Ben-Gurion aeroportida (Tel-Aviv) ro`yxatdan o`tish tartibi

Hurmatli yoʻlovchilar!

Tel-Aviv shahrida “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK qatnovlariga Ben-Gurion aeroportida xizmat koʻrsatiladi. Bu yerda 2 ta terminal faoliyat koʻrsatadi. Milliy aviakompaniya yoʻlovchilariga 3-sonli terminalda xizmat koʻrsatiladi. Uchib ketuvchi yoʻlovchilar zali ushbu terminalning 3-qavatida joylashgan boʻlib, toʻrtta sektorga boʻlingan -  А, В, С, D, har bir sektor oʻz navbatida ikkita zonaga boʻlinadi – aviatsiya xavfsizligi nazoratidan oʻtish zonasi va yoʻlovchilarni hamda ularning bagajini roʻyxatdan oʻtkazish va rasmiylashtirish zonasi.

Yoʻlovchilarni nazoratdan oʻtkazish va roʻyxatga olish tartibi:

  • MAK yoʻlovchilari boshqa aviakompaniyalarning yoʻlovchilari singari majburiy tarzda aviatsiya xavfsizligi nazoratidan oʻtadilar, soʻngra ularning bagajiga va pasportiga aviatsiya xavfsizligi nazoratidan oʻtganliklari toʻgʻrisidagi tegishli stiker yopishtirib qoʻyiladi.
  • soʻngra yoʻlovchilar “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK logotipli roʻyxatdan oʻtish ustunchalariga borishib, qatnovga roʻyxatdan oʻtadilar va oʻz bagajlarini rasmiylashtiradilar. 
  • aviachiptalar standart tarzda roʻyxatdan oʻtkazilib va bagajlari rasmiylashtirib boʻlingach,  yoʻlovchilarga samolyotga oʻtirish talonlari yozib beriladi, unda HK sahnidagi oʻtiradigan oʻrni koʻrsatilgan boʻladi. Bagajga esa identifikatsion bagaj birkalari yopishtiriladi va u umumiy bagaj birkasi boʻyicha joʻnatiladi. Yoʻlovchilarda nostandart bagaj (quti, yul xaltasi, elektr texnika va h.k.) boʻlganda bunday bagaj belgilangan tartibda tashish uchun rasmiylashtiriladi, biroq bagajga ishlov berish zonasiga olib boradigan umumiy bagaj tasmasi orqali joʻnatilmaydi. Nostandart bagaji boʻlgan yoʻlovchi bagajni aviatsiya xavfsizligi nazoratidan oʻtkaziladigan maxsus zonaga yuboriladi, undan oʻtgan bagaj maxsus jihozlangan yuk lifti orqali bagaj boʻlinmasiga tushadi.
  • soʻngra yoʻlovchilar qoʻl yuki va yonlaridagi buyumlarni aviatsiya xavfsizligi nazoratidan oʻtkazadilar, shundan soʻng pasport nazoratidan oʻtiladi va undan steril taqsimlash zonasiga, undan esa HK ga oʻtirish uchun ma’lum qatnovga ajratilgan geytga oʻtiladi.