Aviatsion xavfsizlik

Ichki va xalqaro yo‘llarda yo‘lovchilar, ularning qo‘l yuki, bagajining aviatsiya xavfsizligi yuzasidan tekshiruvi parvozlar xavfsizligini ta’minlash, yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarining hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, fuqaro havo kemalarining jinoyatchi elementlar tomonidan kutilishi mumkin bo‘lgan qo‘lga olinishi hamda olib qochilishi va fuqaro aviatsiyasi faoliyatiga boshqa g‘ayriqonuniy aralashuv harakatlariga chora ko‘rish, shuningdek qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moslamalar, portlovchi, zaharli, tez o‘t oluvchi moddalar va boshqa xavfli yuklar noqonuniy tashilishini oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi aeroportlarida aviatsiya xavfsizligini ta’minlash uchun kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

MAK aeroportlarining yo‘lovchi terminallariga kirishda barcha yo‘lovchilar va keluvchilar tekshiruvning maxsus texnik vositalari yordamida aeroportning xavfsizlik xodimlari va militsiya tomonidan amalga oshiriladigan xavfsizlik uchun qo‘shimcha nazoratdan o‘tishlari zarur.

 

 

Chiptalar ro‘yxatga olingandan keyin, Xalqaro yo‘nalishlarda esa bojxona, chegara va nazoratning boshqa turlaridan o‘tilgandan so‘ng yo‘lovchilar va ular qo‘l yukining parvoz oldi tekshiruvi o‘tkaziladi. Yo‘lovchilar, ularning qo‘l yuki va yo‘lovchi o‘zi bilan o‘lgan buyumlarining parvoz oldi nazorati tekshiruvning texnik va maxsus vositalarini qo‘llagan holda, qo‘l (kontaktli) metodi bilan o‘tkaziladi, shuningdek tekshiruv shaxsiy (alohida) bo‘lishi mumkin.

Parvoz oldi tekshiruvidan o‘tishni va o‘z buyumlarini tekshirish uchun ko‘rsatishni rad etgan yo‘lovchining uchishiga ruxsat berilmaydi.

Xavfsizlik nazoratidan o‘tish chog‘ida chipta, posadka taloni va yo‘lovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatilishi kerak.

Barcha yo‘lovchilar istisnosiz, shu jumladan diplomatik immunitetga ega yo‘lovchilar tekshiruvdan o‘tishi lozim, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha ko‘zda tutilmagan bo‘lsa.

Begona shaxslardan bagaj, posilka, konvert va boshqa buyumlarni olish tavsiya etilmaydi, chunki ularning saqlanishi va ichidagi narsalar uchun javobgarlik yo‘lovchiga yuklanadi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aeroportlari va aviakorxonalarida aviatsiya xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish maqsadida havo kemalari sahniga zajigalka va gugurt olib o‘tish taqiqlanadi.

Havo kemasi sahniga o‘zi bilan barcha sanchiladigan va kesadigan buyumlar, qaychi, spitsa, sixlar, manikyur to‘plamlari va h.k., shuningdek tez o‘t oluvchi suyuqliklarni olib o‘tish taqiqlanadi.

Yo‘lovchining qo‘l yukida ko‘rsatilgan buyum va moddalar aniqlansa va ularni bagajga topshirish imkoni bo‘lmasa, ushbu buyum va moddalar belgilangan tartibda musodara qilinishi lozim.

Yurak faoliyatiga yordam beruvchi apparatlari bor yo‘lovchilar texnik vositalar ishlatilmasdan shaxsiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Aerovokzal binosida yoki aeroportning vokzal oldi maydonida egasiz buyum va narsalar topilgan holda, shuningdek yo‘lovchilarning hayoti yoki aeroportning xavfsizligiga tahdid soluvchi ma’lumotga ega bo‘lganda, bu haqda aerovokzal ma’muriyatiga yoki aeroportning huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga xabar berishingizni so‘raymiz.

Shubhali buyumlarga tegish hamda joyini o‘zgartirish, ular yaqinida elektr-radioapparatura, uyali telefonlar, radiostansiyalardan foydalanish, portlovchi moslamalarni mustaqil xavfsizlantirish, olib qo‘yish yoki yo‘q qilish qat’iy taqiqlanadi.

Aviakompaniya va aeroport ma’muriyati aviatsiya xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralarni amalga oshrish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.

Hurmatli yoʻlovchilar!

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining tavsiyalariga muvofiq va parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, yoʻlovchilarga litiy batareyasida ishlaydigan portativ elektron qurilmalarni faqatgina havo kemasi sahnida qoʻl yuki sifatida  yoki yonida olib ketish tavsiya etiladi. Shuningdek shunday qurilmalarni havo kemasi sahnida zaryadlashga yoʻl qoʻymaslikni iltimos qilamiz.

Ushbu tavsiyalarga qat’iy amal qilishingizni soʻraymiz.

 

Suyuqliklar, aerozollar va gellarni tashish qoidalari

Yo‘lovchilar hamda ekipaj a’zolariga quyidagi talablarga rioya qilinganda HK sahnida SAG tashishga ruxsat beriladi.

Barcha suyuqliklar sig‘imi 100 ml.dan oshmaydigan idishlarda tashilishi lozim. Sig‘imi 100 ml.dan ortiq konteynerlardagi suyuqliklar, agar idish qisman to‘ldirilgan bo‘lsa ham tashishga qabul qilinmaydi.

Idish bekiladigan, hajmi 1 litrdan oshmaydigan shaffof plastik paketga joylashtirilishi lozim. Idishlar zich bekiladigan, shaffof plastik paketga bemalol sig‘ishi kerak.

Plastik paket nazorat punktida aviatsiya xavfsizligi yuzasidan vizual tekshirish uchun ko‘rsatilishi kerak. Har bir yo‘lovchi faqat 1 (bir) dona hajmi 1 litrli shaffof plastik paket olishiga ruxsat beriladi.

Ushbu qoidalar xalqaro va respublika ichki reyslarni bajarishda tatbiq etiladi.

Havo kemasida tashish taqiqlangan xavfli moddalar va buyumlar ro'yxati