Ba’zi mahsulotlar va tovarlarni olib kirish/olib chiqish bo‘yicha cheklovlar

Rossiya Federatsiyasi

Rossiya qonunchiligi buzlishi holatlarining oldini olish maqsadida, O‘zbekiston aeroportlaridan Rossiya shaharlariga uchib ketadigan yo‘lovchilarning e’tiborini shunga qaratamizki, veterinar va fitosanitar nazorati bo‘yicha Federal xizmat tomonidan   Rossiya Federatsiyasi hududiga o‘simliklardan olingan mahsulotlarni qo‘l yuki tarkibida va bagajda olib kirish vaqtincha taqiqlandi

Yuqorida aytib o‘tilgan mahsulotlarga mevali va rezavor mevali va manzarali o‘simliklar, sabzavotlar, mevalar, quruq mevalar, yong‘oqlar, ziravorlar va h.k.lar kiradi.

Davlat chegarasida yo‘lovchilarning qo‘l yuki yoki bagajida ushbu mahsulotlar borligi aniqlanganda, ular musodara etiladi va yo‘q qilinadi.

Xitoy

Xitoy ma’murlarining talablariga muvofiq, MAK qatnovlari bilan Pekin va Urumchiga uchib ketadigan yo‘lovchilarga bagaj va qo‘l yuki sifatida chorvachilik mahsulotlari va o‘simliklardan tayyorlangan mahsulotlarni Xitoy hududiga olib kirish taqiqlanadi.Ushbu talab buzilgan hollarda yo‘lovchiga 50 000 yuan miqdorida jarima solinadi.

Shuningdek eslatib o‘tamizki, 2014-yil 1-yanvardan Xitoy hukumati tomonidan Xitoy hududiga КHАТ (CATHA EDULIS) psoxotrop moddasini olib kirish taqiqlandi.

Кат (KHAT) “Psixotrop preparatlar ro‘yxati”ga kiritilgan. Xitoy Jinoyat huquqi qaroriga ko‘ra kат (KHAT) narkotik modda hisoblanadi va mamlakat hududiga olib kirish taqiqlanadi.

Urumchi  shahridagi aeroportning yangi talablariga binoan 20-avgustdan boshlab Urumchiga keladigan va ketadigan yoʻlovchi bagajiga quyidagi talablar qoʻyiladi:

  • bitta bagaj oʻrnining ogʻirligi 35 kg dan oshmasligi kerak;
  • har bir bagaj oʻrnining gabaritlari 100smХ60smХ40sm dan oshmasligi kerak.
  • barcha elektron uskunalar, maishiy texnika, avtomobil ehtiyot qismlari va boshqa metall detallar va materiallar yuk sifatida rasmiylashtirilishi kerak, ya’ni yuk ombori orqali avia yuk xati bilan joʻnatilishi kerak.

Yoʻlovchilarning yuqorida sanab oʻtilgan talablarga javob bermaydigan bagajlari tashuv uchun qabul qilinmaydi.

Buyuk Britaniya

2014-yilning 24-iyunidan Buyuk Britaniya hukumati tomonidan Buyuk Britaniya hududiga КHАТ (CATHA EDULIS) psixotrop moddasini olib kirishga taqiq kiritildi.

Katani tashish va saqlash jinoyat sifatida baholanadi va Buyuk Britaniya qonunlariga muvofiq sud tartibida ta’qib qilinadi.

 

Janubiy Koreyaga uchib ketadigan yoʻlovchilar diqqatiga

Koreya Respublikasi karantin xizmati talablariga muvofiq, shuningdek “Ebol” virusi tarqalganligi tufayli, mamlakatga Afrika hayvonlari, shu jumladan yirik koʻrshapalaksimonlar va jayralarni olib kirish taqiqlanadi.