatiga 400 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi. SIP zal, VIP zal, kutish zali, kirish va chiqish kabi qulay va shinam zallari mavjud. Shu jumladan u yerda shinam bar, ona va bola xonasi, tibbiy punkt, ma’lumotlar byurosi va duty free magazinlari joylashgan.

Aerovokzal majmuasida axborotlar tablosi va stendlar o‘rnatilgan. Unda parvozlar tartibi bojxona qoidasi, cheklanmalar, davlat organlarining talablari aks ettiriladi. Aeroportdan shahar markazigacha avtobus va yo‘nalish taksilari qatnab turibdi.

Aerovokzal yonida qulay va keng avtomobillar to‘xtash maydonchasi joylashgan. “Buxoro” aeropotidan O‘zbekiston poytaxti Toshkentga har kunlik reyslar amalga oshadi, shu jumladan haftada 5 marta “Domodedovo” (Moskva), bir marta “Vnukovo” (Moskva), haftada 2 -marta “Pulkovo” (Sankt-Peterburg) ga reyslar amalga oshiriladi.

Hamma yo‘nalishlar bo‘yicha cheklanmagan miqdorda avia yuk tashishlar amalga oshirildi. “CHГ” mamalakatlari va chet ellarga yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha charter reyslar amalga oshiriladi.

2008-yil yakunlari bo‘yicha aeroport “Buxoro” xalqaro aeroprti “CHГ” mamlakatlari o‘rtasida “ Yilning eng yaxshi aeroporti” maqomini egallab, kubok va faxriy yorliq bilan taqdirlandi. 2009-yil yakuni bo‘yicha “Buxoro” xalqaro aeroprti “Aeroport” assotsiyasi tomonidan “Rivojlanayotgan istiqbolli aeroport” maqomi kubogi va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

2010-yil yakunlari bo‘yicha aeroport “Buxoro” xalqaro aeroprti “CHГ” mamlakatlari o‘rtasida “ Yilning eng yaxshi aeroporti” maqomini egallab, kubok va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

2011-yil yakunlari bo‘yicha aeroport “Buxoro” xalqaro aeroprti “CHГ” mamlakatlari o‘rtasida “ Jo‘shqin rivojlanayotgan aeroport” maqomini egallab, kubok va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

2013-yilda 2012-yil yakunlari bo‘yicha yiliga 100 mingdan dan 500 minggacha yo‘lovchilarni tashuvchi aeroportlar o‘rtasida “CHГ” mamalakatlari o‘rtasida eng yaxshi aeroport” unvoniga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika tashkilotlarida xalqaro standarlarga asoslangan sifat boshqaruv tizimini joriy qilish va kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida” gi Qaroriga asisan “Buxoro” xalqaro aeroporti 2010-yil SMTni joriy qilish bo‘yicha bir qancha tadbirlarni amalga oshirdi va “Russkiy – registr” OOO kompaniyasi tomonidan ISO 9001:2008 xalqaro standartlari sertifikatiga ega bo‘ldi.

“Buxoro” xalqaro aeroporti DUK xalqaro reyslari va O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab amalga oshiriladigan reyslarga , “O‘zbekiston havi yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, chet el havo kemalarining hamma tiplarini qabul qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati
Buxoro shahri, Bahouddin Naqshband shoh ko‘chasi, 251-uy
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK “Buxoro” xalqaro aeroporti DUK.

Direktori - Baxronov Toxir Saidovich

(8 365) 225 - 09 - 09
(8 365) 225 - 10 - 66
ap.bhk@uzairways.com

“Buxoro” xalqaro aeroporti rahbarlari tomonidan aviakorxonaga taaluqli masalalarni hal qilish bo'yicha aholini shaxsan qabul qilish:

Familiyasi, ismi, otasining ismi

Mansabi

Qabul kunlari va soati

Bahronov Tohir Saidovich

Direktor

Seshanba soat 08.00 - 11.00 gacha

Ғуломов Ғолибжон Закирович

R va AXB direktor o'rinbosari

Payshanba soat 08.00 - 11.00 gacha

Diabbarov Kamol Baxshullayevich

YT va TB direktor o'rinbosari

Dushanba soat 08.00 - 11.00 gacha

Shukurov Sodiqjon Ergashevich

Bosh muhandis

Chorshanba soat 08.00 - 11.00 gacha

Majidova Muhabbat Sayfullayevna

PBIB mutaxassisi

Payshanba soat 08.00 - 11.00 gacha