Bagaj tashuvlari

Tashuvlar uchun tarifning kamida 50 foizini to‘lagan har bir yo‘lovchiga chiptasiga qarab quyidagi miqdorlarda bagaj olib ketish huquqi beriladi:

  • C klass - 30 kg
  • Y klass - 20 kg

Me’yordan tashqari olib ketiladigan bagaj, shuningdek maxsus kategoriyadagi bagaj (jonivorlar, sport anjomlari, og‘ir va yirik o‘lchamli bagaj) uchun me’yordan ortiq va maxsus bagaj uchun o‘rnatilgan tarif va stavka bo‘yicha pul to‘lanadi.

Qo'l yuki uchun mo'ljallangan, bepul yuk olib o'tish me'yori

Qo‘l yukining maksimal gabarit o‘lchamlari 56 Х 45 Х 25 sm dan oshmasligi kerak. Har bir qo‘l yukining uch o‘lcham summasi bo‘yicha maksimal kattaligi 115 sm dan oshmasligi kerak (g‘ildiraklari, dastasi va yon cho‘ntaklari bilan birga qo‘shib hisoblaganda).

Agar qo‘l yuki 1 tadan ortiq sumkadan (joydan) iborat bo‘lsa, bunday qo‘l yuki tashuvga bitta umumiy joy sifatida qabul qilinishi kerak va bunday joylarning umumiy gabaritlari yig‘indisi uch o‘lcham summasi bo‘yicha 115 sm dan oshmasligi kerak.

Yo`lovchi o`zi bilan havo kemasi sahnida parvoz davomida kerak bo`ladigan quyidagi narsalarini olib ketishi mumkin:

  • ayollar sumkasi, erkaklar portfeli yoki qog‘oz solinadigan papka;
  • fotoapparat, videokamera;
  • parvoz vaqtida o‘qish uchun bosma nashrlar;
  • og‘irligi 2 kg dan oshmaydigan portativ kompyuter;
  • bolalar uchun taom va bolalar yo‘l belanchagi;
  • soyabon yoki hassa;
  • palto, plash yoki boshqa xildagi ustki kiyimlar;
  • qalin jun ro‘mol;
  • qo‘ltiqtayoq (agar ular parvozda yo‘lovchiga kerak bo‘lsa);
  • og‘irligi 5 kg dan va uch o‘lcham summasi bo‘yicha 115 sm dan oshmaydigan Duty free do‘konidan qilingan xaridlar solingan bitta sumka.