“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

Birlashgan Arab Amirliklari

1. Spirtli ichimliklar va sigaretlar: Bojxona qoidalariga binoan, BAAga bir voyaga etgan kishi hisobidan 2000 dona sigaret yoki 400 dona sigara, yoki 2 kg tamaki, zarur miqdorda parfyumeriya mahsulotlari olib kirish mumkin. Bundan tashqari, musulmon diniga mansub bo'lmagan voyaga etgan shaxs o'zi bilan 2 litr o'tkir spirtli ichimlik va 2 litr vino olib kirishga haqli.

2. Valyuta. Valyuta va qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarni BAA ga olib kirish va olib chiqishga cheklovlar yo'q.

3. Boshqa buyumlar. Bosma va video mahsulotlar tsenzura maqsadida va axloq me'yorlariga muvofiqligi jihatdan tekshirish uchun talab qilinishi mumkin.

4. Olib kirish qat'iyan taqiqlangan: narkotiklarning barcha turlari, buning uchun mahalliy qonunchilik tomonidan o'lim jazosigacha bo'lgan og'ir jazo berish ko'zda tutilgan.Shuningdek mamlakatga o'qotar qurollar, fil suyagi va undan yasalgan mahsulotlar, ov qushlarini olib kirish taqiqlangan.Taqiqlov erotik va pornografik, zo'ravonlik mazmundagi hamda islomni kamsitib, Isroilni madh etuvchi, do'stona mamlakatlarga nisbatan haddan ortiq tanqid, shuningdek BAA ni boshqaruvchi oilalarga nisbatan tanqid ruhidagi har qanday materiallarga ham tegishli.