O`zbekiston Respublikasi bojxona qoidalari

Hozirgi vaqtda O'zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o'tayotgan aviayo'lovchilar bojxona deklaratsiyasining o'zgartishlar kiritilgan T-6 shaklini to'ldiradilar, uning namunasi respublika aeroportlarida ham mavjud.

O'ZBEKISTON MEHMONLARI VA REZIDENTLARI MAMLAKAT HUDUDIGA QUYIDAGILARNI OLIB KIRISH HUQUQIGA EGA:

 – bojxona deklaratsiyasining T-6 shaklida ko'rsatgan holda cheklanmagan miqdorda chet el valyutasi. Rezident yoki rezident bo'lmagan shaxs xohishiga ko'ra chet el valyutasi TS-21 bo'yicha saqlashga qabul qilinadi va buning uchun yig'im olinmaydi;

– agar chegaradosh davlatlar hududidan shaxsan foydalanish uchun olib kelinayotgan iste'mol tovarlarining umumiy narxi 10 (o'n) AQSH dollaridan ortiq bo'lmagan summaga teng bo'lsa bojxona to'lovlarisiz olib o'tiladi;

– chegaradosh bo'lmagan davlatlar hududidan shaxsan foydalanish uchun olib kelinayotgan iste'mol tovarlarining umumiy narxi 1000 (ming) AQSH dollaridan ortiq bo'lmagan summaga teng bo'lsa bojxona to'lovlarisiz (ustama haq, boj, rasmiylashtirish uchun yig'imsiz) olib o'tiladi;

– chegaradosh bo'lmagan davlatlar hududidan shaxsan foydalanish uchun olib kelinayotgan aksizsiz kiritilishi mumkin bo'lgan me'yorga teng aksiz solig'i olinadigan (O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida o'rnatilgan, jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilishi mumkin bo'lgan me'yordagi aksiz solig'i olinmaydigan) iste'mol tovarlari bojxona to'lovlarisiz olib o'tiladi.

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA OLIB KIRISH MAN ETILADI:

– davlat va jamiyat tuzumiga qarshi, hududiy birlikni buzuvchi, siyosiy mustaqillik va davlat suverinitetiga raxna soluvchi, urush, terrorizm, zo'ravonlikni targ'ib qiluvchi, millatchilik va diniy adovat, irqchilik hamda uning ko'rinishlariga (antisemitizm, fashizm) yo'naltirilgan va pornografiyaga oid matbuot nashri, qo'lyozmalar, klishe, rasm, fotosurat, fotoplyonka, negativ, kino-, video- va audiomahsulotlar, plastinka, ovozli materiallar;

– O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi ruxsatisiz giyohvand, psixotrop moddalar va prekursorlar;

– O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi agentligi tomonidan beriladigan litsenziyasiz, sotish uchun olingan qimmatbaho metall va toshlardan ishlangan zargarlik buyumlari (jismoniy shaxslar tomonidan olingan umumiy og'irligi 30 grammga teng 5 ta qimmatbaho metall va toshlardan yasalgan zargarlik buyumlariga boj to'lanmaydi);

 – O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi ruxsatisiz dori-darmon va tibbiyot texnikasi;

– O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ruxsatisiz yuqori chastotali radioelektron vositalari;

– Tibbiy-epidemiologiya xizmati ruxsatisiz o'simlik va jonivorlardan olingan mahsulotlar;

Jismoniy shaxs tomonidan sotish uchun tovar olib kelinganda ushbu shaxsning eksport-import operatsiyalarini amalga oshiruvchi individual tadbirkor sifatida ro'yxatdan o'tishi talab etiladi.

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDAN TASHQARIGA OLIB KETISH MAN ETILADI:

– donlardan: bug'doy, javdar, arpa, suli, sholi, makkajo'xori, grechixa; non-bulka mahsulotlari (undan tayyorlangan qandolat mahsulotlari, pirojniy, o'zi ishlab chiqargan pechenelardan tashqari); un, yorma, mol, parranda go'shti va oziq-ovqat mahsulotlari, qand, o'simlik yog'i (jismoniy shaxslar tomonidan ushbu mahsulotlarni olib ketish me'yori O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko'rsatilgan); –

etil spirti, teri xomashyosi (standart bo'lmagani ham), mo'yna xomashyosi, qorako'l (standart bo'lmagani ham), lom, rangli metall chiqindilari, chuvashga yaroqli ipak qurti pillasi, ipak xomashyosi (o'ralmagan), ipak chiqindilari (chuvashga yaroqli bo'lmagan pilla, pilla tolasi va yumshab qolgan chiqindilari), Qizil kitobga kiritilgan O'zbekiston Respublikasidagi noyob va yo'qolib borayotgan jonivor turlari hamda o'simliklar;

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAN TASHQARIGA QUYIDAGI MIQDORLARDA CHET EL NAQD VALYUTASINI OLIB KETISHGA RUXSAT BERILADI:

a) rezidentlarga ruxsatnoma olmasdan 5000 (besh ming) AQSh dollariga teng miqdordagi summa;

b) rezidentlarga O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomasi asosida 5000 (besh ming) dan ortiq AQSh dollariga teng miqdordagi summa;

c) norezidentlarga - bojxona deklaratsiyasiga muvofiq ilgari O'zbekiston Respublikasiga keltirilgan summa doirasida. Norezident tomonidan T-6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasida (olib kirish paytida to'ldirilgan) ѐki TS-28 guvohnomasida (olib kirilishi paytida bojxona organi tomonidan berilgan) ko'rsatilgan summadan ortiqcha naqd chet el valyutasini olib ketish uchun asos bo'lib bank ruxsatnomasi hisoblanadi.

d) yo'l cheklarini olib chiqib ketishga ularning sonini T-6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasida ko'rsatgan holda ruxsat etiladi.

Xorijiy valyutani olib chiqishga ruxsatnomani boshqa shaxsga berishga yo'l qo'yilmaydi. Bojxona nazorati paytida aniqlangan qalbaki naqd xorijiy valyuta o'tkazilmasligi kerak, u ushlab qolinadi va qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.